Rossiya ilk bor "Qiyomat kuni torpedasi"ni uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

© Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishPoligonnie ispitaniya kompleksa "Poseydon"
Poligonnie ispitaniya kompleksa Poseydon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning noyob pilotsiz suv osti majmuasi raqib hujumi sodir bo‘lgan taqdirda javob zarbasini berishga kafolat beradi. Dunyoning eng texnologik rivojlangan davlatlari orasida faqat Rossiya bunday qurollarga ega.

RIA Novosti'ning Rossiya harbiy-sanoat majmuasidagi manbasining 26-may kuni xabar berishicha, "Poseydon" pilotsiz suv osti apparatining birinchi parvozi 2020-yilning kuziga rejalashtirilgan, ayni paytda eng so‘nggi tizimning tarkibiy qismlari va agregatlari sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu parvoz "Belgorod" ko‘p maqsadli atom suv osti kemasi (949A "Antey" loyihasidagi) bortida amalga oshiriladi, bu kema eng so‘nggi pilotsiz kemalarning birinchi sinov tashuvchisi hisoblanadi.

Ispitanie novoy ballisticheskoy raketi «Sarmat” - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaga yangi qit’alararo ballistik raketa nima uchun kerak

Eksperimental kema "Poseydon" uchun maxsus qayta ishlangan (loyiha 09852) va 2019-yil aprel oyida Severodvinskda suvga tushirilgan. Bu suv osti kemasining sinovlari 2021-yilgacha davom etadi va ular muvaffaqiyatli yakunlansa, "Poseydon"lar bilan jihozlangan "Belgorod" Rossiya dengiz floti tarkibiga kiradi.

Kelajakda qit’alararo suv osti pilotsiz apparatlarning birinchi to‘laqonli tashuvchisi - "Xabarovsk" atom suv osti kemasi (098531 loyihasi) bo‘ladi, u yozning boshida suvga tushirilishi rejalashtirmoqda, shundan so‘ng sinovlar taxminan ikki yil davom etadi. Dunyoning hech bir mamlakatida "Poseydon" kabi tizimlar mavjud emas va undan himoya vositalari mavjud emas.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Kengashga 2018-yilda yo‘llagan murojaatda ushbu qurol ishlab chiqilganligini e’lon qildi. "Poseydon" ko‘p maqsadli okean tizimi - bu Pentagon va NATOning Sharqiy Yevropadagi hujum potensialining xavfli to‘planishiga, Rossiya Federatsiyasining mudofaa potensialini yo‘q qilishga ishlatilishi mumkin bo‘lgan AQShning raketaga qarshi mudofaa tizimini shakllantirilishiga Rossiyaning asimmetrik javobidir.

Rossiyaning oldindan ko‘ra olishlik xususiyati ortiqcha emasligi ayon bo‘ldi - 2019-yilda AQSh uydirma bahona bilan O‘rta va qisqa masofali raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqdi, Strategik hujum qurollari to‘g‘risidagi shartnomani yo‘q qilish uchun shart-sharoit yaratdi va 2020-yilga kelib harbiy budjetini 750 milliard dollargacha oshirdi (boshqa barcha davlatlarning umumiy mudofaa xarajatlariga deyarli teng).

Aql bovar qilmas pilotsiz apparat

"Poseydon" - bu atom elektr uskunasiga ega strategik qit’alararo chuqur dengiz apparati bo‘lib, u 100 uzel (185 km/soat) tezlikda 1000 metr chuqurlikda 10 ming kilometrgacha masofani bosib o‘tishga qodir. "Poseydon" sinovlari noyob xususiyatlari va deyarli cheksiz pilotsiz suzish masofasiga ega ekanligini tasdiqladi.

Maliy raketniy korabl proyekta 22800 (Karakurt) - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya g‘arbiy chegaralarini mustahkamlash: “Karakurt” raketa kemalari nimasi bilan qiziq

24 metr uzunlikdagi, diametri 1,6 metr bo‘lgan apparat an’anaviy yoki megatonli termoyadroviy o‘q-dorilar bilan jihozlanishi mumkin va aviatashuvchi guruhlarni, suv osti kemalari strategik bazalarini va raqibning sohil infratuzilmasini yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Okeanda bunday "torpedo"ni topish oson emas, past tezlikda u o‘ta tovushsiz yuradi, ammo gidroakustik aloqada (aniqlanib qolganida) bo‘lgan taqdirda ham undan himoyalanishning ilojisi yo‘q.

