AQSh tinch atomda urush chiqarmoqchi

© AP Photo / Dmitry LovetskyKonteyneri s nizkoobogashennim uranom dlya ispolzovaniya v kachestve topliva dlya yadernix reaktorov v portu v Sankt-Peterburge
Konteyneri s nizkoobogashennim uranom dlya ispolzovaniya v kachestve topliva dlya yadernix reaktorov v portu v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vashington xalqaro atom energiyasi bozorida yetakchi bo‘lish uchun Rossiyani ushbu sohadan siqib chiqarish strategiyasini ishlab chiqdi. U birdaniga to‘rt yo‘nalishda harakat qilmoqchi.

TOShKENT, 29 apr - Sputnik, Maksim Rubchenko. Vashington xalqaro atom energiyasi bozorida yetakchi bo‘lish uchun Rossiyani ushbu sohadan siqib chiqarish strategiyasini ishlab chiqdi. Ular birdaniga to‘rt yo‘nalishda harakat qilishmoqchi. RIA Novosti materialida aynan qanday choralar ko‘zda tutilgan va ushbu rejalarni amalga oshirilishi qanchalik haqiqatga yaqin.

S podvodnogo kreysera Yuriy Dolgorukiy zapustili chetire raketi Bulava po poligonu Kura - Sputnik O‘zbekiston
AQSh kam quvvatli atom zaradlarini suv osti kemalariga o‘rnata boshladi

Ruslar kelmoqda

"So‘nggi bir necha o‘n yilliklar davomida AQShning yadro energetikasidagi sanoat bazasining pasayishi milliy manfaatlar va milliy xavfsizlikka xavf ostiga qo‘ydi", - deydi AQSh Energetika vaziri Den Bruyett.

Uning vazirligi tomonidan tayyorlangan hujjatda, hukumat chet elda uranni boyitishga bo‘lgan qaramligini tugatishni va Rossiyaning davlat kompaniyalari ustunlik qiladigan bozorlarga chiqishni rejalashtirayotgani ta’kidlangan.

"Rossiya reaktorlar bo‘yicha 133 milliard dollarlik tashqi buyurtmalarga ega bo‘lgan holda dunyo bo‘ylab iqtisodiy va tashqi siyosiy ta’sirini kuchaytirmoqda. Moskva 19 mamlakatda 50 dan ortiq reaktor qurilishini moliyalashtirmoqchi", - deb ta’kidlaydi hujjat mualliflari.

Bomboubejishe - Sputnik O‘zbekiston
Atom bombadan yashirinish joyining ichi qanaqa

Keyingi o‘n yil ichida jahon atom reaktorlari bozori 500-740 milliard dollarga baholanmoqda, ya’ni juda katta mablag‘lar tikilgan.

Energetika vazirligi to‘rt yo‘nalishda harakat qilishni taklif qilmoqda.

Birinchisi "uran qazib olish va qayta ishlash quvvatini oshirish va butun yadro yoqilg‘isi siklini tiklash". 2021-yil budjetida AQShda qazib olingan uranni sotib olish va yadro materiallari davlat zaxirasini shakllantirish uchun 150 million dollar mablag‘ ajratilishi kerak.

Vakolatlar yetishmaydi

Boshqa ikkita yo‘nalish - "yangi avlod yadroviy texnologiyalarida AQSh yetakchiligini kuchaytirish uchun Amerika texnologik yangiliklari va investitsiyalaridan foydalanish" va "atom energiyasini qazib oluvchi kompaniyalar, yoqilg‘i sikli ishtirokchilari va reaktorlarni yetkazib beruvchilarning jadal rivojlanishini ta’minlash".

Glava agentstva Uzatom Jurabek Mirzamaxmudov  - Sputnik O‘zbekiston
Respublika ilk atom stansiyasining yakuniy qiymati aniqlashtirilmoqda

Noaniq tushuncha va atamalar Rossiyadan yadroviy sohadagi texnologik qoloqlikni bartaraf etish nolga yaqin ekanligi haqidagi haqiqatni yashirish uchun mo‘ljallangan. O‘z vaqtida bunga Rosatom katta hissa qo‘shdi.

