Pandemiyaga qaramay Samarqand viloyati xorijlik investorlarni nimasi bilan hayron qoldirdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZamestitel xokima Samarkandskoy oblasti po voprosam investitsiy i vneshney torgovli Oybek Xodjayev
Zamestitel xokima Samarkandskoy oblasti po voprosam investitsiy i vneshney torgovli Oybek Xodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyati hokimining investitsiyalar, kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Oybek Xodjayev viloyat pandemiya davrida ham xorijlik ishbilarmonlarni qanchalik jalb qilayotgani va ular qaysi sohalarga sarmoya kiritishga tayyorliklari haqida

- Investorlarning Samarqand viloyatiga bo‘lgan qiziqishi qanchalik yuqori? Moskvada Samarqandni juda yaxshi ko‘rishadi va uni poytaxtdan keyingi ikkinchi shahar deb atashadi.

- O‘zimiz ham uni Toshkentdan keyin birinchi shahar deb ataymiz – har qalay qadimiy poytaxt. Tabiiyki, shahrimiz va mintaqamizni boy tarix bois umuman butun dunyoda juda yaxshi bilishadi. Albatta, Samarqand – bu brend, va u haqida alohida ma’lumot berish talab etilmaydi. Ilgari biz chet ellik investorlar bilan uchrashuvda ularning biz haqimizda xabardorliklari va bilimlariga hayron qolardik, endi esa bu oddiy holatga aylangan.

- Tushunishim bo‘yicha mintaqaning investorlarni jalb qilishda katta muammosi yo‘q?

V svazi s pandemiyey istoricheskie obyekti opusteli - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda turizm qanday jonlanmoqda – foto

- Darhaqiqat buyuk sarkarda Amir Temur Samarqandni o‘zining poytaxti sifatida bekorga tanlamagan, chunki u jo‘g‘rofik jihatdan juda qulay joylashgan – chorraha desa ham bo‘ladi. Bu yerdan nafaqat O‘zbekistonning barcha yo‘nalishlari, balki unga chegaradosh davlatlarga yo‘llar bor. Iqlimi ham hatto Toshkent bilan taqqoslaganda juda yumshoq. Mos joylashuvi uning katta muvaffaqiyatini avvaldan belgilab beradi. Boy tariximiz bunga qo‘shimcha. Samarqand viloyatida 1 100 tadan ziyod tarixiy diqqatga sazovor me’moriy yodgorlik mavjud. Tarixiy shahrimizga YuNESKO butundunyo merosining o‘ndan bir qismi to‘g‘ri keladi: “Registon” me’moriy majmuasi, Shohi Zinda yodgorlik majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Ulug‘bek rasadxonasi,  Xo‘ja Doniyor maqbarasi va ko‘plab boshqalar.

Ha, O‘zbekistonning har bir mintaqasida o‘zining diqqatga sazovor joylari bor, ayniqsa, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Farg‘ona vodiysida. Lekin ularning eng ko‘pi, albatta, Samarqandda. Bu eng muhim investitsiya yo‘nalishlaridan biri turizmni belgilaydi. Xorijlik sheriklarning ushbu sohasi qiziqishi katta, ular birinchi navbatda mehmonxona qurib, boshqarishni xohlashmoqda. Shu bois ular bu sohaga bajonu dil sarmoya kiritishmoqda.

Afsuski, koronavirus pandemiyasi butun dunyoda turizm biznesiga jiddiy zarar yetkazdi, lekin umid qilamizki, tez orada kasallik ortga chekinib, odamlar uzoq karantindan so‘ng yangi sayohatni xohlab qolishadi. Sayyohlar ortidan investitsiya oqimi o‘sadi.

- Karantin investorlar takliflariga ta’sir ko‘rsatdimi?