Pilotsiz rejimda "Poseydon" ehtimoliy raqibning barcha mavjud va istiqbolli suv osti kemalari, torpedalari va raketalari uchun erishib bo‘lmas chuqurlik va tezlikda harakatlana oladi. Avtonom boshqaruv tizimi suv osti kemalariga qarshi tusiqlar yoki boshqa mudofaa tizimlarini topib, yengib o‘tishga imkon beradi. Bu daxlsizlik va aql bovar qilmas darajada zararli ta’sirni kafolatlaydi. Ushlab turishning juda jiddiy vositasi.

Rossiya ishlanmasi Amerika strategik qo‘mondonligini (STRATCOM) sinov bosqichidayoq xavotirga sola boshladi. O‘tgan yil fevralda Kongressda bo‘lib o‘tgan munozaralarda, STRATCOM rahbari Djon Xayten, "Poseydon" prinsipial jihatdan yangi qurol tizimi sifatida SNV-3 shartnomasi cheklovlari ostiga tushmasligini va AQShda Rossiyaning yangi ishlanmasi analoglari ishlab chiqilmayotganligini ta’kidladi.

Kompleks PVO - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya harbiylariga birinchi S-500 raketa tizimlari taqdim etiladi

Shundan keyin Amerika tomoni pilotsiz suv osti apparatlarini ham yadroviy qurol va boshqa tizimlar bilan bir qatorda, tartibga soluvchi yangi kelishuvga qiziqish bildirdi.

Avvalroq AQShda tahminiy nashrlar paydo bo‘la boshladi: go‘yo-ki global mojaro yuzaga kelganda, suv osti tashuvchisi AQSh qirg‘oqlariga 100 megonlik termoyadroviy qurolini yetkazishga qodir, u sunamini keltirib chiqarib aviatashuvchilar, mudofaa zavodlari va butun boshli shaharlarni yuvib tashlaydi. Shunday qilib, pilotsiz "Poseydon" xizmatga qilinmasdan oldin ham xalqaro vaziyatga va qisman Rossiyaga do‘stona munosabatda bo‘lmagan bir qator mamlakatlar harbiy rahbariyatining qarorlariga ta’sir ko‘rsatdi. Ammo biron bir jiddiy sababsiz (masalan, RFga tajovuz aksiyasi) "Poseydon" hech qachon ishga tushurilmaydi.

Sirli "Xabarovsk"

"Xabarovsk" so‘nggi suv osti kemasi, ehtimol, Rossiyaning eng katta harbiy sirlaridan biridir. Ochiq manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, kema tubdan yangi atom elektr qurilmasi bilan jihozlangan va oltita pilotsiz "Poseydon"larni tashishga qodir, bu torpedolar G‘arb matbuotida "Qiyomat kuni torpedalari" deb nomlanadi.

Situatsiya v Sirii. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Isroil vertolotlari Suriyaga raketa hujumini amalga oshirdi

Suv xajmi 10 ming tonna, 32 uzelgacha tezlik, 500 metr chuqurlikgacha sho‘ng‘ish, 120 kunlik avtonomlik, kamida 100 kishilik ekipaj. Suv osti kemasi korpusi "Borey" so‘nggi strategik raketa tashuvchisiga o‘xshaydi. "Xabarovsk"ning asosiy xususiyatlari maxfiy. Rossiya Harbiy-dengiz floti Shimoliy va Tinch okeani flotlari tarkibida ikkitadan "Poseydon" suv osti tashuvchisi bo‘lishini rejalashtirmoqda.

Bu Rossiyaning butunlay yangi avloddagi suv osti strategik qurollar tizimidir. Atom suv osti kemalari va strategik "Qiyomat kuni torpedalari"ning "ikki tomonlama maxfiyligi", uzoq muddatli istiqbolda AQSh va NATO quruqlik, dengiz va kosmosda "o‘tib bo‘lmaydigan" raketalarga qarshi mudofaa tizimini yaratishga erishganda ham, samarali javob qaytaruvchi yadroviy zarbasini ishonchli kafolatlaydi.

"Poseydon" - bu Rossiyaning texnologik ustunligini tasdiqlovchi yagona dalili emas, balki ehtimoliy raqibga juda ta’sirli va xushga keltiruvchisidir. Ammo Rossiya Federatsiyasi tahdidlarni talvasali holatda keltirishdan yiroqda. Bundan tashqari, dunyoda strategik barqarorlikni mustahkamlash uchun Moskva Rossiyaning so‘nggi strategik qurol tizimlarining imkoniyatlarini inobatga olgan holda, dunyoda barqarorlikka erishish uchun g‘arblik hamkorlari bilan adolatga asoslangan shartnomaviy majburiyatlarini muhokama qilishga tayyor.

Yangiliklar lentasi
0