G‘arb OAVlari G‘alaba haqida 75-yil oldin va bugun qanday yozmoqda?

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishVeteran Velikoy Otechestvennoy voyni Grigoriy Antonovich Vakulishin
Veteran Velikoy Otechestvennoy voyni Grigoriy Antonovich Vakulishin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Rossiya Segodnya" xalqaro axborot agentligi G‘arb nashrlarining Rossiyaning G‘alabada tutugan o‘rni haqida 1945-yilda va hozirgi kunda chop etayotgan maqolalarini qiyosladi.

"Rossiya Segodnya" xalqaro axborot agentligi Rossiyaning G‘arbga nisabatan o‘zining eng katta jinoyatlarini qachon amalga oshirganini aniqladi, deb yozadi Viktor Maraxovskiy.

Prazdnichnoe meropriyatie, posvashennoe Dnyu Pamati i Pochestey v Tashkentskom botanicheskom sadu - Sputnik O‘zbekiston
AQSh G‘alaba tarixini o‘zgartirishga qaratilgan soxta dasturlarni amalga oshmoqda

Bir qarashda, savolning o‘zi g‘alati eshitiladi. Shunga qaramay, shubhasiz: Yevropada so‘nggi urush 1939-1945 yillarda sodir bo‘lgan, ehtimol SSSR shu davrda barcha yomon ishlarni qilganligi uchun bizni yomon va qat’iy ayblab kelishayotgandir?

Ammo yo‘q.

Agar biz 1945-yil may oyida G‘arbning yetakchi ommaviy axborot vositalarida Rossiyani esga olinishini qayta ko‘rib chiqsak, Sovet davlatining sivilizatsiya oldida jiddiy aybi yo‘qligini ko‘ramiz. Aksincha, bu yerda Qizil Armiya va rus askariga ommaviy hurmat, minnatdorlik va hayrat hukmronlik qiladi.

"Rossiya Segodnya" mutaxassislari G‘arbning muhim nashrlarida - "The Times" (Buyuk Britaniya), "Le Monde" (Fransiya) va "The New York Times" (AQSh) 1945-yil may oyidaga barcha maqolalarni, va keyin esa huddi shu nashrlarda so‘nggi 20-yil ichida nashr etilgan SSSRning urushda tutgan o‘rni haqidagi maqolalarni batafsil o‘rganib chiqdilar.

Farqi hayratlanarli.

1945 yil gazetalariga nazar tashlasak, ko‘ramiz:

© RIA Novosti Rossiya Segodnya sravnila zagolovki zapadnix gazet
Rossiya Segodnya sravnila zagolovki zapadnix gazet - Sputnik O‘zbekiston
1/3
Rossiya Segodnya sravnila zagolovki zapadnix gazet
© RIA Novosti Rossiya Segodnya sravnila zagolovki zapadnix gazet
Rossiya Segodnya sravnila zagolovki zapadnix gazet - Sputnik O‘zbekiston
2/3
Rossiya Segodnya sravnila zagolovki zapadnix gazet
© RIA Novosti Rossiya Segodnya sravnila zagolovki zapadnix gazet
Rossiya Segodnya sravnila zagolovki zapadnix gazet - Sputnik O‘zbekiston
3/3
Rossiya Segodnya sravnila zagolovki zapadnix gazet
1/3
Rossiya Segodnya sravnila zagolovki zapadnix gazet
2/3
Rossiya Segodnya sravnila zagolovki zapadnix gazet
3/3
Rossiya Segodnya sravnila zagolovki zapadnix gazet

Le Monde: "Buyuk rus ittifoqchisining hissasi bebahodir: uch yil davomida aynan Rossiya tomoni vermaxtning barcha bosimlariga dosh berdi".

9-may, Times, Uinston Cherchill: "Ertaga biz jang maydonidagi mahorati bilan umumiy g‘alabaga asosiy hissa qo‘shgan rus o‘rtoqlarimizga alohida hurmat bajo keltiramiz. <...> shu kuni G‘arb xalqlari qanchadan-qancha umrlarni qurbon qilib, vayronagarchiliklarga duchor bo‘lib, butun Birlashgan Millatlarning eng og‘ir yukini o‘z zimmasiga olgan yengilmas ittifoqdosh Rossiya oldida fahr bilan ehtirom bildiradi".

Kursantki Voyennogo universiteta ministerstva oboroni RF na voyennom parade, posvashennom 73-y godovshine Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne - Sputnik O‘zbekiston
SSSR va Rossiyada G‘alaba paradlari qanday o‘tkazilgan

Va hatto:

10 may, NYT: "Reyxdagi sovet siyosati (ya’ni Germaniyaning bosib olingan hududlarida tinch aholiga nisbatan - tahr.) liberal deb hisoblanadi".