80-yillarning o‘zidayoq Amerika yadro sanoati muammolarga duch keldi. Tarixan shunday bo‘lganki, AQShda uran samarasiz va qimmat gaz-diffuz texnologiyasidan foydalangan holda boyitilgan, SSSRda esa elektr energiyasi 50 baravar kam sarflanadigan sentrifugalarda.

Shu sababli, Sovuq urush tugashi bilanoq, amerikaliklar 12 baravar arzonroq bo‘lgan Rossiyaning boyitilgan uraniga o‘tdilar. 1987-yilda sovet "Texsnabeksportom" tomonidan boshlangan eksport doimiy ravishda o‘sib bordi.

Sovetlarning kam boyitilgan uranining ortiqchasi tezda tugadi, ammo Sovet atom qurollari arsenalining qisqartirilishi natijasida Rossiyada demontajlangan yadro qurolidan chiqarib olingan 500 tonna keraksiz jangovar (yuqori darajada boyitilgan) uran vujudga keldi. Uni "suyultirib", Amerikaning atom elektr stansiyalari uchun yoqilg‘iga aylantirish g‘oyasi paydo bo‘ldi.

Maket AES  - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risida qonunni imzoladi

1994 yilda Rossiya va AQSh besh yuz tonna jangovar uranni elektr stansiyalari uchun yoqilg‘iga aylantirish to‘g‘risida shartnoma imzoladilar (talluqli texnologiya Ural elektrokimoviy kombinat mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan). 2013-yilda yangi shartnoma imzolandi – bu safar Rossiyada Amerika uranini boyitish bo‘yicha.

Lekin, yuridik qiyinchilik tug‘ildi: AQShdan Rossiyaga tabiiy uran yetkazib berish Amerika qonunlari bilan taqiqlangan. Vashingtonlik amaldorlar yorqin yechimni topdilar: ular Rosatom tomonidan Avstraliya, Kanada,  Qozog‘iston, JAR, Tanzaniyada konlarni ishlab chiqaruvchi Kanadaning Uranium One kompaniyasini sotib olinishini tashkil etdilar.

Natijada, Rosatom nafaqat cheklovlarni chetlab o‘tib, AQSh bilan savdo qilish kanalini, balki ulkan xom ashyo bazasini ham qo‘lga kiritdi.

Generalniy direktor gosudarstvennoy korporatsii po atomnoy energii Rosatom Aleksey Lixachev - Sputnik O‘zbekiston
Lixachov: xalqaro atom loyihalar O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishiga qo‘shimcha impuls beradi

Bundan tashqari, bir necha o‘n yillar davomida "Texsnabeksport" Amerika atom stansiyalarining uranni boyitish xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojining asosiy qismini ta’minlaganligi bilan bir qatorda amerikaliklar deyarli tegishli vakolatlarini ham yo‘qotdilar. Va Westinghouse korporatsiyasi reaktorlar uchun yoqilg‘i zaxiralarini yoki URENCO Britaniya-Germaniya-Gollandiya konsernidan sotib olingan Yevropa urani bilan, yoki "Texsnabeksport" tomonidan yetkazib beriladigan Rossiya hom-ashyosi bilan to‘ldirishga majbur.

Shubhasiz, yadro yoqilg‘isi bilan to‘liq o‘z-o‘zini ta’minlashga o‘tish uchun davlatlar ko‘p vaqt va mablag‘ sarflashlari, ko‘p muammolarni hal qilishlari kerak, shu jumladan nafaqat texnik muammolarni.

Ulardan biri, masalan, uran qazib olish - ekologik toza bo‘lmagan, juda katta miqdorda zaharli kimoviy moddalardan foydalanadigan ishlab chiqarishdir. Shunday qilib, Energetika vazirligining rejalarini amalga oshirish, albatta, aholi va yashil harakatlar noroziliklariga duch keladi.

