O‘zbekistonda bolalar 14 yoshdan ota-onalaridan aliment undirishlari mumkin

Obuna bo‘lish
Shuningdek, voyaga yetmagan shaxslar o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi masalalari yuzasidan davlat organlariga murojaat berishga haqli.

TOShKENT, 11 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 14 yoshga to‘lgan bola ota va onasidan aliment undirish huquqiga ega bo‘ldi. Bu O‘zbekiston prezidenti 10-mart kuni imzolagan 608-sonli qarorida belgilab qo‘yilgan.

Deti v modulnom detskom sadu - Sputnik O‘zbekiston
Bolalar boshlang‘ich ta’limga bepul va majburiy o‘qitiladi

Qonunga muvofiq, bola huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari belgilanishi munosabati bilan qator qonunlar va kodekslarga o‘zgartirishlar kiritildi.

Jumladan, Oila kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, oilada bolaning manfaatiga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda bola o‘z fikrini ifoda qilishga, shuningdek har qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama davrida so‘zlashga haqli.

Bunda qaror qabul qiluvchi organ va mansabdor shaxs bola manfaatiga taalluqli masalani hal qilishda bolaning fikrini, uning yoshidan qat’i nazar, ko‘rib chiqishi hamda bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqib qaror qabul qilishi kerak.

“Shuningdek, ota-ona va bola alohida yashagan taqdirda, vasiylik va homiylik organlari, shuningdek 14 yoshga to‘lgan bola bir vaqtning o‘zida ota va onadan voyaga yetmagan bolalarning ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga haqli”, - deyilgan hujjat matnida.

Shuningdek, voyaga yetmagan shaxslar o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi masalalari yuzasidan davlat organlariga, tashkilotlarga yoki ularning mansabdor shaxslariga mustaqil ravishda murojaat berishga haqli.

Yangiliklar lentasi
0