Shunisi ajablanarliki, biz asosiy harbiy jinoyatlarimizni so‘nggi yillarda sodir etdik.

Yo‘q, albatta, hammasi o‘nlab yillar davomida o‘sib bordi. Cherchillning Fulton nutqi buyuk rus ittifoqchisi Yevropaga kirib borayotgan mudhish bulutga aylantirilgandan so‘ng, Sovet Ittifoqi fashistik zulmatga qarshi nur kuchlari koalitsiyasining to‘liq a’zosi sifatida G‘arbiy koinotda qola olmay qoldi.

Ammo Qizil Armiyani natsizm umurtqasini sindirgan qahramon ozod qiluvchilar armiyasidan bitta oddiygina sababga ko‘ra zo‘ravonchi-qulga aylantiruvchi armiyasiga aylantirish imkonsiz edi: urush qatnashchilari, besh yil davomida urushdan aziyat chekkan urush zamondoshlarining aksariyati hali tirik edi. 1940, 1960 va hatto 1980-yillarda fransuzlar, asosan Germaniya istilosini yaxshigina eslay oladiganlar bo‘lgan. 1970-1980 yillardagi inglizlar hali ham yillar davomida tarang sukutda radioni tinglashgan va Germaniya bombardimonlari va raketa hujumlaridan qochishgan o‘sha-o‘sha inglizlar edi. Va hatto aksil-kommunizmning tayanchi bo‘lmish AQShda - asosiy rusofoblar qasos olinishidan dunyoning narigi chetiga qochgan gitlerchi-kollaboratsionistlar bo‘lgan, ular bilan yonma-yon esa natsizmdan qochgan yuz minglab, agar millionlab bo‘lmasa yahudiylar yashagan, ular uchun Aushvisga hujum qilgan Sovet askarini yovuzlikda nihoyatda hurmatsizlik bo‘lar edi.

Kadr iz filma Ti ne sirota. Rejisser: Shuxrat Abbasov. Kinostudiya Uzbekfilm. 1962 god. V roli materi - aktrisa Lyutfi Sarimsakova, v roli otsa - artist Obid Djalilov. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek diplomatlarining G‘alaba yubileyiga bag‘ishlangan videosi rossiyaliklarni yig‘latdi

Shuning uchun, dunyo yilnomalaridagi "noma’qul qahramon" - rus askarining mavjudligini o‘nlab yillar davomida asta-sekin, yarim darajadan o‘zgartirib borishga to‘g‘ri keldi. 

Urushning har bir sahnasi yangidan chizib chiqilishi batalon suratining oldingi qatoriga yangi timsollarni qo‘shib qo‘yish, keraksiz sahnalar va voqealarni o‘chirib tashlash yoki chuqurroqqa siljitib yuborish – qandaydir jiddiy hodisa fonida sodir bo‘ldi.

Qaysi urush Polshadan boshlangan?

1980 yillarda, hali ham sotsialistik Polsha tizimlar o‘rtasida katta kurash sahnasiga aylanganda (polyaklar demokratiyani talab qilmoqda, polyaklar qatag‘onga qarshi norozilik bildirdi, Gdansklik elektrik Lex Valensa Nobel tinchlik mukofotiga sazovor bo‘ldi), harbiy suratda orqa qatorlardan Molotov-Ribbentrop bitimi va Katin birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Shu bilan birga, Polsha "Germaniyaning birinchi qurboni" deb e’lon qilindi - bu Germaniya Polshadan bir yil oldin Vengriya bilan birga vayron qilgan chex va slovaklarni hayratga soldi.

Pamatnie moneti (SShA) - Sputnik O‘zbekiston
Kim tarixni buzib ko‘rsatishga harakat qilmoqda?

90-yillarning boshlarida, Germaniya birlashib Sovet qo‘shinlarini o‘z hududidan olib chiqish talab qilganida, alohida olingan konyunkturali boshdan "ikki million zo‘rlangan nemis ayollari" sehrli raqam paydo bo‘ldi. Ushbu son negizida allaqanday iddaolardan tashqari hech qanday fakt keltirilmagan va hozirgacha yo‘q. Lekin ushbu ahmoqona iddaolar Urushning asosiy baholashga aylanib bormoqda. Ular seluloidda quyilib yuzlab kitoblarda va minglab maqolalarda qayd etilmoqda.

90-chi yillar oxiri – nolinchi yillarda, sobiq Sovet Ittifoqi Boltiqbo‘yi davlatlarini NATO va Yevropa Ittifoqi tomonidan yutib yuborilishi va potensial xavfli mahalliy rus tilida so‘zlashuvchilarni yo‘q qilar ekan, G‘arbiy ommaviy axborot vositalarida sayr uchun qullangan Boltiqbo‘yi haqida safsata tarqatildi.

