Vozrojdeniya orolining biokimoviy sirlari

© AFP / CARL DE SOUZAProvedenie analizov v bioximicheskoy laboratorii
Provedenie analizov v bioximicheskoy laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik mutaxassislar fikriga ko‘ra, Pentagon tibbiy eksperimentlar niqobi ostida ehtimoliy biologik urushga tayyorlanmoqda.

TOShKENT, 19-iyun - Sputnik. Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev dunyo hamjamiyatini koronavirus pandemiyasi kabi falokatlarning oldini olish uchun biologik laboratoriyalar faoliyatini qat’iy nazorat qilishga chaqirdi. Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘nlab yillar davomida, shu jumladan Markaziy Osiyo va Kavkazda biologik tadqiqotlar olib bormoqda.

Flagi stran-uchastnis Organizatsii Dogovora o kollektivnoy bezopasnosti: Tadjikistana, Rossii, Kirgizii, Kazaxstana, Belorussii, Armenii i flag ODKB (sprava nalevo) - Sputnik O‘zbekiston
ODKB davlatlari biologik xavfsizlik bo‘yicha hamkorlikni ko‘rib chiqadilar

Suveren O‘zbekiston, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari kabi, o‘z hududida, shu jumladan xalqaro miqyosda biologik tadqiqot dasturlarini mustaqil ravishda ishlab chiqish huquqiga ega. Shu bilan birga, qo‘shnilar manfaatlari va mintaqaviy barqarorlik - aniq xalqaro koordinatalar tizimi hamda kafolatlangan xavfsizlik va tekshiruvni talab qiladi.

Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev 17-iyun kuni butun dunyodagi biolaboratoriya va biotexnologiyani iloji boricha qattiq nazorat qilish va COVID-19 pandemiyasi kabi muammolarni dunyo hamjamiyati bilan birgalikda hal qilish kerakligini aytdi. Medvedev mikrobiologik tadqiqotlar sohasida xalqaro xavfsizlikni ta’minlash uchun barcha uchun bir xil xavfsizlik talablari qo‘yishni taklif qildi.

17 iyunga qadar koronavirus infeksiyasi 6 mingga yaqin o‘zbekistonliklarga bevosita ta’sir ko‘rsatdi, ulardan 4 mingdan ortig‘i tuzaldi va 19 kishi halok bo‘ldi. Umuman olganda, respublika bunday sinovga qarshilik ko‘rsatdi. Koronavirus infeksiyasi barcha davlat rahbarlari va olimlariga milliy va umumiy biologik xavfsizlik muammolari faqat xalqaro sa’y-harakatlar bilan, barqaror va shaffof koordinatalar tizimida hal qilinishi mumkinligini eslatdi.

Provedenie issledovaniya v laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya AQShning sobiq SSSR davlatlaridagi tibbiy-biologik faolligidan tashvishlanmoqda

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston va mintaqaning boshqa mamlakatlaridagi tadqiqot bio-laboratoriyalarining noaniq va maxfiy faoliyati tabiiy ravishda qo‘shnilarning salbiy munosabati va shubhalarini keltirib chiqarmoqda. Harbiy bio-laboratoriyalar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan har qanday xavf-xatar nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi. Hech o‘z hovlisida "koronavirus bombasini" portlatishga qodir qo‘shnisi bo‘lishini xohlamaydi. Xoh qasddan xoh tasodifan - bunisi muhim emas.

Yillar davomida Moskva O‘rta Osiyo va Kavkazdagi Amerika biolaboratoriyalarining xavfsizligi, Amerika ushbu laboratoriyalar mahsulotidan Rossiyaga qarshi foydalanishi mumkinligi yuzasilan tashvish bildirib keldi.

Vozrojdeniya oroli

2018 yilda, Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari radiatsiya, kimoviy va biologik mudofaa kuchlari boshlig‘i Igor Kirillov Pentagonning biologik laboratoriyalari qayta qurilayotganini, yuqumli kasalliklar to‘g‘risida ma’lumot yig‘ish va vaksinalarning himoya ta’sirini engib chiqadigan va antibiotiklarga qarshi turadigan milliy patogen mikroorganizmlarning shtammlarini eksport qilayotganini aytgan edi. O‘shanda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Pentagon biolaboratoriyalarni rekonstruksiya qilayotgani to‘g‘risida "eshitmaganini" aytgan edi.

Qozog‘iston va Qirg‘iziston chegarasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston kuydirgi kasalligi tufayli Qozog‘iston bilan chegarada nazoratni kuchaytirdi

Pentagon dunyoning 25 mamlakatida biologik laboratoriyalar yaratdi va O‘zbekiston ham bu ro‘yxatda tasodifan kirib qolgani yo‘q. Respublika mustaqillikka erishgach, AQSh Mudofaa vazirligi diqqatini Orol dengizining o‘rtasidagi Qozoq-O‘zbekiston Vozrojdeniya orolida joylashgan sobiq SSSRning biokimoviy sinov poligoniga qaratdi.

Bir necha yillar davomida amerikaliklar kuydirgi kasalligining (Sibirskaya yazva) tuproqda qolgan sporalarini olishga va yo‘q qilishga urinib ko‘rishdi. Buning ortida albatta AQShdan 10 ming km uzoqda bo‘lgan mamlakat xavfsizligi tashvishi emas, balki Sovet Ittifoqining harbiy sirlarini bilib olish va ehtimol, ulardan maqsadli foydalanish istagi bor edi.

