Toshkentda Markaziy Osiyodagi yagona bolalar milliy tibbiyot markazi ishga tushdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Tashkente otkrilsya natsionalniy detskiy meditsinskiy sentr - foto
V Tashkente otkrilsya natsionalniy detskiy meditsinskiy sentr - foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yuqori texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan Markaziy Osiyoda yagona ushbu turdagi bolalar tibbiyot muassasasidir.

TOShKENT, 21-may — Sputnik. Toshkentning Yashnobod tumanida Bolalar milliy tibbiyot markazi barpo etildi. Shavkat Mirziyoyev ushbu muassasani borib ko‘rdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qiymati 130 million dollardan ziyod bo‘lgan mazkur markaz Koreya Respublikasi ko‘magida, “Baum” korporatsiyasi loyihasi asosida barpo etildi. Bu yuqori texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan Markaziy Osiyoda yagona ushbu turdagi bolalar tibbiyot muassasasidir. Bu yerda yiliga 1,5 mingdan ziyod noyob jarrohlik amaliyotlarini bajarish imkoniyati mavjud.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Tashkente otkrilsya natsionalniy detskiy meditsinskiy sentr - foto
Toshkentda Markaziy Osiyodagi yagona bolalar milliy tibbiyot markazi ishga tushdi - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente otkrilsya natsionalniy detskiy meditsinskiy sentr - foto

To‘rt qavatli davolash korpusi 280 ta o‘ringa ega, poliklinikada kuniga 250 nafargacha bemor qabul qilinadi. Markaz magnit rezonans tomografi, multispiral kompyuter tomografi, DNK analizatori hamda onkologik kasalliklarni bir necha yil oldin aniqlaydigan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Bu yerda faoliyat yuritish uchun 100 dan ortiq vrach va hamshiralar Janubiy Koreyada malaka oshirib qaytdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Tashkente otkrilsya natsionalniy detskiy meditsinskiy sentr - foto
Toshkentda Markaziy Osiyodagi yagona bolalar milliy tibbiyot markazi ishga tushdi - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente otkrilsya natsionalniy detskiy meditsinskiy sentr - foto

Jarrohlik amaliyoti uskunalariga maxsus kamera o‘rnatilgan bo‘lib, boshqa shifoxonalar va oliy ta’lim muassasalari operatsiyalarni onlayn tarzda ko‘rib turishi mumkin. Zamonaviy texnologiyalar orqali masofaviy tibbiy ko‘riklar hamda konsiliumlar tashkil etiladi, davolashning ta’sirchan usullari muhokama qilinadi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Tashkente otkrilsya natsionalniy detskiy meditsinskiy sentr - foto
Toshkentda Markaziy Osiyodagi yagona bolalar milliy tibbiyot markazi ishga tushdi - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente otkrilsya natsionalniy detskiy meditsinskiy sentr - foto

“Bu markaz - milliy boyligimiz. Bu yerda bolalarni malakali davolash bilan birga zamonaviy telemeditsina texnologiyalari asosida mamlakatimiz hududlarida ham yuqori sifatli tibbiy xizmatlarni tashkillashtirish kerak”, - dedi prezident.

Bolalar meditsinasi yo‘nalishida innovatsion izlanishlar olib borish, xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda murakkab jarrohlik amaliyotlari va yuqori texnologik muolajalarni tashkil etish, tibbiyot mutaxassislari malakasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yangiliklar lentasi
0