Analitika

Obama va Bayden "Rossiya fitnasi"da gumon qilinmoqda. Ikkovi qamalishi mumkin

© Sputnik / Stringer / Mediabankka oʻtishInauguratsiya 45-go prezidenta SSHA Donalda Trampa
Inauguratsiya 45-go prezidenta SSHA Donalda Trampa - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Kolumnist Ivan Danilov "Rossiya fitnasi" boʻyicha tergov ostida nima turgani haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

AQSH Bosh prokurori Trampning milliy xavfsizlik boʻyicha sobiq maslahatchisi general Maykl Flinni jinoiy javobgarlikka tortishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori, bu prezident maʼmuriyatining siyosiy raqiblari ustidan gʻalabasi va yana bir bor "Rossiya fitnasini tergov qilish" bitta katta feyk (soxta maʼlumot yoki hodisa – tahr.) ekanligini namoyishi.

Injener, predprinimatel, izobretatel i investor Ilon Mask - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Ilon Mask AQSH sobiq mehnat vazirini ruscha haqorat qildi

AQSH Demokratik partiyasi va Amerika amaldorlarining eng rusofobcha fikrlaydigan qismi talqiniga koʻra, Flinn goʻyo Tramp jamoasi va Rossiya hukumati oʻrtasidagi bogʻlovchi zanjirning bir halqasi boʻlgan va shuning uchun uning real oqlanishi (generalning oʻzi aybini ikki marta tan olib ulgurganiga qaramay) allaqachon prezidentlik saylovlari oldidan Amerika axborot maydonida mavjud boʻlgan butun anti-Rossiya gʻoyasi uchun kattagina muammo, garchi koronavirus fonida xiralashgan boʻlsa ham.

Ammo bundan ham muhimi, Amerika xavfsizlik hizmatlarining yangi rahbariyati oʻzlaridan oldingilarning arxivlarini ochganligi va unda Amerika xavfsizlik kuchlari va adliya tizimiga ishonadiganlar uchun bir nechta noxush xulosalar kelib chiqishi.

Birinchidan, FQB (Federal Qidiruv Byurosi-tahr.) va umuman "Rossiya fitnasi"ni tergov qilgan barcha tashkilotchilar dastlab hech qanday fitna yoʻqligini bilishgan va ular haqiqatan ham Tramp maʼmuriyatiga qarshi tergov davom ettirish uchungina mutlaqo aybsiz odamni qamashga urinishayotganini bilishgan.

Luna v den polnogo zatmeniya - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH Oyda qazib olish ishlarini oʻtkazish boʻyicha bitim tayyorlamoqda

Ikkinchidan, aniqlanishicha, Barak Obama va Jo Baydenning oʻzlari, shuningdek, amaldan ketayotgan prezident maʼmuriyatining boshqa vakillari ham ushbu sxemadan xabardor boʻlgan va Trampning qonuniy saylanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun noqonuniy tergovni qoʻllab-quvvatlashgan.

Shunday ham boʻlishi mumkinki, "Rossiya fitnasi"ning tergovi prezidentlik saylovida Bayden muvaffaqqiyatsizlik boʻlishi mumkin va agar omadi kelmay qolsa, Bayden va Obama Amerika josuslik va kontrrazvedka tuzilmalari rahbarlarining kattagina qatori bilan birga panjara ortiga ketishi mumkin.

Oxir oqibat, "Rossiya agenti"ning Oq uyga kirishiga yoʻl qoʻymaslik bahonasida amalga oshirilgan davlat toʻntarishiga urinish (tashkilotchilar uning agent emasligini avvaldan aniq bilishiga qaramay), baribir davlat toʻntarishiga urinishi boʻlib qolib, unga yuqori martabali xavfsizlik xodimlarini jalb qilinishini sud qoʻshimcha ogʻirlashtiruvchi omil deb topadi.