- Men ular qisqardi deb aytmagan bo‘lardim. Gap shundaki, bu loyihalar 1-yanvarda boshlanmaydi va 31-dekabrda yakunlanmaydi. Ular hamisha harakatda, ayrimlari o‘tgan yili boshlangan edi, boshqalari 2020-yil boshida boshlangan.

- Kelishish bosqichida bo‘lib turgan loyihalardan investorlarning voz kechish holati kuzatildimi?

- Samarqand viloyatida hech bir investor boshlab qo‘ygan ishini amalga oshirish haqidagi fikridan qaytmadi. Ular shunchaki vaqtincha ishni to‘xtatib qo‘yishga majburliklari haqida xabardor qilishdi, chunki ularning bevosita bu yerga kelishlarining imkoni yo‘q. Qurilish-montaj ishlari ketayotgan joylar - ular tashkilot pudrat tashkilotlarimizning ichki resurslari hisobiga davom etmoqda. Biz elchixonalar va ular orqali turli kompaniya va vakillar bilan muloqot qilamiz, ular hayron: O‘zbekistonda ham pandemiya, karantin shekilli, yangi kasallanish holatlari aniqlanmoqda, biroq biz ishlamoqdamiz. Eng boshida kichik bir tanaffus bo‘lgan edi, xolos, lekin hurmatli prezidentimiz aniq ko‘rsatma berdi, va biz birinchi navbatda qishloq xo‘jaligida faoliyatni qayta tikladik. Qurilishda ham sanoatdagi kabi ishlar davom ettirilmoqda.

Karantin choralariga, shubhasiz, rioya qilinmoqda: odam gavjum joylar, masalan, bozor, umumiy ovqatlanish shoxobchalarini hudud toifasiga ko‘ra (yashil, sariq, qizil) vaqtincha to‘xtatib qo‘ydik. Qoidalarga qat’iy amal qilgan holda ishlayapmiz, axir odamlar birinchi navbatda o‘zlari kasallikni yuqtirib olishlari mumkinliklarini tushinishlari zarur, shuning uchun hayotlarini xavf ostiga qo‘ymasliklari kerak. Barcha sanoat va qurilish obyektlari dezinfeksiya uchun kerakli vositalar bilan jihozlangan, shu sabab ish joyida kasallanish holati juda kam.

Hozir ko‘pincha kasallanish holatlari xorijdan vatanga qaytayotganlar tufayli ko‘paymoqda. Barcha sanitariya meyorlariga rioya qilgan O‘zbekistonga chet ellik mutaxassislar ham kelmoqda. Xususan, bir nechta reys bilan Xitoy, Turkiya va boshqa mamlakat mutaxassislari kelishdi. Ular orasida investorlar, texnologlar, muhandislar, ya’ni respublikada u yoki bu loyihani amalga oshirish uchun ishtiroki zarur bo‘lganlar.

Minaret i mechet Kalyan, medrese Miri-Arab (Buxara) - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda turizm uch bosqichda tiklanadi

Ishonch bilan sizga aytishim mumkinki, bu yo‘nalishda biror bir to‘xtab qolish bo‘lmadi, vaqtinchalik tanaffus bor, qaysidir ishlar davom ettirilmoqda. Jadvalni qayta ko‘rib chiqib, o‘zgartirish kiritdik. Pandemiya sharoitida sheriklar bilan birgalikda nima qilish mumkin – loyiha, ofis ishlari, biznes reja, texnik-iqtisodga oid hisob-kitoblar va hokazo – ular bilan doimiy aloqadamiz. Buning uchun diplomatik vakolatxonalarimiz ko‘magida Investitsiya va tashqi savdo vazirligi orqali onlayn rejimda samarali aloqa yo‘lga qo‘yilgan. Chet ellik sheriklarimiz O‘zbekistonning hatto shunday og‘ir va misli ko‘rilmagan cheklovlar sharoitida moslashuvchanlik va tayyorlik bilan ishlashini yuqori baholashdi. Biz pandemiya qachon tugashini kutmayapmiz, bu uzoq muddatga cho‘zilishi mumkin. Biz ishlashdan to‘xtamasdan, investorlarni chorlab taklif qilmoqdamiz.