Va 2010-yillarning ikkinchi yarmiga kelib, Ukraina to‘ntarishi va Qrimning qaytarilishi bilan, noqulay qahramon - rus askarini urush suratidan butunlay yo‘q qilish uchun mukammal informatsion muhit paydo bo‘ldi.

Bundesver ofitseri - Sputnik O‘zbekiston
Nemis siyosatchilari: Rossiya chegarasiga askarlarni yuborapmizmi, demak, tarixni unutibmiz

Bu aksiya AQShning Serbiyadagi elchisi Maykl Kirbining 2014-yilda va Polsha tashqi ishlar vaziri Gjegoj Sxetinaning "Aushvisni ruslar emas, balki Birinchi Ukraina fronti (ha, huddi o‘sha qo‘shinlari butun SSSR bo‘ylab yig‘ilgan va nomi, tabiiyki, janglar yo‘nalishi bo‘yicha nomlangan) ozod qilinganligi to‘g‘risida" bayonotlari bilan boshlandi. Le Monde gazetasining birdaniga yettita nashri shu mavzuga bag‘ishlandi ("ruslar Aushvis Qizil Armiyaning ukrain askarlari tomonidan ozod qilingani" to‘g‘risida bayonotlardan haqoratlandi").

Bu safsatani eng yuqori cho‘qqisini esa shu qishda Osvensimning ozod qilinishining 75-yilligini nishonlash paytida, AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens o‘zining tantanali nutqida amerikalik askarlarni (u yerda umuman bo‘lmagan) qo‘shib o‘tganida, aslida yuzlab askarlar qoni bilan lagerni ozod qilgan sovet askarlarini esa umuman tilga olmaganida eshitdik.

"O‘tmish har doim hozirgi zamonga bog‘liq"mi ?

Oddiy qilib aytganda, yillar o‘tishi bilan urush tasvirini o‘zgartirish yanada keskin tusga kirmoqda, chizmalar yanada qat’iylashmoqda. Guvohlar deyarli yo‘q - 1945-yildagi bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilari bugungi kunda 80 yoshda. NYT nashrida Germaniyadagi sovet askarlarini mahalliy aholiga bo‘lgan liberalligi uchun maqtaganini eslaydigan hech kim yo‘q. Va 75-yil o‘tgach, G‘arbiy yilnomada Ikkinchi Jahon urushi asosan quyidagi voqealarni o‘z ichiga oladi:

1) Molotov-Ribbentrop bitimi, Polsha va Katinning ikki marta ishg‘ol bo‘lishi;

2) Fransiyaning ishg‘oli va Britaniya uchun urush;

3) Xolokost va Porl-Xarbor;

4) Normandiyagi qo‘nish, Afrika kampaniyasi va Ivodzima;

5) G‘arbiy Yevropaning shafqatsiz natsistlardan ozod qilinishi va Sharqiy Yevropani shafqatsiz ruslar tomonidan bosib olinishi.

Shuning uchun, agar 1945-yilda yetakchi G‘arb ommaviy axborot vositalarida SSSR haqida salbiy ma’lumotlar juda kam miqdorda qisqa-qisqa keltirilgan bo‘lsa, endi ular munozaralarning asosiy mavzusi va o‘tmish tasvirini shakllantirmoqdalar.

Bularning barchasi Vallerstaynning "o‘tmish har doim hozirgi zamonga bog‘liq" degan konsepsiyasiga to‘liq mos keladi.

Ikki xil tarix

Ammo yaxshi yangiliklar ham bor. O‘tmish pultinining G‘arblik egalari, hukumatlar va elitalar – allaqachon buyuk urush tasviridan o‘zlariga yoqmagan narsalarni o‘chirib tashlab, maqbul narsalarni qo‘shib oldilar.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin MDH rahbarlariga yo‘llagan tabrikda tarixni yangilashga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi

Ular yaratayotgan o‘tmish tasvirlari bizning shaharlarimiz va obidalarimiz, ommaviy qabrlar va yodgorliklar, memuar va kinofilmlar, tilimiz va madaniyatimiz yodida turganidan juda farq qiladi - bular shunchaki ikki xil tarix.

Xotiramizni ehtiyotkorlik bilan ilg‘or qayta ishlangan ijod bilan almashtirishning faqat bitta yo‘l bor – bronzadan yasalgan marshal Konevni jasorat bilan mag‘lubiyatga uchratgan Praga siyosatchilarining misoliga taqlid qilib, mamlakatimizni yo‘q qilish va xotiramizni jismoniy o‘chirib tashlash.

Ammo G‘arbning ilg‘or "haqiqat lordlari" ushbu yo‘nalishda 80-yil avval ish boshlagan Gitlerdan ko‘p muvaffaqiyat qozona olmayapti, degan fikr ham yo‘q emas.

Yangiliklar lentasi
0