Konteynerы s nizkoobogaщennыm uranom dlya ispolzovaniya v kachestve topliva dlya yadernыx reaktorov v portu v Sankt-Peterburge - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
AQSH tinch atomda urush chiqarmoqchi

Britaniyaning The Times gazetasi, Tramp oʻzining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi uzridan qoniqishga tayyor emasligiga eʼtiborni bejiz jalb qilmayapti, bu ish bir necha yillardan beri AQSH prezidenti Amerika xavfsizlik kuchlarini nazorat qilmayotganining yaqqol isbotidir. Hozirda gap "Obamaning xavfsizlik kuchlari"ga qarshi janjalni va unga qoʻshimcha tarzda kelayotgan tergovni jamoat tekkisligiga oʻtkazish va buni aynan prezidentlik saylovoldi kampaniyasini yakuniga yetishiga amalga oshirishdadir. Ammo asosiy ayblov prokuratura tomonidan emas, balki AQSH prezidentining tvitterida chiqarilgan.

"Prezident Tramp, Barak Obama va uning vitse-prezidenti Jo Bayden "Rossiya tergovi"ga aniqlik kiritadigan hujjatlarni ochiqlash bahonasida amaldagi maʼmuriyatini "agʻdarib tashlash" uchun fitna uyushtirganini aytdi. Trampning bayonotlari Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan tergovidan soʻng FQB agentlari Flinni "tergovni hech qanday qonuniy asossiz" taʼqib qilgan degan xulosaga kelishganidan keyin, uning milliy xavfsizlik boʻyicha birinchi maslahatchisi Maykl Flinndan ayblovlarni olib tashlanishi fonida berildi. Janob Flinn FQBga yolgʻon gapirganida oʻz aybini tan oldi, ammo keyinchalik oʻz iqroridan voz kechdi", - deb yozadi The Times.

FQBning ezguligi va maxsus xizmatlarning siyosiy mustaqilligiga ishongan qonunparast amerikalik nuqtai nazaridan, AQSH Bosh prokurori Barr (Trampga sodiq) tomonidan oshkor qilingan hujjatlar shunchalik yovvoiy koʻrinadiki, Amerika moliyaviy matbuotining flagmani The Wall Street Journal oʻz oʻquvchilariga bu hujjatlar bilan shaxsan tanishishga taklif qiladi, chunki nashr tahririyati oʻquvchilar shunchaki quruq gapga ishonishlariga ishonchlari komil emas: “Biz Amerikada bunday boʻlishi mumkin emas deb oʻylaydigan oʻquvchilarga Adliya vazirligi tomonidan sudga taqdim etilgan hujjatlar bilan tanishib chiqishni maslahat beramiz. Unda FQB 2016 yil oxirida janob Flinn Rossiya bilan fitna uyushtirganiga oid hech qanday dalil yoʻqligi toʻgʻrisida hulosaga kelgani aytiladi".

Protivolodochnыy samolet Il-38N - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya Il-38 samolyoti AQSH harbiy kemasi oldidan uchib oʻtdi - video

Umuman olganda, FQB agentlarining qaydlaridan kelib chiqadiki, ular qiyin tanlov oldida turishgan: general Flinnni biron bir texnik noaniqlik uchun hibsga olish (hattoki biron bir telefon qoʻngʻirogʻi vaqtini yoki gumondor maʼlum bir kun kiygan galstukning rangini notoʻgʻri koʻrsatganlik fakti ham jinoiy taʼqib uchun yetarli) yoki haqiqatni aniqlash. Va FQB rahbariyati "generalni noaniqlikda tutib" uni prezidentga qarshi koʻrsatma berishga majburlashga ongli qaror qabul qildi.

The Wall Street Journal nashrida taʼkidlanishicha, maxsus prokuror Myuller generalning oilasi va uning oʻgʻlini moliyaviy halokatga olib kelishga tahdid qilishgacha (Amerika sudida FQBdan himoyalanish juda qimmat lazzatdir) bordi: "Va (generalning haqiqiy aybsizligi toʻgʻrisida) barchasini bilib olgan janob Myuller, maxsus prokuror boʻlganidan koʻp oʻtmay, janob Flinnga va oʻgʻliga tahdidlar bilan jinoiy taʼqib qilishni davom ettirib yurib, undan aybda iqrorni oldi".

