TOShKENT, 26-may - Sputnik. Koronavirus jiddiy sinovga aylandi, ODKB mamlakatlari biologik xavfsizlik sohasida masalalarni muhokama qiladilar, deya bayonot qildi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov videoanjuman formatida o‘tkazilgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) TIV rahbarlari kengashi yig‘ilishi davomida.
"Koronavirus infeksiyasi xalqaro munosabatlarning butun boshli tizimiga ta’sir ko‘rsatayotgan jiddiy sinovga aylandi, u barcha davlatlar va davlatlararo tuzilmalar uchun chaqiriqqa aylandi. Bugun biz tashkilotimiz faoliyatiga doir qanday xulosalar chiqarishimiz zarurligini sinchkovlik bilan tahlil qilishimiz kerak bo‘ladi", - degan Lavrov.
Lavrov ODKB salohiyati bu turdagi xatarlarga javob berish uchun ham muhimligini qo‘shimcha qildi.
"Bizning davlatlarimiz fuqarolari salomatligi va farovonligini ta’minlash manfaatlariga mos keladi. Shu bois biz bugungi kunda birinchi galda biologik xavfsizlik sohasidagi birinchi chora-tadbirlarni ko‘rib chiqishimiz lozim", - deya izoh berdi vazir.
ODKB tashkilotiga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston a’zo.