Jahon moliyaviy elitasining kun tartibini targ‘ibotiga ixtisoslashgan Britaniyaning nufuzli Financial Times nashri neft bozoridagi hozirgi vaziyatda hech bo‘lmaganda qandaydir ijobiy jihatni izlashga majbur bo‘lmoqda. Bundan tashqari, auditoriyaning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, shunchaki Rossiya iqtisodiyoti past narxlardagi neft narxidan aziyat chekayotganini e’lon qilish – bu yomon va yetarli emas, chunki Atlantikaning ikkala tomonidagi boy o‘quvchilarni geosiyosiy jihatlar faqatgina ularning hamonlari zarar ko‘rmagandagina qiziqtiradi va jalb qiladi.
Natijada, hatto Londonning yetakchi ommaviy axborot vositalari tahririyatidagi "gumanitar jingoizm" muxlislari ham bugungi kunda hammasi yomon kechayotganini tan olishlariga to‘g‘ri kelmoqda, ammo umuman olganda Amerika va hususan Amerikaning slanes sektori bir kun kelib Rossiya va Saudiya Arabistonidan o‘ch oladi. Financial Times talqinida hozircha vaziyat quyidagicha: amerika neft sanoatining slanes sektori juda katta azob-uqubatlar va tahqirlarni boshdan kechirmoqda, ammo kelajakdagi buyuklik haqida orzu qilmoqda.
"O‘sishi evaziga Trampga AQShning Yaqin Sharq neftiga qaramligini pasaytirish bilan maqtanishga imkon bergan va Eron va Rossiyadan energiya eksport qiluvchilarga qarshi sanksiyalarni qo‘llashga qo‘lini yechgan - neft sanoati slanes sektori hozirda tiz cho‘kmoqda", - deya ta’kidladi nashrning britaniyalik tahlilchilari. Shu zahotiyoq ular Vashington tomonidan berilayotgan davlat yordami vaziyatni tubdan o‘zgartiradi deb umid qilayotgan har bir kishining ishtiyoqini bir oz sovitadi, chunki "qandaydir (davlat- tahr.) ko‘mak muqarrar bo‘lib ko‘rinadi, ammo (yordam - tahr.) qanday shaklda bo‘lishidan qat’iy nazar, AQSh neft sektorining orqaga ketishi, so‘nggi yillarda uning o‘sishi kabi hayratomuz bo‘lishi mumkin".
Jurnalistlarning baholari ommaviy axborot vositalari vakillarining bo‘rtib chiqish va vahima qo‘zg‘ash tendensiyasiga yo‘yish mumkin, ammo xalqaro neft ishlab chiqaruvchi va neft savdosi kompaniyalarining vakillari neft bozorining istiqbollarini tasvirlash uchun undan kam bo‘lmagan hissiyotlardan foydalanmoqdalar. Bloomberg xabar berishicha: "Bu dushanba (Amerika birjalarida neft narxi salbiy bo‘lgan kun - tahr.) haqiqatan ham ishlab chiqarishni pasayishi kerakligi to‘g‘risida odamlarning e’tiborini jalb qildi", - dedi Ben Lakok, Trafigura Group neft savdo departamenti hamraisi, va "bularning barchasi jiddiy ekanligini tushunish uchun zarur bo‘lgan bozor yuziga zarba" ekanligini qo‘shimcha qildi.
Xulosa qilib aytganda, mutlaqo yaxlit ingliz-amerika sur’ati tasvirlanmoqda: slanes sanoati tiz cho‘kkan va uning yuziga urmoqda. Bunday vaziyatda optimizmni qanday topish mumkin? Optimizm uchun AQShning asosiy tahlil markazi - Council on Foreign Relations maxsus mutaxassislari bor. Financial Times Council on Foreign Relations neft bozori bo‘yicha ekspertning pozitsiyasini keltirmoqda:
"Agar Rossiya va Saudiya Arabistoni (Amerika - tahr.) slanetsini yopishi mumkin deb hisoblasalar, ular adashdilar, - deydi Emi Mayers Djaffe. – Ular qilishi mumkin bo‘lgan narsa – bu slanes kompaniyalari egalarini o‘zgartirishlari mumkin xolos".
