Hodisalar

“Ichkilik qursin”: Toshkentda bolalar oʻz uyidan qochib ketishdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNovыy detskiy sad otkrыli v Sergeliyskom rayone Tashkenta.
Novыy detskiy sad otkrыli v Sergeliyskom rayone Tashkenta. - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Toshkentda spirtli ichimliklarga mukkasidan ketgan ota-onasi dastidan 11 yoshli bolakay va 8 yoshli qizaloq uydan qochib ketdi.

TOSHKENT, 23 fev — Sputnik. Toshkentda 11 yoshli oʻgʻil va 8 yoshli qiz  ichkilikka ruju qoʻygan ota-onasidan qasddan qochib ketdi.

Sobaka na ulitse brazilskogo goroda Belu-Orizonti posle navodneniya  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Baʼzi odamlardan yaxshiroq: Samarqandda it yangi tugʻilgan chaqaloqning hayotini saqlab qoldi

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabarida bildirilishicha,  16-fevral kuni Mirobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga ikki nafar voyaga yetmagan bolalarning otasi 36 yoshli Yevgeniy A. murojaat qilgan. Erkak 15-fevral kuni taxminan soat 8.00 da uning 11 yoshi oʻgʻli va 8 yoshli qizi uydan chiqib, nomaʼlum tomonga yoʻl olgani va qaytib kelishmaganini maʼlum qilgan. Koʻrilgan choralar natijasida bolalarni IIBB PPX xodimlari topib, ularni uylariga qaytarishgan.

Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, bolalar qasddan uydan qochib, qoʻshni uyning tomida spirtli ichimliklarga ruju qoʻygan ota-onasidan yashirinishar ekan. Bu borada qoʻshnilarning fikrlari oʻrganilgan.

Taʼkidlanishicha, hozirgi vaqtda ota-onalik huquqini cheklash masalasini hal qilish haqida hujjatlar toʻplami tayyorlanmoqda.

“Bolalar esa sud tomonidan ularning taqdirlari boʻyicha qaror qabul qilinguncha Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam markaziga joylashtirildilar”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0