- Siz mehmonxona biznesini esga olib o‘tdingiz. Samarqandda mehmonxona va hostellar bisyor, lekin talabni qondirish uchun yanada ko‘proq kerak. Ushbu defitsit naqadar sezilarli?

- Koronavirus bo‘lmaganida, siz bugun Samarqand mehmonxonalarida bo‘sh joy topa olmagan bo‘lardingiz. Buning ustiga shahrimizda taxminan 160 ta mehmonxona bor, mehmon uylari va hostellarni aytmasa bo‘ladi. Mavjud deyarli 7 ming ta joy umuman yetmaydi. Mavsumda hammasi to‘lib toshadi. To‘g‘ri, endi mavsum tushunchasi noaniq – hozir odamlar qishda ham, qirq darajali jaziramada ham kelishadi. Har bir kishi mehnat ta’tilini inobatga olib keladi, shuning uchun oqim deyarli yil bo‘yi davom etadigan bo‘ldi. Ravshanki, nima sababdan investorlar birinchi navbatda odamlarni joylashtirish sektoridan manfaatdor.

- Qaysi mamlakatlar ko‘proq qiziqish bildirmoqda?

Gastronomicheskiy turizm Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda gastronomik ko‘cha paydo bo‘ladi

- Xitoy, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya bu yo‘nalishda yetakchilardan. Xitoyliklar bu yerda juda ko‘p narsalarni barpo qilishni rejalashtirishgan: mehmonxona, biznes markazlari, savdo-ko‘ngilochar majmualari.

- Men talabalik davrimdan “Afrosiyob” mehmonxonasini eslayman, u bir vaqtlar afsonaviy edi, endi-chi, albatta, zamonaviy mehmonxonalardan g‘oyat qolishadi.

- Haqsiz, bunaqa obyektlar bugun rekonstruksiya talab etadi. Xususan, ushbu obyekt Xususiylashtirish  dasturiga kiritilgan. Biz esa xorijiy kompaniyalar o‘rtasida muayan investitsiya majburiyatlari bo‘lgan ochiq tender e’lon qilamiz. Bino “nol” qiymatida taklif qilinadi, lekin uni to‘rt yulduzli mehmonxonaga aylantirish uchun 12-15 million dollar sarmoya kiritish sharti bilan. Mehmonxonada 280 taga yaqin xona bor, jumladan, prezidentlarning lyuks xonasi hamda turli toifadagi xonalar. Mehmonxona noyob va juda ajoyib yerda joylashgan: bir tarafdan Registon, boshqa tarafdan Go‘ri Amir. Hatto pandemiya davrida ham bu loyiha qiziqish o‘ta yuqori. Jumladan, Hyatt, Marriot, Hilton va boshqa dunyoning ushbu sohadagi gigantlari uni qo‘lga kiritishga jon deb turibdi. O‘ylaymanki, mehmonxona investorsiz qolmaydi, tender komissiyasi esa eng yaxshi va samarali pudratchini aniqlaydi.

- Mintaqaga kapital oqimi uchun yana qaysi yo‘nalishlar ustuvor?

- Avvalo Samarqand va viloyat chegaralarini belgilab olish zarur, chunki investitsiyaviy afzal bilishlar turlicha. Shaharda aynan mehmonxona biznesiga talab yuqori. Bundan tashqari, umuman mehmondorlichilik (HoReCa) xizmat sohasi jozibador. Bosh reja doirasida ma’muriy markazlarni shahar atrofiga olib chiqib, Samarqandning o‘zini piyodalar yuradigan ko‘chalar, gastronomik mavzelar va dam olish hududi bo‘lgan turistik joyga aylantirish maqsad bor. Shaharda odamlarni o‘zini qulay his etishlari lozim, bu yerda tirbandlik va muammoli trafik bo‘lmasligi kerak.