Bu slanes kompaniyalarining bankrotligi ahamiyatga ega emasligi, ular shunchaki egalarini o‘zgartiradi degan juda mashhur pozitsiya, bu va endi eski qarzlar yukidan holi yangi mulkdorlar AQShning geosiyosiy manfaatlarini ilgari surish nomi bilan bozorni arzon neft bilan to‘ldirishda davom etishdan mamnun bo‘lishadi. Ushbu nazariya bilan bog‘liq muammo shundaki, yangi mulkdorlar – aynan muqaddam qarz berganlardir (banklar yoki investitsion kompaniyalaridan boshlab pensiya jamg‘armalarigacha), va aslida aynan shularning hisobiga "slanes inqilobi" sodir bo‘ldi. Aynan shu haqdorlarning pullari slanes olovida yoqib yuborilgan - hatto yuqori narxlardagi neft ishlab chiqarishda ham moliyaviy jihatdan samarasiz bo‘lgan qazib olishda. Endi ushbu haqdorlarga zararli konlar va agar ular ishlashni davom ettirsalar, o‘zlarining ko‘proq pullarini yo‘qotish istiqboli ham o‘tadi, ya’ni har bir ishlab chiqarilgan bochkaga ko‘rilgan zararlarga qo‘shimcha ravishda ziyon qo‘shadilar.
Slanes kompaniyalarining davomiy ishlashiga qarz beradigan kapital bozorlarida uncha aqlli bo‘lmagan investorlarning yana bir transhini topishga urinib ko‘rish mumkin, ammo buni amalga oshirish juda qiyin bo‘ladi: slanes istiqbollariga ishongan barcha uncha aqlli bo‘lmagan sarmoyadorlar unga sarmoya kiritib bo‘lgan - va aynan ular ommaviy bankrotlik jarayonida ushbu neft kompaniyalari aktivlari qoldiqlari egalari bo‘ladi. Agar "slanes imperiyalari" qoldiqlar, aniqrog‘i parchalarining egalari, yirik neft kompaniyalari bo‘lib qolsa - ularning amerikalik yoki xalqaro bo‘lishidan qat’i nazar, ular slanes ishlab chiqarishni ko‘paytirishi dargumon, chunki o‘z aksiyalarining narxi pasayib, egalarining dividendlari qisqartirilib bo‘lgan.
AQSh Energetika vazirligi axborot agentligi (EIA) ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil oxiriga kelib AQSh neftning netto-importchisi maqomiga qaytadi.
Ammo FT jurnalistlari neft narxining bir barrel uchun 80 dollarga ko‘tarilishini va AQShning slanes sektoridagi tirilishni optimistik ssenariy sifatida tasvirlashmoqda. Shuni tan olish kerakki, bu haqiqatan ham mumkin bo‘lgan ssenariy, faqatgina Ar-Riyod yoki Moskva uchun mag‘lubiyatning o‘ziga xos turi sifatida talqin qilinmasligi kerak, chunki bir barrel uchun 80 dollar narx - bu ham Rossiya, ham Saudiya Arabistoni va OPEKning boshqa mamlakatlari uchun juda qiziqarli va maqbul narx. Garchi OPEK+ kelishuvining tomonlariga hech qachon Amerika neft sanoatining ushbu segmentini aniq "yo‘q qilish" vazifasi qo‘yilmagan. Birovlarning puli hisobiga demping bilan shug‘ullangan va boshqa barcha qazib oluvchilarga ziyon yetkazgan, shu jumladan hatto slanes o‘yinlarida ishtirok etmagan yirik amerika kompaniyalarni yo‘lga solish (yoki bozordan chiqarib yuborish) vazifa bo‘lgan. Qaysidir ma’noda, "yo‘lga solish" ish bermadi, biroq "chiqarib yuborish" varianti, to‘g‘ridan to‘g‘ri, jismoniy ma’noda - hozircha yaxshi davom etmoqda. Texasning asosiy Houston Chronicle gazetasi yozishicha, "Texasdagi neft quduqlarining buyuk o‘chirish boshlandi".
Biroq, amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, agar joriy inqiroz yetarli bo‘lmasa, bozor slanes kompaniyalari yuziga o‘zining eng qattiq zarbasini takrorlashi mumkin. Ularning bugungi kundagi bardoshlilik darajasi bir oy oldin qilingan bayonotlarga umuman to‘g‘ri kelmasligini yaqqol ko‘rsatmoqda.
Ehtimol, Amerika slanetsi inqiloblardan ozgina dam olib, boshqa neft qazuvchilar uchun qulay narxlar o‘rnatilganda bozorga qaytishiga to‘g‘ri keladi.