TOShKENT, 21-may - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Bolalar ombudsmenining lavozimi atigi uch oy oldin tasdiqlandi, ammo shu vaqt ichida huquq himoyachilari ko‘plab oilalarga yordam berishga muvaffaq bo‘lishdi va nafaqat qonunchilik darajasida, balki keng jamoatchilik ishtirokida hal qilinishi kerak bo‘lgan bir qator tizimli muammolarga e’tibor qaratdilar.
Bolalar qutisi (bebi-boks) va yetim bolalar haqida
Bolalar har tomonlama rivojlangan bo‘lib ulg‘ayishlari uchun ular ota-onalarining mehr-muhabbatini, ularning ulg‘ayishidagi ishtirokini his etishlari kerak, deb hisoblaydi ombudsmen. Shuning uchun bugungi kunda O‘zbekistonda yetimlarni deinstitutsionalizatsiya qilish to‘g‘risida masala tug‘ilmoqda.
"Biz bugungi kunda ko‘plab mamlakatlarda bolalar qutisi kabi amaliyotdan voz kechilayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Darhaqiqat, uch yoshgacha bo‘lgan bola faqatgina ota-onasi tomonidan tarbiyalanishi juda muhim - bu uning hayotidagi eng muhim yillardir. Bu davrda u turli his-tuyg‘ularni anglashi kerak: onaning mehr-muhabbati, ota-onasining qo‘llarini his qilishi. Shunda uning rivojlanishi chinakamiga to‘la bo‘ladi", - dedi Aliya Yunusova.
Ombudsmenning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda davlat va NNT tomonidan moliyalashtiriladigan 22ta mehribonlik uylari va ijtimoiy qishloqlar mavjud. Bundan tashqari, har bir hududda chaqaloq uyi mavjud. Umumiy hisobda, 2019-yil oxiriga bolalar uyi va internatlarda 2,5 mingdan ortiq bola tarbiyalanmoqda.
«Ta’kidlash joizki, bunday muassasalarda aynan yetim bolalar juda kam - aksariyat voyaga yetmaganlarning ota-onalaridan biri yoki yaqin qarindoshlari bor”, - deya ta’kidlaydi huquq himoyachisi.
Asosan, Mehribonlik uylariga qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar, masalan, onalari qamoqxonada jazo o‘tayotganlar, olib kelinadi. Ota-onasi respublikani tark etib, o‘zlarini bildirmaydiganlari ham bor.
Ammo, oilada bolani tarbiyalash yoki uni zarur bo‘lgan barcha narsalar bilan ta’minlash imkoniyati bo‘lmagan holatlar ham yo‘q emas - bu holda ular bolani to‘laqonli ta’lim olishlari va normal sharoitda shug‘ullanishlari uchun internatga yuboradilar.
Shuningdek, ombudsmen boshqa organlar bilan birgalikda yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlash muammosini hal etish ustida ish olib bormoqda.
"Hozirda Mehribonlik uylari bitiruvchilari na turar joyi va na propiskasi bo‘lmagan qiyin vaziyatga tushib qolishdi. Bu esa bola huquqlarining buzilishi bo‘lib, buning ortida fuqaroning boshqa manfaatlariga putur yetishi ham turadi: masalan, propiskasiz ta’lim olish yoki ish topish juda qiyin, malakali tibbiy yordam olishni deyarli imkoni yo‘q. Bunday o‘spirinlar ko‘pincha tanishlari uylarini ijaraga olishadi h yoki yashashga moslashtirilmagan boshqa xonalarda yashaydilar. Biz uchun bu eng dolzarb muammo. Uni tizimli ravishda hal qilishimiz kerak, ota-ona qaramog‘isiz bitta bola ham ko‘chada qolib ketmasligi kerak”, - deya ta’kidlaydi Yunusova.
Rahm ne darkor qatl
Yosh bolalarga nisbatan zo‘ravonlik – pedofiliya, nafaqat o‘zbek jamiyatini tashvishga solayotgan masalalardan biridir. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pincha pedofillarga nisbatan tariqasida shlim jazosini joriy etish to‘g‘risida munozaralar bo‘lib turadi. Ammo, ombudsmenning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘lim jazosini bekor qilishni ko‘zda tutuvchi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning Fakultativ protokolini ratifikatsiya qilgan. Mamlakatda o‘lim jazosi umrbod qamoq jazosiga almashtirildi. Biroq, inson huquqlari himoyachilari, aynan yosh bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytirishni maqsadga muvofiq deb hisoblashadi.
"Menimcha, bunday og‘ir jinoyatlar uchun, bola nima bo‘layotganini anglay olmasa, alohida jazo chorasi masalasini ko‘rib chiqish zaruriyati mavjud. Bugun bu masala ko‘rib chiqilmoqda", - dedi Aliya Yunusova.