Qimmat "ozodlik atomi"

Shu sababli, Amerika strategiyasining asosiy yo‘nalishi - "tinch atom texnologiyalari eksportiga" umumdavlat yondoshuvni" amalga oshirilishini ta’minlaydigan to‘rtinchisi. Oddiy qilib aytganda, Vashington o‘z yadroviy reaktorlarini bugungi kunda suyultirilgan gazni o‘tkazayotgan usullar kabi - Rossiya bilan hamkorlik qilishga qaror qilgan davlatlar va kompaniyalarga nisbatan diplomatik bosim va sanksiyalar orqali ilgari surmoqchi.

Adolf Gitler - Sputnik O‘zbekiston
Gitler nima uchun atom bombasini yarata olmadi

Bu yerda, gaz sohasida bo‘lgani kabi, amerikaliklar o‘zining ishonchli vassallari - Polsha va Ukrainaga ikkilanmasdan ishonishlari mumkin. Kiyev va Varshava allaqachon STG uchun ko‘p yillik shartnomalar tuzgan va Vashingtonga atom energiyasini ham osongina berib qo‘yadi.

Amerikaning yoqilg‘i uskunalari allaqachon Janubiy Ukraina va Zaporojye AESlarida joylashtirilgan, o‘tgan yilning sentabr oyida esa Ukrainaning "Energoatom" kompaniyasi  Westinghouse bilan boshqa atom stansiyalari bo‘yicha memorandum imzoladi.

Kuzda Polsha kelgusi o‘n yillikda oltita yadroviy reaktorni qurish istagini bildirdi va aynan amerikaliklar bu buyurtmalarni olishlariga shubha qilmasa ham bo‘ladi.

Rovenskaya atomnaya elektrostansiya v Kuznetsovske. - Sputnik O‘zbekiston
Dunyo atom elektr stansiyalari – falokatlar, o‘tmish va hozirgi holat

Bundan tashqari, siyosiy taziyqdan foydalanib, Vashington Saudiya Arabistonida atom elektr stansiyasini qurish to‘g‘risida buyurtmani olishiga erishishi mumkin. Ar-Riyod tender o‘tkazmoqda va uning ikki turi natijalari bo‘yicha Rosatom yetakchilik qilmoqda. Ehtimol, aynan shu narsa Amerikani shoshilinch ravishda yadro sohasida Rossiyani ushlab turish muammosiga e’tiborini qaratishga undadi.

Siyosiy bosimsiz AQShda yangi strategiyasini amalga oshirish imkoniyati yo‘q, chunki Rosatom har jihatdan raqobatda kuchli. Bunga Ukrainaning misolida amin bo‘lish qiyin emas.

Importgenius xalqaro eksport-import saytidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili Westinghouse AES uchun yoqilg‘i moslamalarini Energoatomga har bir donasi 996 ming dollardan sotdi. Shu paytning o‘zida, Rosatom Xmelniskiy AESga moslamalarni 675 mingdan yetkazib berdi - bu deyarli uchdan bir qismga arzonroq.

Maket AES - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Senati tinch atom to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Shu bilan birga, Westinghouse yetkazib beradigan uranning boyitilishi ko‘rsatkichi 3,48-3,82%, TVELda esa - 3.99-4.38%, ya’ni Rossiyada yig‘ilgan moslamalar ancha kuchliroq ham. Hatto G‘arb mutaxassislari ham "Rosatom"ning ustunligini tan olishadi.

"Rossiyaning yadro texnologiyalari haqida gap ketganda, ular eng ishonchli va sinahta, - deb ta’kidlaydi Buyuk Britaniya Parlamentining Energiya va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha maxsus Qo‘mitasi raisi Tim Yeo. – Shu bilan birga,rossiyaliklar yetkazib berish zanjirini mahalliylashtirish imkoniyatlarini ham ilgari surmoqda, shuningdek, xodimlar va operatorlar uchun to‘liq o‘rgatish dasturini ham taqdim qilmoqda. Boshqa ta’minotchilar bunday xizmatlar paketini taklif qila olmaydi".

Vashington pul ishlashni xohlaganida, bunday "mayda-chuyda narsalarga" kim ham e’tibor qiladi, sodiq yo‘ldoshlar esa, Moskvani g‘azablantirish yo‘lida, har qanday zararlarga tayyor.

Yangiliklar lentasi
0