Samarqand shahri kengaytiriladi - prezident

Obuna bo‘lish
Samarqandda konlarni sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirish, to‘qimachilik, hunarmandchilik, lalmi yerlardan foydalanish orqali aholini ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

TOShKENT, 14-may - Sputnik. Samarqand shahri hududi kengaytiriladi, qadimiy shahar atrofida yo‘ldosh shaharlar barpo etiladi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni o‘z nutqida aytib o‘tdi. 

"Bugungi kunda Samarqand shahri aholisi 600 mingdan oshdi. Hozirgi uy-joy salohiyati va infratuzilma ehtiyojni qondira olmaydi. Shu bois shaharni Pastdarg‘om, Nurobod, Samarqand tumanlari tomon kengaytirish, yangi mavzelar, “yo‘ldosh shaharlar” barpo etish rejalashtirilmoqda. Bu yo‘nalish viloyat uchun yana bir o‘sish nuqtasi bo‘ladi, minglab ish o‘rinlari yaratiladi", - deyilgan prezident nutqida.

Samarqand viloyatini rivojlantirish viloyatidagi noruda konlarni sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirish orqali amalga oshirish kerakligi aytib o‘tildi. Xususan 5,1 million kub metr keramzit va pardozbop toshlar, 200 ming tonna ferro-silitsiyni sanoat usulida qayta ishlash imkoniyati borligi qayd etildi.

Proyekt Staroe-Novoe Tashkent, Buxara, Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
Kecha va bugun: vaqt Toshkent, Buxoro va Samarqand qiyofasini qanday o‘zgartirdi

Undan tashqari zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining Nurobod tumanidagi qismini kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Shuningdek Samarqand viloyatidagi to‘qimachilik korxonalarini rivojlantirish taklif etildi. Bugungi kunda ushbu korxonalarning 48 %dan foydalanilayotgani va ular 37 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega ekanligi qayd etildi.

Hunarmandchilik rivojlandtiriladi. Samarqand viloyatida hunarmandchilikka ixtisoslashgan 217 ta eski qishloq tarixi o‘rganib chiqilib, hunarmandchilikri rivojlantirish asosida ushbu qishloqlar aholisi bandligini ta’minlash aytib o‘tildi. 

Kattaqo‘rg‘on va Nurobod tumanlaridagi 1 ming 200 gektar lalmi va yaylov yerlarni Kattaqo‘rg‘on shahri aholisiga foydalanishga berib, 5 ming kishini ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi. 

Yangiliklar lentasi
0