Toshkentdagi Markaziy referent biokimoviy laboratoriya 2007-yilda AQShning USAID agentligi qanoti ostida ochilgan edi. Uning markaziy va mintaqaviy idoralari direktorlari faqat AQSh fuqarolari. Yaqinda AQShning O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili Deyvin Butcher Andijon va Farg‘ona shaharlarida Pentagon mudofaaga tahdidlarni kamaytirish agentligi (DTRA) va Bechtel National Incorporated (BNI) tomonidan tashkil etilgan yangi biolaboratoriya ochdi. Keyin xuddi shunday laboratoriyalar Buxoroda, Qarshida, Samarqandda, Nukusda paydo bo‘ldi.

Davlat sanitariya boshqarmasi kuydirgi kasalligi haqidagi mish-mishlarni inkor etdi

DTRA va Pentagon tomonidan qurilgan biologik obyektlarning eng yirigi - Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan. 2016-yil kuzida bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida AQSh elchisi Pamela Spratlen ushbu obyekt "bu laboratoriya mikroblarga qarshi chidamlilikning to‘g‘risida tajriba ma’lumotlarini olishga imkon beradi" va "bu O‘zbekiston va mintaqa fuqarolari hayoti va sog‘lig‘ini yaxshilaydi" dedgan edi. Ammo tez orada, buning aksi yuz berdi. Respublikada tushunib bo‘lmaydigan holda qizamiq,  (Samarqand viloyatida 500 kishi) va suvchechak kasalliklari tarqalishi qayd etildi.

O‘zbekistonda mikroblarga qarshi preparatlarga qarshilikni o‘rganish markazi 2017-yilda ochilgan.

Yuzma-yuz to‘qnashuvsiz urush vositalari

Pentagonning O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardagi biologik laboratoriyalarining rasman e’lon qilingan maqsadi "o‘ta xavfli patogenlarni aniqlash va epidemiyalarning oldini olish" bo‘lsada Respublikaga birinchi bo‘lib AQShning "pogonli" kimovgar va biologlari kirib kelishdi (1990 yillar boshida). Ular sobiq SSSRning maxfiy obyektlarga kirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus - biologik qurolmi?

Bu haqida Chicago Tribune 2005-yilning sentabr oyida shunday deb yozgan edi: AQShga sobiq Ittifoq respublikasidan patogen mikroorganizmlar olib kelinmoqda. Bular Sobiq Ittifoq biologik quroli bo‘lgan 60dan ortiq o‘lim xavfiga ega bo‘lgan mikroorganizmlardir. Vabo va kuydirgi kasalliklari keltirib chiqaradigan bakteriyalar AQSh harbiy samolyotida olib kelindi.

Keyingi bosqichda AQSh O‘zbekistonda Xavfsizlikka tahdidni kamaytirish agentligini yaratdi.Xalqaro miqyosda esa Vashington 2001-yildan  beri biologik laboratoriyalar faoliyatini tekshiruvchi har qanday tashabbusga to‘sqinlik qilib kelmoqda. 

Rossiya tashqi ishlar vazirligi eng yuqori darajada bir necha bor ushbu vaziyatning g‘ayritabiiyligiga e’tibor qaratgan edi: MDH mamlakatlaridagi Amerika biolaboratoriyasi "Pentagonning bolalari" bo‘lib, u yerga chet ellik kuzatuvchilar va mahalliy hokimiyat vakillari kirishi mumkin emas. Bunday inshootlar ekstraditorlik maqomiga ega. Ularning xodimlari AQSh fuqarolari bo‘lib, ular diplomatik daxlsizlikka. Rossiyalik mutaxassislarning fikricha, Pentagon tibbiy eksperimentlar niqobi ostida ehtimoliy biologik urushga tayyorlanmoqda.

Kongress SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh senatiga COVID-19 tufayli Xitoyga qarshi sanksiya to‘g‘risida qonun loyihasi kiritildi
Boshqa mamlakatlarda yaratilgan biologik laboratoriyalardan foydalanib, amerikaliklar o‘zlarining qonunlari va xalqaro kelishuvlarni chetlab o‘tib, viruslarning shtammlarini sinash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Biologik va toksinli qurollarni ishlab chiqarishni, ishlab chiqarishni va zaxiralashni va ularni yo‘q qilishni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiya - KBTO (163ta mamlakat qo‘llab-quvvatlagan). Biroq, KBTOning qo‘shimcha protokoli kuchga kirmadi, chunki u AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan imzolanmagan. Qo‘shimcha protokol biolaboratoriyalarni nazorat qiluvchi xalqaro tuzishni nazarda tutgan. Bu, ehtimol, amerikaliklar uchun nomaqbuldir.

Vashington (Pentagon) 2018-yilda O‘zbekistonda qo‘shma ilmiy faoliyatni ta’minlaydigan yangi bosqichni boshladi. Esimda, bir necha yil oldin Uxanda (Xitoy) ham koronaviruslarni o‘rganish bo‘yicha birgalikda tadqiqotlar o‘tkazilgan edi. Endi butun dunyo COVID-19 paydo bo‘lishida kimni ayblamoqda va u bilan nima qilish kerak degan savol tug‘ilmoqda.

Yopiq izlanishlarni butunlay inkor etib bo‘lmaydi va Dmitriy Medvedevning: "Hamma bir-biridan shubha qiladi, har bir yangi virus biologik qurol deb e’lon qilinadi. Bu esa aql bovar qilmaydigan xalqaro tanglikni keltirib chiqarishi mumkin ... Gibrid urush emas, balki to‘laqonli urushga aylanishi mumkin".

Yangiliklar lentasi
0