Uylanishni xohlamayman - men o‘qishni xohlayman
YuNICYeF hisobotiga ko‘ra, 2018-yilda voyaga yetmagan qizlar orasida nikohlar soni 4787 tani tashkil etdi. 2019-yil boshida O‘zbekistonda qizlar va o‘g‘il bolalar uchun nikoh yoshi rasman tenglashtirildi - endi 18 yosh. Ombudsmenning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda nikoh yoshiga oid masala uzoq vaqt mobaynida muhokama qilinib kelgan. Endi gender tenglikni ta’minlash uchun Oila kodeksida erkaklar va ayollar uchun turmush qurishda huquqlarining tengligi belgilandi.
Ammo har holda, bu ma’suliyatli qadam ongli ravishda ko‘yilishi kerak.
"Agar shahs endi 18 yoshga to‘lgan bo‘lsa, u endi bola sifatida emas, balki turmush o‘rtog‘i, bo‘lajak ota-ona sifatida bajarishi kerak bo‘lgan masalalarni mustaqil ravishda hal qila oladimi? U bu masalalarni hal qilishni qanchalar o‘z zimmasiga olishi mumkin? Biz bugun 18 yoshni oila qurish uchun majburiy emas, balki minimal yosh bo‘lganligi haqida gapirmoqdamiz. U juda bo‘lsa bir yilga qisqartirilishi mumkin, ammo undan ortiq emas", - deydi Ombudsmen.
Aliya Yunusovaning fikriga ko‘ra, yoshlar maktabni bitirgach birinchi navbatda ma’lumot olishlari kerak. Afsuski, uning ta’kidlashicha, maktabni tugatgach, ko‘plab qizlar universitetga kirishni xohlamaydilarda, darhol turmushga chiqib, oilaviy tashvishlarga shung‘ishadi.
Keyinchalik, bu er-hotin va ota-onalar o‘rtasidagi nizolarga sabab bo‘ladi: " va’da bergansiz", "buni qilmadiz", "u o‘qiydi", "men o‘qishni xohlayman", " siz o‘qimoqchimisiz, unda ajrashamiz". Bunday holat oilaga tahdid solmoqda va nafaqat ota-onalarning o‘zlari, balki ularning farzandlari ham bundan aziyat chekmoqda.
Yangi turmush qurganlar ma’lumoti va kasbi bo‘lsa, ular jamiyatda o‘zlarini ishonchli his qilishadi, ularning munosabatlari yanada mustahkam, bu esa bola tug‘ilishi va tarbiyasiga jiddiy ta’sir qiladi.
"Albatta, shunday konservativ oilalar ham bor, unda ota-onalari faqatgina aytganlarini bajarib yuradigan, ma’lumoti yo‘q kelinni qabul qilishga rozi, va qizning o‘zini ham oliy ma’lumotga intilmayotganini, o‘zini uy bekasi rolida ko‘rishini tushunamiz ham. O‘qishga intilishga faqatgina pul topish ilinji nuqtayi nazaridan qarab bo‘lmaydi - ko‘p odamlarga shunchaki kasbga ega bo‘lish va jamiyat va davlatga foyda keltirish juda muhimdir", - davom etadi Yunusova.
Bolalar o‘zlariga suiqasd qilmoqda. Nima uchun?
O‘z joniga qasd qilish - psixologlar, ijtimoiy xizmatchilar, ota-onalar va o‘qituvchilar duch keladigan yana bir o‘tkir muammo va ijtimoiy halokat. Asosiysi, bolaning intilishlarini tushunish va bezovta qiluvchi va qo‘zg‘atuvchi omillarni zararsizlantirishga harakat qilishdir.
Ko‘pincha o‘z joniga qasd qilgan bola shunchaki qiyin hayotiy vaziyat tufayli psixologik jihatdan singan: bu ota-onalarning tushunmovchiligi, oiladagi yoki tengdoshlari bilan nizolar, maktabda haqoratlar yoki doimiy zo‘ravonlik bo‘lishi mumkin.
Nima uchun bolalarning o‘z joniga qasd qilishi bo‘yicha statistika oshkor qilinmaydi degan savolga javob berayotib, bolalar huquqlari bo‘yicha vakil, mamlakatda bir vaqtlar bunday holatlar to‘g‘risida tez-tez gapirilganini va deputatlardan doim bu muammo haqida so‘rashganini tan oldi.
"Men huquqshunos sifatida bunday ma’lumot yashirilmasligi kerak, deb hisoblayman, lekin birinchi navbatda bu ma’lumotlar ichki ishlar idoralari uchun mo‘ljallangan. Agarda ushbu mavzuni ommaviy tarzda muhokama qilinsa, bunday xatti-harakatlarga moyil bo‘lgan odamlar uchun noqulay muhit yaratilishi mumkin. Asosiysi - yangi holatlarga undamaslik", - deya tushuntirdi ombudsmen.
