Isroil vertolotlari Suriyaga raketa hujumini amalga oshirdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishSituatsiya v Sirii. Illyustrativnoe foto
Situatsiya v Sirii. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jumaga o‘tar kechasi Isroil armiyasi vertolotlari Golan tepaliklaridagi pozitsiyalardan turib Suriya hududidagi nishonga zarba bergan.

TOShKENT, 1-may - Sputnik. Suriyaning SANA davlat agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil harbiylari Suriyaning janubiy hududlariga navbatdagi raketa hujumini uyushtirdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, jumaga o‘tar kechasi Isroil armiyasi vertolotlari Golan tepaliklaridagi pozitsiyalardan turib zarba bergan. Hammasi bo‘lib bir nechta raketalar otilgan. Raketa natijasida moddiy zarar yetkazilgan.

Posledstviya vozdushnix udarov po sektoru Gaza. 13-noyabrya 2018 - Sputnik O‘zbekiston
Isroil G‘azo sektoridagi 150 ta nishonlarga zarba berdi

Uch kun oldin Suriya ommaviy axborot vositalari Isroil armiyasining Suriyaning Damashq provinsiyasidagi nishonlarga zarbalari haqida xabar berishdi. Unda, agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, otishma natijasida uch tinch aholi halok bo‘lgan.

Isroil harbiylari muntazam ravishda Suriyadagi nishonlarga zarbalar berib keladi, o‘zlarning harakatlarini zamonaviy qurollarning dushmanlar qo‘liga tushishini oldini olish istagi bilan izohlashmoqda. Birinchi navbatda gap Bashar Asad tarafdori bo‘lib, Tehron tomonidan nazorat qilinadigan Livan "Hizbulloh" harakati haqida ketmoqda.

Suriya va Isroil o‘rtasida hech qanday diplomatik aloqalar yo‘q, ular ikkala davlat yaratilganidan beri urush holatida bo‘lib kelmoqda. Xususan, ular o‘rtasida Golan tepaliklarining maqomi bo‘yicha uzoq muddatli hududiy mojaro mavjud.

Yangiliklar lentasi
0