General aslida oʻgʻlini qutqarish uchun aybni boʻyiniga oldi, lekin prezidentga tuhmat qilishdan bosh tortdi, garchi "Rossiya fitnasini tergovi" tashkilotchilari aynan shunga umid qilishgan.

Zotan, huddi shu elementlarning oʻzi "Rossiya fitnasi"ni tekshirishga qaratilgan barcha urinishlar shunchaki AQSH xavfsizlik kuchlarining Trampni Rossiya bilan hamkorlik qilish bahonasida lavozimidan chetlatishga urinishi ekanligini anglash uchun yetarli.

Ammo bu hali hammasi emas: aftidan, fitnada Barak Obama shaxsan ishtirok etgani aniqlandi, u oʻzining shaxsiy qiziqishi va operatsiyadan xabardorligi toʻgʻrisida hujjatli dalillarni qoldirgan, bu esa toʻntarishga urinish deb baholanishi mumkin.

Neftyanoy stanok-kachalka - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Rus-arab kuchi ostida AQSH inqilobi bostirildi va "tiz choʻkib turibdi"

Fox News xabar berishicha: "Prezident Obama 2016 yil dekabr oyida Milliy xavfsizlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Maykl Flinn va Rossiya elchisi Sergey Kislyak oʻrtasida boʻlib oʻtgan telefondagi suhbat tafsilotlaridan xabardor boʻlgan, bu esa Bosh prokuror oʻrinbosari Salli Yeytsni ajablantirganga oʻxshaydi. Bu payshanba kuni prokuraturaning Flinn ishini yopish toʻgʻrisidagi qarori kontekstidagi hujjatlardan kelib chiqadi.

Agar AQShning sobiq prezidenti folbin boʻlmasa, bu vaziyatning yagona mantiqiy izohi shundaki, Obamaning oʻzi, uning atrofidagilar va AQSH xavfsizlik kuchlari tarkibidagi "chuqurlikdagi davlat" vakillari bu toʻntarish rejasini birgalikda tayyorlashgan va birgalikda siyosiy raqiblarni, Tramp shtabi va uning maslahatchilarini noqonuniy ravishda kuzatib borishgan, birgalikda uning lavozimga kirishiga toʻsqinlik qilish uchun har qanday imkoniyatlarni qidirgan.

Va bu, ehtimol, Tramp oʻsha paytdaga prezidentni oʻz saylovoldi kampaniyasini kuzatib borish va sabotaj qilish uchun xavfsizlik kuchlaridan foydalanishda ayblaganida toʻliq haq boʻlganligini anglatadi ham.

Ushbu janjalning istiqbollari ravshan: agar siyosiy vaziyat talab qilsa, Obama, Bayden va Amerika kuch tuzilmalarining butun rahbariyati davlat toʻntarishida guvohlik berish uchun sudda boʻlishi mumkin, bu mavzu esa saylov kampaniyasining asosiy mavzularidan biriga aylanishi mumkin. Demokratik partiya bu yilgi saylov tsiklidagi ushbu janjaldan omon qolmasligi ham mumkin, amerikaliklarning oʻz kuch tuzilmalarining halolligiga boʻlgan ishonchi esa umuman puchga chiqadi.

Afsuski, bu holat Rossiya-Amerika munosabatlarini yaxshilay olmaydi - Rossiyaga qarshi sanktsiyalar "Rossiya fitnasi" uchun emas, balki geosiyosiy mulohazalardan kelib chiqib joriy qilingan. Ammo, hech boʻlmaganda, Vashington-Moskva liniyasidagi kelajakdagi muzokaralar, ayniqsa "Rossiya tergovi" tashkilotchilarining ayrimlari kamalgan taqdirda, ziddiyatlarsiz oʻtadi.

Yangiliklar lentasi
0