Rossiya harbiylariga birinchi S-500 raketa tizimlari taqdim etiladi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishKompleks PVO
Kompleks PVO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari keyingi yilda ilk bor S-500 zenit raketa tizimlarini qabul qilib olishni rejalashtirmoqda.

TOShKENT, 8-may — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari keyingi yilda ilk bor S-500 zenit raketa tizimlarini qabul qilib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksey Krivoruchko ma’lum qildi.

Perviy kompleks S-350 Vitaz razmestat v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya harbiylariga yangi S-350 zenit raketa tizimi taqdim etildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, S-500 sotib olish 2021-yilda davlat shartnomasi imzolanadi. Hozirgi vaqtda poligonda dastlabki sinov bosqichi amalga oshirilmoqda.

S-500 tizimi

“Almaz-Antey” konserni bosh konstuktori Pavel Sozinov ta’kidlashicha, S-500 Yerdan yuzlab kilometr masofadagi nishonni yakson qilishi mumkin.

S-500 “Prometey” yangi avlod “Yer-havo” zenit raketa tizimlariga kiradi. S-500 radiusi 600 kilometrni tashkil qiladi. Bu tizim nafaqat ballistik, balki aerodinamik nishonlar (samolyot, vertolot) va qanotli raketalarni yo‘q qilishi mumkin.

Tizim sekundiga yetti kilometr tezlikda uchib ketadigan o‘ntagacha ballistik nishonlarni, shuningdek, giper raketalarning jangovar o‘qlarini aniqlay oladi va yakson qiladi.

Xususiyatlari jihatidan S-500 S-400 va uning amerikalik raqobatchisi Patriot Advanced Capability-3 dan sezilarli darajada oshadi.

 

Yangiliklar lentasi
0