Bu NATO mamlakatlarining mintaqadagi harbiy infratuzilmani va bir qator tajovuzkor imkoniyatlarni agressiv rivojlantirishga Rossiyaning muqarrar va teng javobidir.
Rossiya HDF bosh qo‘mondoni Nikolay Yevmenovning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda Boltiq dengizi floti suv usti kuchlari "Kalibr-NK" qanotli raketalari bilan qurollangan 22800 "Karakurt" loyihasining olti dona kichik raketa kemalari bilan to‘ldiriladi. Oltita KRK (kichik raketa kemasi) dan to‘rttasi "Pansir-ME" zenit-raketa majmuasisining dengiz varianti bilan jihozlanadi.
Yangi raketa kemalarining paydo bo‘lishi Rossiya dengiz flotining Boltiq dengizidagi tezkor va strategik birlashmasining xujum kuchini sezilarli darajada oshiradi. "Karakurt"ning asosiy quroli - jangovar vaziyatda sinovdan o‘tgan va 2,5 ming kilometrgacha masofadagi nishonga zarba berishga qodir bo‘lgan "Kalibr-NK" qanotli raketalari. Qo‘yilgan vazifasiga qarab, bitta bunday kema dushmanning raketali esminetsini, harbiy bazasini yoki aerodromini yo‘q qilishi mumkin (misol uchun, Baltiyskdan Ramstein aviabazasigacha - atigi ming kilometr).
"Karakurt" mo‘ljal vazifalarini yakka o‘zi, hamda dengiz floti guruhining bir qismi sifatida bajarishi mumkin.
Ushbu seriyadan birinchi bo‘lib hozirda "Pansir-ME" majmuasining dengiz modifikatsiyasi sinovdan o‘tkazilayotgan "Odinsovo" KRK hizmatga topshiriladi. Avvalroq, Boltiq flotiga 22800 loyihasining ikkita kemasi topshirilgan: "Mitishi" va "Sovetsk". Rossiyada 2026-yilga kelib 18 ta "Karakurt" qurilishi rejalashtirilgan.
Boltiq floti yangi raketa kemalarini ustuvor tartibda oladi, chunki u g‘arbiy strategik yo‘nalishda joylashgan va dushmanning ehtimoliy raketalari va havo zarbalarini qaytarishga doimo tayyor. Flotning asosiy vazifalari quyidagilar: iqtisodiy zona va ishlab chiqarish mintaqalarini himoya qilish, yuk tashuvchi flot yurishi xavfsizligini ta’minlash va Rossiya hukumatining Dunyo okeanining iqtisodiy jihatdan muhim hududlarida tashqi siyosiy harakatlarini amalga oshirish.
Harbiy kemalar vatani qirg‘oqlari yaqinida, O‘rta yer dengizida, Hind va Atlantika okeanlarida xizmatni o‘tashmoqda. Boltiq floti tarkibiga yer usti kemalari bo‘linmalari, dizel suv osti kemalari divizioni, yordamchi va qidiruv-qutqaruv kemalari bo‘linmalari, dengiz aviatsiyasi, qirg‘oq qo‘shinlari, havo mudofaasi bo‘linmalari va boshqalar kiradi. Joylashtirishning asosiy punktlari Baltiysk shahri (Kaliningrad viloyati) va Kronshtadt (Leningrad viloyati).
Kichkina demang bizni...
22800 loyihasining raketa kemalari konstruksiya va jangovar imkoniyatlari bilan noyobdir, dunyoda analoglari yo‘q. Masalan, "Karakurt" KRK yaqin dengiz hududining 21631 loyihasining "Buyan-M" raketa-artilleriya kemasidan sezilarli darajada ustundir.
Samarali qanotli raketalariga ega bo‘lgan yuqori aniqlikdagi "Kalibr-NK" majmuasidan tashqari (bortda qancha borligi sir), yangi KRKlarda ilg‘or boshqarish tizimlari, havo mudofaasi, radiotexnik qurol, radio aloqa, navigatsiya, radioelektron kurash (REB), shuningdek, diversiyaga qarshi uskunalar mavjud. Ixcham kema korpusiga (uzunligi 67 metr, kengligi 11 metr, hajmi 800 tonna) katta jangovar kuch uyg‘unlashgan.
Kelajakda 22800 loyihasi, shuningdek, bir ming kilometrdan uzoqdagi nishonga zarba beruvchi, mavjud va istiqbolli raketalarga qarshi mudofaa tizimlariga sezilmaydigan "Sirkon" gipertovush raketalarini ham oladi (3M22 "Sirkon" raketasi soatiga 10 ming km tezlikda uchadi). Rossiya harbiy-dengiz flotining "uzoq va aniq qo‘llar" dasturi boshqa bir loyihadagi kichik raketa kemalaridan foydalangan holda Suriyadagi ID* jangarilarini yo‘q qilishning amaliy tajribasini hisobga olgan holda rivojlanmoqda.
