Samarqandda quyosh elektr stansiyasi qurish uchun prezident qarori imzolandi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishSolnechnie paneli
Solnechnie paneli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiyaning TOTAL Eren kompaniyasi O‘zbekistondagi birinchi quyosh elektr stansiyasini loyihalashtirish, qurish va 25-yil davomida ekspluatatsiya qilish bilan shug‘ullanadi.

TOShKENT, 15-may - Sputnik. Fransiya korxonasi Samarqandda quyosh elektr stansiyasi quradi. Bu haqida prezident qarori imzolandi. 

Umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektrstansiya Fransiyaning TOTAL Eren SA kompaniyasi tomnidan loyihalashtiriladi, quriladi va 25-yil davomida ekspluatatsiya qilinadi. O‘zbekiston Hukumati nomidan ushbu loyihada Investitsiyalar va Tashqi savdo vazirligi ishtrok etadi.

Mayminskaya solnechnaya elektrostansiya v Respublike Altay - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand va Jizzaxda quvvati 200 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi quriladi

Xorijiy investor tomonidan loyihani amalga oshirish maqsadida O‘zbekistonda Tutly Solar MChJ allaqachon tashkil qilingan. Ushbu korxona dastlabki bosqichda quyosh elektr stansiyasi loyihasini ishlab chiqadi. 

Prezident qarorida aytilishiga ko‘ra, quyosh elektr stansiyasi tomonidan ishlab chiqilgan energiya to‘liq hajmda O‘zbekiston "Milliy elektr tarmoqlari" tomonidan xarid qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, quyosh elektr stansiyasi qurish haqidagi shartnoma O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyeving 2019-yil kuzida Fransiyaga bo‘lgan tashrifi davomida imzolangan edi. TOTAL Eren O‘zbekistondagi birinchi FES loyihasiga 150 mln yevro investitsiya kiritadi.

 

Yangiliklar lentasi
0