TOShKENT, 25 mar - Sputnik. Rossiya hukumati bosh vazirining o‘rinbosari Yuriy Borisov 21-may kuni " COVID-19" pandemiyasi "Sarmat" qit’alararo ballistik raketasining (QBR) uchish sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishiga ta’sir qilmaganligini va sinovlar bosh konstruktor va Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’kidladi.
Davlat qurollanish dasturi doirasida Rossiya sanoat kooperatsiyasi tomonidan shaxtada joylashtiriligan suyuq yoqilg‘ili RS-28 "Sarmat" raketasi yaratilishini yakunlamoqda. Yangi raketaning otilib chiqish sinovlari 2018-yilda yakunlandi. Ushbu majmua o‘z ichiga turli xil jangovar bloklarni, shu jumladan yangi avlod gipertovushlilarini oladi va Strategik raketa kuchlariga (SRK) hizmatni o‘tashga 2021-yilda topshiriladi. Eslatib o‘tamiz, "Sarmat" uchun mo‘ljallangan "Avangard" gipertovush majmuasi Dombarovsk raketa diviziyasida hizmatni o‘tamoqda.
Yangi QBR dunyodagi eng kuchli R-36M2 "Voyevoda" raketasining o‘rnini egallaydi (NATO tasnifiga ko‘ra - SS-18 Satana ("Iblis"). "Sarmat"ning imkoniyatlari raketaga qarshi mudofaa hududlarini chetlab, tahmin qilib bo‘lmaydigan trayektoriyalar bo‘ylab parvoz qilish imkonini beradi, bu esa potensial dushmanning barcha mavjud va istiqbolli mudofaa tizimlari tomonidan gipertovush individual boshqaruv bloklari tomonidan ushlanish imkonini yo‘qqa chiqaradi.
"Sarmat"ning "Voyevoda"dan asosiy farqi: Yu-71 tipidagi gipertovush bloki bilan jihozlangan yangi QBRni noyadroviy qurol bilan jihozlangan yuqori aniqlikdagi qurol sifatida ishlatilishi mumkin. Taxminan atmosferadagi 15 Max (7 km/sek) tezlikda, blokning kinetik energiyasi yadroviy zarbaga o‘hshash bo‘ladi, ammo hududni radioaktiv ifloslanishi bo‘lmasligini kafolatlaydi. Manevrli gipertovush jangovar kallachalarning muhim afzalligi shundaki, trayektoriyani aniq to‘g‘irlab, QBRlarni uchirish nuqtasidan minglab kilometr masofada nishoning "darchasiga" tegish.
Yangi raketani Krasnoyarsk o‘lkasi va Orenburg viloyatida joylashtiriladigan seriyali ishlab chiqarish uchun sanoat korhonalarinitakomilliashtirish yakunlandi. Rossiya shu tariqa, o‘zining tahdidlardan ogohlantirish potensialini rivojlantirmoqda.
Ikki qutbni kechib
Dunyoning barcha texnologik jihatdan rivojlangan davlatlari og‘ir qit’alararo raketalarni ishlab chiqib, raqobatchilarni mag‘lub etishga harakat qilmoqda, ammo Rossiya ancha oldinda. RS-28 "Sarmat" og‘ir suyuq orbital qit’alararo ballistik raketaga ega yerda shaxtada joylashtirilgan raketa tizimi har jihatdan ustunlikni namoyish etmoqda.
Dunyoda uzoq masofaliligi, tezligi va zarba qudrati bo‘yicha unga o‘xshashi yo‘q. Uchish masofasi bo‘yicha - 18000 kmgacha bo‘lgan masofada - "Sarmat" Voivoddan bir yarim marotaba oshib ketdi, bu esa xorijiy raqobatchilar uchun ochiq bo‘lmagan. Yuk tashish qobiliyati 10 tonnaga oshirildi. Bosh qismi 10 individual nishonga olish bloklardan iborat. Yangi raketaning startdagi massasi 208 tonnani tashkil etadi (shundan 178 tonnasi yoqilg‘i). Raketaning umumiy uzunligi 35,5 metr, diametri 3 metr.
Jang kuchi jihatidan "Voyevoda" va "Sarmat" deyarli teng va yangi QBRning Aegis, THAA va tizimlarni yengib o‘tish qobiliyati va tezlashish qismi juda qiziqdir. Qit’alararo ballistik raketa havo hujumidan va raketaga qarshi mudofaa tizimlarini muvaffaqiyatli yengib, nishonga o‘z vaqtida va aniq zarba berishi kerak. "Voyevoda"ning jangovar bloklari ham soxta elementlar bulutida nishonga uchadi (raketaning uchi har birining quvvati 800 kiloton bo‘lgan 10 ta jangovar blokdan va PRO (raketalarga qarshi mudofaa) tizimlarini yorib o‘tiishning rivojlangan majmuasidan iborat). "Sarmat" parvoz paytida mutlaqo yangi himoya va pardalanish vositalariga ega deb taxmin qilish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Turli xil quvvat va maqsadlar bloklari qatorida dushmanning radiolokatsion stansiyalari va boshqa innovatsion tarkibiy qismlariga qarshi kurashning kuchli vositalari mavjud. U qanday ishlaydi?
Ajralganidan so‘ng manevr qiluvchi blok taxminan 15 Max tezlikda (7 km/sek) 100 km balandlikda harakatlanadi va atmosferaning zich qatlamlariga kirishdan (nishonning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tepasida) oldin dushmanning raketaga qarshi mudofaasini yengib o‘tish uchun murakkab manevrni amalga oshiradi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, shunga o‘xshash jangovar bloklar bilan dunyoning har qanday joyida mahalliy mojarolar paytida yadroviy bo‘lmagan zarbalar berish mumkin.
