Turizm

Oʻzbekistonda turizm uch bosqichda tiklanadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMinaret i mechet Kalyan, medrese Miri-Arab (Buxara)
Minaret i mechet Kalyan, medrese Miri-Arab (Buxara) - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Mamlakatning turizmni qayta tiklash rejalari haqida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi “Tiklanish yoʻli” xalqaro onlayn turizm konferentsiyasi doirasida soʻzlab berdi.

TOSHKENT, 4 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda turizmning tiklanishi uch bosqichda amalga oshiriladi. Avval ichki turizm, keyin hududiy turizm va pandemiya vaziyatini hisobga olgan holda tashqi turizm tiklanadi.

Mamlakatning turizmni qayta tiklash rejalari haqida bosh vazir oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov “Tiklanish yoʻli” xalqaro onlayn turizm konferentsiyasi doirasida soʻzlab berdi.

Xanabad stanet turisticheskim tsentrom Ferganskoy dolinы - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Xonobod shahri Fargʻona vodiysining turizm markaziga aylantiriladi

Turizm qoʻmitasi xabariga koʻra, konferentsiya Oʻzbekiston tashabbusi hamda Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) shafeligida oʻtgan.

2020 yilning 1 iyunidan Oʻzbekistonning “yashil” va “sariq” hududlarda ichki turizm qayta tiklandi. Shu sanadan eʼtiboran koʻrsatilgan hududlarda tegishli tashkilotlar – turoperatorlar, turagentliklar, joylashtirish vositalari, madaniyat, madaniy meros obʼyektlari sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda ish boshlashi mumkin.

Abduhakimovning soʻzlariga koʻra, mamlakatda 63 foiz turoperatorlar va 81 foiz joylashtirish vositalari (mehmonxonalar, hostellar) oʻz faoliyatini toʻxtatgan.

Birinchi bosqich ichki turizm orqali ularning faoliyatini qayta tiklashga bagʻishlanadi. Shuningdek, xalqaro turizmni tiklashga maksimal tayyor boʻlish uchun ushbu bosqichda Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED xavfsizlik tizimi joriy qilinadi.

Ikkinchi bosqich qoʻshni mamlakatlar va MDH davlatlari bilan tashkillashtirilgan hududiy turizmni qayta tiklashdan iborat boʻladi. Bunda turistik guruhlarning butun sayohat davomida xavfsizlik, sanitar-gigiyenik talablar va ijtimoiy masofa  choralariga rioya qilish masalalarini ishlab chiqish juda muhim,

Turizm qoʻmitasi raisi hududlar boʻyicha hamkasblariga tezkor munosabat bildiruvchi qoʻshma guruhni tuzish, turli mavzuda yangi aralash turlarni ishlab chiqish bilan ham uygʻunlashtirishni taklif etgan: gastronomik turlar, vitamin turlari, koʻchmanchilar turlari, mototurlar, palov turlari, arxeologik hamda sizu bizning turistik shahar va markazlarimizdan oʻtuvchi boshqa turlar.

Turistы v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Oʻzbekiston turistlarni qabul qilishga tayyorlanmoqda

Buning uchun maxsus Silk Road Project platformasi yaratilgan. Unda nafaqat Ipak yoʻli mamlakatlari turistik salohiyati, balki istiqbolli mintaqaviy turmahsulotlar va marshrutlar ham targʻib qilinadi.

Uchinchi bosqichda Oʻzbekiston sekin-astalik bilan tashqi turizmni tiklaydi. Bunda pandemiya bilan bogʻliq vaziyatdan kelib chiqib,  fuqarolariga mamlakatga kirish ruxsat etiladigan uzoq xorijiy davlatlar roʻyxati tuziladi.

Qoʻmita koronavirus pandemiyasi inqirozidan chiqayotgan va turistik bozorlar ochilishiga tayyorlanayotgan Yevropa va Osiyo mamlakatlari tajribasini oʻrganadi. Tahlil yakunlariga koʻra, amalga oshiriladigan xalqaro reyslarni qayta tiklash geografiyasiga doir qarorlar qabul qilinadi.

Turizm sanoatini tiklashning uch bosqichi davomida mahalliy va xorijiy sayyohlarning tashrifi doirasida xavfsizlik masalalari bilan bir qatorda yangi tematik tadbirlarni oʻtkazishga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Gastronomik festival va aktsiyalar, “Stixiya” musiqa festivali, “Aqchakoʻl” plyaj oʻyinlari, Hosil festivali, “Uchinchi yosh turizmi” haftaligi kabilar shular jumlasidandir.

Buxoro shahri 2020 yilda Islom madaniyati poytaxti deya eʼlon qilingan., Dunyodagi vaziyat yaxshilanishi va xalqaro turizmning tiklanishi bilan mamlakat qator tadbirlar, jumladan, Ikkinchi ziyorat turizm forumini oʻtkazadi.

Hozirgi pandemiya turizm sanoatiga raqamlashtirish va IT- texnologiyalarni joriy qilish naqadar muhimligini yana bir bor tasdiqladi.

Shubhasiz, Oʻzbekistonda ham bu yoʻnalishda faol ishlar olib borilmoqda. Masalan, sayyohlar, tadbirkorlar va yosh startaperlar uchun alohida yoʻnalishlar boʻyicha online.tourism.uz sayti yaratildi.

Shuningdek, pandemiya sabab oʻz sayohatini 2021 yilga qoldirishga toʻgʻri kelgan boʻlajak mehmonlar uchun Online Uzbekistan va  Uzbekistan360 resurslarida virtual sayohatlarni tashkil qilindi.

“Umuman olganda, Oʻzbekiston xavfsiz turizmning yangi tizimini yoʻlga qoʻymoqda va uning qoidalari turizm sanoatining barcha ishtirokchilari uchun ortiqcha tashvish uygʻotmaydi. Bir vaqtning oʻzida tizim turistik sayohatlarning barcha bosqichlarida kasallikning oldini oluvchi aniq va samarali jihozlarni taklif etadi”, - dedi Aziz Abduhakimov.

Yangiliklar lentasi
0