Zamonaviy madaniyat ham o‘z joniga qasd qilish statistikasiga zararli hissa qo‘shmoqda. Yunusovaning so‘zlariga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilish sahnalari ko‘pincha ko‘plab filmlar yoki videokliplarda uchraydi, bu esa jamiyat, ayniqsa, yoshlar kayfiyatiga ta’sir etmay qolmaydi.
Zamonaviy voqelikdagi javobsiz muhabbat haqidagi filmlarning aksariyati ko‘pincha qahramonning ixtiyoriy o‘limi bilan yakunlanadi, bu albatta tomoshabinlar ongiga ta’sir qiladi. Rejissor hayotdagi muammolarni ko‘rsatmoqchi bo‘ladi, ammo natijada stressli vaziyatdan chiqishga sohta ko‘rsatma chiqadi.
"Madaniyatda o‘z joniga qasd qilish mavzusini targ‘ib qilish yoki muhokama qilish mumkin emas, hayotni sevishga minglab sabablarni ham ko‘rsatish kerak", - deydi Yunusova.
U er-hotin o‘rtasidagi janjal farzandining o‘z joniga qasd qilishiga olib kelgan vaziyatni esga oladi. Bu masalani o‘rganayotgan mahalimizda, mahallada yana bir fojiali voqea sodir bo‘ldi.
Bola har qanday arzimas narsa tufayli, masalan, agar unga telefon yoki velosiped sotib olib berishmagan bo‘lsa, ayanchli xatti-harakatga qaror qabul qilishi mumkin. Ota-onalar o‘z farzandlariga nisbatan hushorroq munosabatda bo‘lishlari, o‘z vaqtida kerakli choralarni ko‘rishlari uchun ularning xatti-harakatlaridagi va kayfiyatidagi o‘zgarishlarni sezishlari kerak. Bolaning do‘sti bo‘lish juda muhim, uni qo‘rqitishga yoki tahdidi qilishga harakat qilib bo‘lmaydi. Ohirgilari teskari ta’sir ko‘rsatishi va o‘nglab bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Ko‘p bolali oilalar - o‘tmish sarqiti va yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan hashamat
Sharqda katta oilalar har doim ham bo‘lgan. O‘tgan asrda ham o‘zbek ayollari har biri 10-12tadan bolani dunyoga keltirgan va bu odatiy hol hisoblangan.
"U paytlari 5 farzandi bo‘lgan ayol "Onalik shon-sharafi" ordeni bilan taqdirlangan. Agar bola 10 yoki undan ortiq bo‘lsa, u eng yuqori darajaga – Qahramon-Ona unvoniga sazovor bo‘lar edi. Ammo o‘shanda bolalar bog‘chalari va maktablarga joylashtirish masalalari ham boshqacha bo‘lgan. Bugungi kunda vaziyat biroz boshqacha. Ko‘p bolali oilalar odatiy ma’noda endi modada emas. Agar oilada uch yoki to‘rtta bola bo‘lsa, buning o‘zi ko‘p hisoblanadi", - deydi Aliya Yunusova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, har bir oila va har bir ota-ona o‘zi nechta bolani tarbiyalay olishi, kiyintirishi, poyabzal olib berishi va boqishini o‘zi hal qiladi. Zamonaviy dunyoda oilani rejalashtirish er-xotinlar uchun zarur va muhimdir.
"Endi biz shunday hulosa qilamizki, agar nikoh - erkak va ayolning ixtiyoriy birlashishi bo‘lsa, unda bu juftlikdagi har biri turmush o‘rtog‘i oldida, jamiyat oldida, davlat oldidagi o‘z mahsuliyatini bajarishi kerak", - dedi ombudsmen.
Asosiysi, uning fikricha, nikoh institutini mustahkamlash. Er-xotin bir yildan keyin ajrashib, o‘ziga yangi turmush o‘rtog‘i topish umuman muammo emasligini ochiqchasiga gapirsa, bu yahshi emas.
"Ammo bola nima bo‘ladi? Nega u azob chekishi kerak? Ishonchim komilki, birinchi navbatda, ota-onalar o‘z farzandlariga nikohga ongli qarashga va ularni ushbu muhim qadamga tayyorlashlari kerak", - deya xulosa qildi Aliya Yunusova.
Bu nuqtayi nazarda, asosiysi, oiladagi bolalar soni emas, garchi ko‘p bolali ota-onalar – bu yaxshi, balki kuchli nikoh munosabatlari, deya ishonadi huquqshunos.