"Yashil" hududlarda futbol musobaqalari bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishFutbol. Kubok konfederatsiy-2017. Trenirovka sbornoy Rossii
Futbol. Kubok konfederatsiy-2017. Trenirovka sbornoy Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hududlarda yosh bolalardan kattalargacha barchani qamrab olgan "Mahallada futbol", "Futbolimiz kelajagi", "Rahbar kubogi" hamda "Hokim kubogi" futbol musobaqalari tashkil etiladi.

TOShKENT, 26-iyun - Sputnik. Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug‘iga muvofiq shu yil 20-iyuldan boshlab "yashil" hududlarda sport musobaqalari boshlanadi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Barcha viloyatlarning "yashil" hududlarida futbol assotsiatsiyasi, hokimliklar, sog‘liqni saqlash va ichki ishlar bo‘limlari bilan kelishgan holda mahalla yoshlari o‘rtasida futbol bo‘yicha "Mahallada futbol", "Futbolimiz kelajagi" sport musobaqalarini tashkil etishlari mumkin, deyilgan xabarda.

Mini-futbol bo‘yicha "Futbolimiz kelajagi" musobaqasida 9-12 yoshli bolalar to‘rtta yosh toifasida (9, 10, 11 va 12) g‘oliblik uchun bahs olib borsa, 13-14 yoshli o‘smirlar esa "Mahallada futbol" musobaqasida o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi. Bunda musobaqalar ikkita yosh toifasida o‘tkaziladi. Har ikkala musobaqa uch bosqichda tashkil etiladi.

Shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vazirldigi tashabbusi bilan vazirlik, idora va tashkilotlarning markaziy apparat, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari xodimlari o‘rtasida futbol bo‘yicha "Rahbar kubogi", hududiy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari o‘rtasida futbol bo‘yicha "Hokim kubogi" sport musobaqalari ham o‘tkaziladi.

Mazkur sport tadbirlari yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish, ular orasidan iqtidorli yoshlarni, chekka hududlardagi yoshlarga o‘z iqtidorini namoyon etishlariga ko‘mak berish maqsadida tashkil etilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0