Yangi og‘ir "Sarmat" QBRni yaratishda ikkita asosiy maqsad - raketaga qarshi mudofaa tizimiga zaivsizligi va parvozning minimal vaqti - rekord tezlik, masofa, tashish qobiliyati va 60-sekundda jangovar tayyorgarlikka (dushman yadroviy zarbasi paytida tez reaksiya) erishishga imkon berdi. Yangi QBRga kiritilgan Janubiy qutb orqali (mavjud va istiqbolli raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini chetlab), ehtimoliy dushman hududining suborbital trayektoriyasi bo‘ylab ehtimoliy dushman hududini "orbital bombardimon qilish" texnologiyasi fuqaro kosmik kemalarini uchirishga imkon beradi (foydalanish oxirida har bir "Sarmat" investitsiyalarning katta qismini qaytarishi mumkin).
Asosiy parametrlar
Rossiya strategik raketa kuchlari qancha yangi raketalarni hizmatga qabul qiladi? Avvalroq, Amerikaning CNBC kanali AQSh razvedka hamjamiyatiga asoslanib, 60 ga yaqin "Sarmat"lar haqida gapirdi, bu "Voyevoda"larning ikki diviziyasiga (Krasnoyarsk o‘lkasi va Orenburg viloyatida) to‘g‘ri keladi. Biroq, RF Mudofaa vazirligining rejalari boshqa bo‘lishi ham mumkin. Faqat Rossiyaning strategik yadroviy kuchlari (SAS) va AQSh strategik hujum qiluvchi kuchlari (SNS) guruhlari uchun SNV-3 tomonidan belgilangan QBR va jangovar bloklarning maksimal chegarasi haqida rasmiy ma’lumot bor holos. Rossiya Federatsiyasi uchun bu 700 ta uchirish moslamasi va 1550 ta jangovar qurol. Strategik raketa kuchlari umumiy strategik yadro qurollari va jangovar qurollarning 60 foiziga egalik qiladi va 2024-yilga kelib faqat zamonaviy namunalardan foydalanishini rejalashtirmoqda. Xizmatni o‘tayotgan "Topol-M" va "Yars" komplekslarini hisobga olgan holda, ko‘p qirrali istiqbol paydo bo‘ladi.
Rossiyaning strategik raketa kuchlarini rivojlantirish istiqbollarini belgilashda AQShning yadroviy raketa potensialidagi o‘zgarishlarni va tashqi siyosatining xususiyatlarini, Vashingtonning RSMD shartnomasidan chiqib ketishini va Yevropada Amerika o‘rta masofali raketalarining Rossiya Federatsiyasiga yaqin joylashtirilishini hisobga olishga to‘g‘ri kelmoqda. Misol uchun, Polsha va Ruminiyada Pentagonning Mk-41 universal uchirish uskunalari bilan jihozlangan turli darajadagi tayyorgarlikka ega raketaga qarshi mudofaa tizimlari o‘rnatilgan. Bu joydan "Standart-3" raketalarga qarshi raketalarni va o‘rta masofaga mo‘ljallangan "Tomagavk" qanotli raketalarini uchirish mumkin. Bundan tashqari, AQShning Polsha va Ruminiyada joylashgan uchuvchisiz dronlarini yadroviy jangovar qurollar bilan jihozlash mumkin. Albatta, o‘rta masofadagi zarba tarkibiy qismlaridan RFga qarshi foydalangan taqdira, AQSh va uchirish maydoni sifatida hizmat qilgan boshqa davlatlar ham o‘ch olish hududida bo‘ladi. Bu haqda "Krasnaya zvezda"ga bergan intervyusida Rossiya strategik raketa kuchlari qo‘mondoni Sergey Karakayev ma’lum qildi.
Strategik Raketa Kuchlari 2020-yilga turli darajadagi 200 dan ortiq mashqlarni va QBRning oltita uchirilishini rejalashtirmoqda (ularning beshtasi Plesesk kosmodromidan). O‘tgan yili tahminan shu miqdorda harbiy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi va beshta strategik raketa uchirilishi amalga oshirildi, bu raketa tizimlarining yuqori ishonchliligi va qo‘shinlarning ususan samaradorligini tasdiqladi.
Zamonaviy strategik raketa kuchlari – bu uchta raketa armiyasi, 12 raketa tuzilmalari (shu jumladan shaxta uchirilish moslamalaridan iborat to‘rtta statsionar diviziya va sakkizta yerda harakatlanuvchi raketa majmualari). O‘ylaymanki, raketalar barcha tajovuzkorlarga yetadi. Ehtimoliy dushman ogohlantiruvchi (qurolsizlantiruvchi) zarba berishga umid qilmasa ham bo‘ladi. Strategik Raketa Kuchlari obyektlari havo hujumidan ishonchli tarzda zamonaviy S-300PM va S-400, "Mozir" faol himoya tizimi va turli jismoniy ishlash prinsiplariga asoslangan istiqbolli havo mudofaa tizimlari bilan ishonchli himoyalangan. Robotlashgan boshqaruv tizimlari joriy etilmoqda. Rossiyadagi yadroviy qurollari tashuvchilari umumiy sonining uchdan ikki qismiga egalik qila turib, strategik raketa kuchlari yadro triadasida katta rol o‘ynamoqda. Yangi og‘ir "Sarmat" QBR strategik raketa kuchlari va yadroviy qurol bilan ushlab turish tizimida muhim o‘rinlarni egallaydi.