Rossiya Il-38 samolyoti AQSh harbiy kemasi oldidan uchib o‘tdi - video

© Sputnik / Aleksandr Tarasenkov / Mediabankka o‘tishProtivolodochniy samolet Il-38N
Protivolodochniy samolet Il-38N - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Il-38 samolyoti USS George Washington (CVN-73) harbiy kemasi yaqinidan o‘chib o‘tdi. Fighterbomber bu haqda video rolik tayyorladi.

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Fighterbomber YouTube kanalida AQShning samolyotlar uchun mo‘ljallangan USS George Washington (CVN-73) harbiy kemasi yaqinida Rossiyaning Il-38 samolyoti parvozi aks etgan video paydo bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, AQSh qiruvchilari Il-38 samolyotini kemaga 30 km masofada to‘xtatib qolishga muvaffaq bo‘lgan. Bu Rossiya samolyotining USS George Washington kemasiga yaqinlashishiga to‘sqinlik qilmadi.

Il-38 samolyoti - soatiga 650 kilometr tezlikka qodir bo‘lgan sovet va Rossiya o‘rta masofali kemalarga qarshi samolyotlar.

USS George Washington — Amerikaning “Nimis” tipidagi samolyot tashuvchi atom kemasi hisoblanadi. Kema bortida olti mingdan ortiq kishi va 90 tagacha samolyot va vertolotlar joylashishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0