Universitet xiyoboni, uni yana Abramov xiyoboni atashadi – faxrimiz. U yerda Samarqand davlat universiteti – respublikadagi yirik OTM joylashgan. U talabalar soni bo‘yicha hatto Milliy universitetni ortda qoldiradi. Ushbu majmua, shubhasiz, o‘zining tarixiy joyida qoladi. Lekin viloyat ma’muriyati tuzilmalarining katta ko‘pqavatli binolari kelajakda shahar tashqarisiga ko‘chiriladi. Bo‘shatilgan joylarni biz investorlarga o‘z loyihalarini amalga oshirishlari uchun berish niyatidamiz.

Solnechnie paneli - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda quyosh elektr stansiyasi qurish uchun prezident qarori imzolandi

Samarqand – noyob madaniy markaz. Biz uni turistik shahar sifatida yanada rivojlantirishda davom etish niyatidamiz va o‘n va yuz baravar turistlar oqimini ko‘paytira olamiz. Ishonamanki, bunga erishish mumkin. Bu bilan bir qatorda ichki turizmni ham rivojlantiramiz. 3-5 kunlik uzoq bo‘lmagan turlarni tashkil etish. Shu vaqt mobaynida Samarqandning barcha diqqatga sazovor joylarini aylanib chiqsa bo‘ladi.

Viloyat uchun birinchi darajadagi muhim investitsiyalarga to‘xtalsak, ustuvor yo‘nalishlardan biri bu to‘qimachilik sanoati. Mintaqada ichki investorlar hisobiga paxta klasterlari tashkil etilgan. Ular barcha ishlarni o‘z ichiga oladi: chigit ekishdan tortib tayyor ip gazlamagacha. Ilgari xomashoga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, endi yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar birinchi darajada. Bugungi kunda Samarqand viloyati to‘qimachilik kompleksi rivojlanishi bo‘yicha ilg‘orlar qatorida. Bu nafaqat yigirilgan ip yoki mato, balki kiyim-kechak tikishni o‘z ichiga olgan o‘nlab korxonalar. 2019-yilda Oqdaryo tumanida qiymati 30 million dollardan ziyod “Afrosiyob Djins” yirik loyiha amalga oshirilgan edi. matolarimizdan dunyoning yetakchi brendlari foydalanishadi. Qolaversa, bozorlarda tayyor mahsulot ham bor.

Shuningdek, mintaqada gilam to‘qish rivojlangan, bizning SamAntepGilam Markaziy Osiyodagi eng yirik korxona hisoblanishi bejiz emas. U yerda mingdan ziyod odam mehnat qiladi va ularning mahsulotlari dunyoning 20 dan ziyod, jumladan, AQShda mashhur.

Yengil sanoatdagi yana bir kelajagi bor segment – ipakchilik. Ilgari biz faqat pilla xomashosini ishlab chiqargan bo‘lsak, endi tayyor mahsulotlarni ham ishlab chiqapmiz. Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Kumush tola” korxonasi o‘z mahsulotlarini Koreya, Xitoy, Eron va Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlarga eksport qiladi.

Ko‘p kompaniyalar buyurtmalarini joylashtirishni xohlashmoqda, lekin cho‘zilgan pandemiya ushbu jarayonni ortga surtmoqda. Biroq tez orada respublikaga joyida ishlab chiqarish sharoitlarini o‘rganish uchun mutaxassislar kelishi kerak.

Investorlarni qishloq xo‘jaligi sohasi ham o‘ziga jalb qilmoqda: tabiat mintaqada sarxil meva-sabzavotlarni yetishtirishga imkon beradi. Afsuski, bu yil tabiiy ofat sabab hosilning bir qismi nobud bo‘ldi. Bunday sharoitlarda investorlarga issiqxona xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi klasterlari, agrologistik markazlar tashkil etishga oid loyihalarni taklif qilish mumkin. Axir barcha katta hajmdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatli saqlash, qadoqlash va transportda tashish kerak-ku.

