AQSh Oyda qazib olish ishlarini o‘tkazish bo‘yicha bitim tayyorlamoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishLuna v den polnogo zatmeniya
Luna v den polnogo zatmeniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oydagi resurslarni qazib olish bo‘yicha loyiha Artemis Accords deb nomlanadi. Qo‘shma Shtatlar bu loyihada ishtirok etish uchun Yevropa Ittifoqi davlatlari, Kanada, Yaponiya va BAAni taklif etmoqda.

TOShKENT, 6-may – Sputnik. Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Oyda qazilma ishlarini olib borish to‘g‘risida yangi halqaro bitim loyihasini tayyorlamoqda, shartnoma Artemis Accords, deb nom oladi. Bu haqda RIA Novosti Reyter agentligiga tayangan holda xabar bermoqda.

Donald Tramp Oyni xususiylashtirmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Trampning Oyni o‘zini qilib olish farmoniga qanday munosabat bildirdi – video

Agentlik taqdim etayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Artemis Accords deb nom olgan bitim Oydagi bo‘lg‘usi bazalar atrofida "xavfsizlik zonalarini" tashkil etishni nazarda tutadi. "Bu bevosita bazalar atrofida ish olib borayotgan raqobatchi davlatlar yoki kompaniyalarga zarar yetkazilishining oldini olish uchun" amalga oshirilmoqda.

Bitimga ko‘ra Oydagi tabiiy boyliklarni  qazib olish bilan shug‘ullanadigan qazilma ishlari bilan shug‘ullanuvchi-kompaniyalar ushbu resurslarning egalariga aylanadi.

Tramp Amerika kosmosda najot topishiga ishonadi >>>

Amerikalik mansabdor shaxslar bir necha hafta ichida ushbu bitimni Kanada, Yaponiya, YeI davlatlari, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari singari davlatlar bilan rasman muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Rossiya dastlabki bosqichda ushbu davlatlar orasida bo‘lmaydi - bu holat "Pentagon Rossiya sputniklarining "xatarli" manevrlari tufayli Moskvani "dushman" mamlakat" sifatida ko‘rayotgani bilan bog‘liq. Shu bilan birga gap allaqanday "hududiy e’tirozlar" haqida borayotgani yo‘q.

Insoniyat qachon Marsni mustamlaka qilib oladi >>>

NASA o‘tgan Artemis deb nomlangan Oy dasturi loyihasi haqida e’lon qilgan bo‘lib, u 3 bosqichdan iborat bo‘lishi aytilgan edi. Dasturning so‘nggi bosqichi astronavtlarni Oyga olib borib, tushirishni ko‘zda tutadi.

Yangiliklar lentasi
0