Toshkent viloyatida chet el investorlari uchun zamonaviy shaharcha barpo etiladi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishMer Moskvi S. Sobanin osmotrel xod stroitelstva JK "ZILART"
Mer Moskvi S. Sobanin osmotrel xod stroitelstva JK ZILART - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyihaga turk kompaniyasi 20 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritadi. “Super Garden” MChJ tomonidan esa 5 mln dollar mablag‘ kiritiladi.

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Vazirlar mahkamasining Toshkent viloyatida “Invest Village” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Toshkent viloyatida qurilish va obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga chet el investorlari uchun qulay shart-sharoitlarga ega bo‘lgan zamonaviy shaharcha tashkil etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie vo vneocherednom sammite Soveta sotrudnichestva turkoyazichnix gosudarstv - Sputnik O‘zbekiston
Ayrim sohalarga faoliyatini davom ettirishga ruxsat beriladi – prezident

Shaharcha Qibray tumanida tashkil etiladi va unga 40 gektar yer uchastkasi ajratiladi.

“Super Garden” MChJga ajratilgan yer uchastkasida Turkiyaning “Toleza Tekstil Sanayi Iç ve Dis Tic. Ltd. Sti.” Kompaniyasi bilan hamkorlikda umumiy qiymati 25 mln AQSh dollarilik xorijiy investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin”, - deyiladi qaror matnida.

Loyihaga turk kompaniyasi 20 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritadi. “Super Garden” MChJ tomonidan esa  5 mln dollar mablag‘ kiritiladi.

“Invest Village” loyihasini 2020-2021 yillarda foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.

Quriladigan uy-joylarning 5 foiz Toshkent viloyati hokimligiga beriladi.

Yangiliklar lentasi
0