Ploshad Registan v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent va Samarqandda xorijiy mehmonlar ishtirokidagi forumga start berildi

Yil boshidan buyon biz 150 million dollarlik mahsulot eksport qildik, birinchi navbatda MDH mamlakatlariga hamda Yevropaga. Ko‘proq yerlarni o‘zlashtirib, ularni yer balansiga kiritapmiz. Bu borada ham ishlarni rivojlantirish istagidamiz.

Investitsiya siyosatining keying yo‘nalishi – qurilish materiallari bozori.  Samarqand viloyati bo‘ylab tog‘ tizmalari o‘tgan, u yerda katta ruda va ruda bo‘lmagan konlar mavjud. Bu sohada ham potensial ishtirokchilar ko‘p, jumladan, XXR bilan birgalikda 150 million dollarga sement ishlab chiqarish loyihasi bor. Umid qilamizki, pandemiyaga qaramasdan kelasi yiliyoq bu loyiha topshiriladi. Bizda granit, marmar, travertin va bino ta’miri uchun ishlatiladigan turli toshlar bor. Bu yo‘nalishda ham investorlarning qiziqishi katta, nafaqat xomashyo tariqasida qazib olish, balki shu yerda ishlab chiqarib, tayyor mahsulotni eksport qilish. Jomboy tumani Farhod posolkasida bir nechta keramika plitkasi, kafel va boshqa pardozlash materiallarini ishlab chiqaruvchi zavod ishlaydi.

Ushbu soha mintaqada qurilish o‘sishini ham qo‘llab-quvvatlaydi. So‘nggi yillarda ko‘pqavatli uyli shaharchalar qad rostladi. Xorijliklar bu biznesga ham sarmoya kiritishmoqchi, chunki Samarqand viloyati aholi soni bo‘yicha respublikadagi eng yirigi – 4 millionga yaqin aholi, tez orada Samarqand millionli, ya’ni aholisi bir millionga yetgan shaharga aylanadi.

Oltin qazib olishni yodga olmaslikning iloji yo‘q. Mintaqada muayan miqdorda qimmatbaho metall qazib olish mumkin bo‘lgan joylar bor. O‘zimizda joylarda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi klasterlar tashkil etish mumkin. Noyob metallarni qazib olish bo‘yicha ham loyiharlar bor, masalan, Kattaqo‘rg‘on tumani Ingichka posolkasidagi Xitoy kompaniyasi bilan birgalikda volfram qazib olish. 150 million dollarlik loyiha mingtaga yaqin ish o‘rinlarini yaratishga imkon berdi.

- Men o‘zim o‘zining vino ishlab chiqarishi bilan shuhrat qozongan Bulung‘urdanman. Ammo zavod bir paytlar buzib tashlandi, tokzorlar o‘rniga esa endilikda meva bog‘lari. Ushbu sohani qayta tiklash va tumanga uning avvalgi shuhratini qaytarish rejalari bormi?

- Darhaqiqat, 25-30 yil ilgari vino ishlab chiqarish to‘xtatilgan edi, yoshi kattalar bu mahsulotni haligacha eslashadi. Hozir investitsiya loyihasini ishlab chiqmoqdamiz va aynan o‘sha yerda uzumchilik klasteri tashkil etmoqchimiz. Biz Vinosanoati bilan mamlakatimizning xorijdagi, xususan, Fransiyadagi elchixonalari bilan birgalikda bu masalada muzokaralar o‘tkazmoqdamiz. U yerda rivojlantirishi rejalantirilayotgan kichik vino punkti bor. Hozir u xususiy qo‘llarda, lekin biz loyihaga xorijiy kompaniyalarni jalb qilishga va bu brendni qaytadan tiklashga tayyormiz.