O‘tgan yili qurilgan "Odinsovo" KRKsi birinchi bo‘lib o‘z qurol tizimiga integratsiyalashgan so‘nggi "Pansir-ME" havo mudofaa tizimini qabul qildi. Bu bitta minora uskunasi ichida qudratli artilleriya va ko‘p rejimli raketa qurollarini va radiolokatsion-optik boshqaruv tizimini birlashtirgan dunyoda yagona tizimi.
Avtomatlashtirilgan majmua tahdidlarga deyarli bir zumda (uch-besh soniya) javob berishni ta’minlaydi va barcha turdagi havo nishonlariga (sekundiga ming metr tezlikgacha uchadigan) zarba berishga qodir, shu jumladan kemaga qarshi raketalar, aviabombalar, dronlarga ham - 20 kilometrgacha uzoqlikda va 15 kilometrgacha balandlikda. Eslatib o‘taman, quruqlikdagi "Pansir" Suriyada eng yuqori jangovar samarani ko‘rsatdi. Kema versiyasi ham asosiy modelning fazilatlarini meros qilib oldi. Dengizdagi "Pansir"ning analoglari yo‘q va yaqin kelajakda kutilmayapti ham.
Kichik raketa kemasi kichik aks beruvchi yuzasi tufayli dushman radarlarida aniqlanishi oson emas. Ekipaj (39 kishi) atrof-muhitni "Mineral-M" ko‘p funksiyali kompleks (gorizont orti masofasining faol va passiv radiolokatsion stansiyalari) yordamida kuzatib boradi. Farqlanuvchi xususiyatlar ro‘yxatiga "Karakurt"ning maksimal tezligini - 30 uzel (soatiga 55 kilometrdan ortiq), avtonomlikni - 15 kun, yurish masofasi - 2,8 ming dengiz miligacha (4,5 ming kilometrdan ortiq) qo‘shish mumkin. Darhaqiqat, kichik, ammo juda chaqqon. 22800 loyihasining yangi KRKlari NATO mamlakatlarining nodo‘stona dengiz kuchlari bilan o‘ralgan Boltiq dengizi flotining operativ imkoniyatlarini kengaytiradi.
Suverenitet asosi
So‘nggi olti oy ichida Boltiq flotida 1500 ga yaqin jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ekipajlar 400 ga yaqin jangovar mashqlarni, shu jumladan 180ta artilleriya va yetti raketa otuvlarini, minalar o‘rnatishni, chuqurlikga bomba otish va minalardan tozalash ishlarini amalga oshirdi. Tuzilmalar va qismlarning qo‘shma mashg‘ulotlari davomida kema va qirg‘oq zobitlari turli kuchlar va vositalarni boshqarishni o‘rgandilar.
Boltiq floti bugungi kunda kuchli va turli hil qismlardan iborat guruhga ega, u zamonaviy qurol va texnik vositalari bilan qurollangan suv usti va suv osti kuchlari, aviatsiya, havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va quruqlikdagi kuchlarga ega. Harbiy tayyorgarlikning ustuvor yo‘nalishi - flotning turli hujum kuchlarining (kema hujum guruhlari, aviatsiya va Boltiq dengizi hududidagi qirg‘oq kuchlari bilan birgalikda) harakatlarini sinashdir. Shu bilan birga dengizdagi klassik muammolarni hal qilishda zamonaviy "Steregushiy", "Soobrazitelniy", "Boykiy" va "Stoykiy" korvetlari, shuningdek, "Sovetsk", "Serpuxov", "Zeleniy Dol" va "Mitishi" kichik raketa kemalari muhim rol o‘ynaydi. Yangi "Kalibr-NK" qanotli raketalari va ehtimol, "Sirkon"lar bilan jihozlangan "Karakurt"lar navbati ham yaqinlashmoqda.
Qurol-aslaha sohasidagi yuqori texnologiyalar har qanday mamlakatning haqiqiy suvereniteti va barqaror rivojlanishining asosi bo‘lib qolmoqda va Rossiya ushbu yo‘nalishda, va hususan, Boltiqbo‘yi mintaqasida barcha raqiblardan ustundir. Pentagon rasmiy ravishda (XHR va Rossiya Federatsiyasining kuchayishi fonida) AQShning global harbiy ustunligini yo‘qotganini, shuningdek Rossiyaning Boltiqbo‘yi mintaqasidagi NATOdan harbiy-geografik ustunligini tan olmoqda. RFning yuqori texnologiyali qurol-aslaha sohasidagi yetakchiligi bu – yagona maqsad emas, balki zamon talabi va milliy xavfsizlik kafolati.
* “Islom davlati” (IShID, ID) - Rossiya va dunyoning ko‘plab mamlakatlarida taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.