Otabek Mustafayev - direktor Agentstva po razvitiyu vinogradstva i vinodeliya pri Ministerstve selskogo xozaystva Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondan Rossiyaga vino va konyak eksportiga nimalar to‘sqin bo‘lmoqda?

Bulung‘urning yerlari juda yaxshi – shirin kartoshka ham yetishtiriladi, kuchli urug‘chilik klasteri bor. Tumanda umumiy qiymati 20 million dollar atrofidagi Samarkand Garden logistik markazi muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritmoqda. Ularning ming gektarga yaqin gilos va boshqa mevalar ekiladigan yeri bor. Bularning barchasi katta eksport imkoniyatini beradi. Chet elda o‘zining vino, konyak va konyakli spirti bilan mashhur yirik vino zavodlaridan biri “Bagizagon” haqida ham unutmaslik kerak. Ularning ham mahsulotni faol eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi klasteri bor. Xovrenko nomidagi zavod – uni ham investorlarga bermoqchimiz. Ularning tumanlarda vino punklari, yerlari, vaqt sinovidan o‘tgan noyob ishlanmalari va texnologiyalari bor. Zavod binosi o‘zining nodir yerto‘lasi bilan shahar markazida joylashgan. U ham sayyohlarning diqqatini jalb qilishga xizmat qilishi mumkin.

- Joriy yilda pandemiyaga qaramasdan qanday ahamiyatli obyektlar ko‘rib chiqilishi mumkin?

- Hozirda eshkak kanali hududida Samarkand Touristic Center turistik markazi qad rostlamoqda. U yerda 3, 4, va 5-yulduzli sakkizta mehmonxona paydo bo‘ladi. 2022-yilda ShHT davlat rahbarlarining sammititini o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz. Ungacha Forumlar saroyi, park zonasini qurib bitiramiz. Shuningdek, eshkak kanali qiyofasini o‘zgartiramiz. Bu ko‘lamdagi majmualar SSSRda atigi ikkita edi: Krilatskiyda, va bizda, Samarqandda. Biz uni haqiqiy turistik vohaga aylantirmoqchimiz. Allaqachon 200 million dollar investitsiya jalb qilingan, bu esa uning yakuniy narxi emas.

- Ortingizda o‘nlab planshetlar turli investitsiya loyihalari bilan turibdi, ya’ni bu doimiy faol jarayon?

- Xorijlik investorlarni bu yerga ishlashga taklif qilamiz, lekin shu bilan birga ularni qulay yashash sharoitlari bilan ta’minlashimiz kerak. Ko‘plari oila a’zolari bilan kelib, uzoq vaqt shu yerda qolishadi. Buning uchun xususiy bolalar bog‘chasi tashkil qilish kerak, mahalliy ishbilarmonlar mablag‘i hisobiga. Xorijiy mutaxassislar xususiy maktablarga mahalliy tadbirkorlar tomonidan boshqa mamlakatlardan kelgan mutaxassislarni jalb qilish uchun taklif etiladi. Bundan tashqari, chet elliklar uchun kottejlar — sotish yoki ijara uchun qurilish rejalashtirilgan.

Mer Moskvi S. Sobanin osmotrel xod stroitelstva JK ZILART - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida chet el investorlari uchun zamonaviy shaharcha barpo etiladi

- Bunday shaharchalar aynan qayerda paydo bo‘ladi?

- Hozircha aniq javob bera olmayman, lekin har holda bu shaharning ekologiya jihatdan qulay tumanlari yoki shahar atrofiga yaqin bo‘ladi. Ko‘rib chiqib, qaror qabul qilingandan so‘ng bu haqda albatta e’lon qilamiz.

Aytgancha, ushbu loyihani amalga oshirishda xorijlik investorlar ishtiroki ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, xususiy xorijiy universitetlar ochiladi. Samarqand bosh rejasi yakuniy tasdiqlanganidan so‘ng biz chet el oliy o‘quv yurtlarini qayerda qurishimiz mumkinligini aniqlaymiz. O‘z filialini Samarqandda ochmoqchi bo‘lganlar juda ko‘p.

Biz bu yerda har bir universitetda sport infratuzilmasi bilan birga talabalar shaharchasiga ega bo‘lishi uchun kampuslar qurmoqchimiz. Bu xalqimiz uchun ham amalga oshirilmoqda, shu bilan birga investitsiya muhiti yaxshilanmoqda. Bunga ko‘plab ma’muriy to‘siqlarni bekor qilish va burokratiyaning umumiy qisqartirishga yordam beradi. Bugungi kunda biror bir kompaniya yoki korxona ochish uchun kelgan investorlar juda qisqa vaqt ichida davlat xizmatlari markaziga kelib, ishlarini ro‘yxatdan o‘tkazishadi, barcha zarur statistik va soliq kodlarini olishadi, har qanday bankda hisob ochishadi. Biz davlat xizmatlarini ko‘rsatish reytingida sakkizinchi o‘ringa ko‘tarildik.

- Mintaqaning Rossiya Federatsiyasi subyektlari bilan aloqalari qay darajada yo‘lga qo‘yilgan? Yirik ko‘lamdagi qo‘shma loyihalar haqida so‘zlab bera olasizmi?

- Samarqand viloyatida “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi joylashgan bo‘lib, viloyatning to‘rt tumanida va Samarqandda hududlarni egallaydi. Nurobod tumani Suzagan posolkasida Rossiyaning “Sholkovo Agroxim” kompaniyasi bilan qiymati 32 million dollarlik qo‘shma korxona tashkil qilinmoqda. U yerda kimoviy himoya vositalari, mineral o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish yuzdan ortiq yuqori malakali xodimlarni ish bilan ta’minlaydi. Texnologik uskunalarning bir qismi allaqachon joylashtirilgan, qurilish ishlari olib borilmoqda. Mahsulotlar butunlay import o‘rnini egallaydi va ba’zilari eksport qilinadi.

Samarqand shahri kengaytiriladi - prezident

Shuningdek, Rossiya kompaniyalarining polipropilen ipi ishlab chiqarish, sement zavodi loyihalari ham mavjud. Yana bitta kompaniya – “InterSamStar” – qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chiqaradi va qayta ishlaydi. Sanoat obyektlaridan marmar va granitni qayta ishlash bo‘yicha QK va biz birgalikda Jomboy hududida yoqilg‘i quyish uchun agregat- kompressor, akkumulyator bloklari va boshqa mahsulotlar uchun chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan “Shelf-Vostak” QKni tilga olish joiz. Umid qilamanki, kelasi yil o‘rtasida ular ishga tushiriladi.

Umuman olganda, Rossiya tomoni ishtiroki bilan 20 ga yaqin loyihalar faol bosqichda. Ayrimlari allaqachon amalga oshirilgan, ayrimlari davom ettirilmoqda. Masalan, issiqxona majmualari, tibbiyot markazlari va hokazolar.

- Mintaqaga investitsiya kiritish hajmi bo‘yicha yetakchi mamlakatlar qaysilar?

- Birinchi o‘nlik quyidagicha: Xitoy, Shveysariya, Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Chexiya, BAA, Yaponiya, Buyuk Britaniya va Misr. Keyingi o‘rinlarda Eron, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlar. Bu yilgi investorlar ro‘yxatiga Qatar, Latviya, Singapur, Tojikiston, AQSh, Qozog‘iston, Gonkong, Shotlandiya, Hindiston, Fransiya, Italiya kirdi. Lekin loyihalar soni bo‘yicha Xitoy kompaniyalari mutlaq yetakchilikni qo‘ldan boy bermasdan kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0