Dunyoda

AQSH Gʻalaba tarixini oʻzgartirishga qaratilgan soxta dasturlarni amalga oshmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrazdnichnoye meropriyatiye, posvyaщennoye Dnyu Pamyati i Pochestey v Tashkentskom botanicheskom sadu
Prazdnichnoye meropriyatiye, posvyaщennoye Dnyu Pamyati i Pochestey v Tashkentskom botanicheskom sadu - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
AQSH Ikkinchi jahon urushida oʻz oʻrnini boʻrttirib koʻrsatish va Qizil Armiya va Sovet Ittifoqi xalqlari rolini kamsitishga urinishda davom ettirmoqda. Navbatdagi ana shunday soxta tadbir Vengriyada qayd etildi.

TOSHKENT, 1 may - Sputnik. Rossiyaning AQShdagi elchixonasi Vashingtonni Ulugʻ Vatan urushi gʻalabasi tarixini oʻzgartirishga qaratilgan soxta tarixiy dasturlarni amalga oshirishdan voz kechishga chaqirdi.

Vladimir Putin: Rossiya vыstupayet protiv militarizatsii kosmosa - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Ikkinchi jahon urushi tarixini buzib koʻrsatishga urinish holatlari davom etmoqda - Putin

Bunga sabab Vengriyadagi shunday dasturlardan birining shartlari Amerika diplomatik vakolatxonasining saytiga joylashtirilganligi boʻldi. RIA Novosti xabariga asosan. 

Ikkinchi Jahon urushidagi Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan Davlat Departamentining grantlarini taqdim etuvchi tanlovining tavsifida, potentsial daʼvogarlarga aniq odamlarning hikoyalari va ogʻzaki dalillariga asosslanib, "insonparvarlik va qarshilik aktlari, shuningdek, Xolokost, Ikkinchi Jahon urushi va Sovet Ittifoqi zolimligi ostidagi davrda shafqatsizlik va hamkorlikka bagʻishlangan narsalar toʻgʻrisida oʻylash taklif etiladi" deyilgan.

"Buyuk Gʻalabaning 75 yilligida Davlat departamenti tarixni qayta yozishga qaratilgan yana bir bemaʼni urinishni amalga oshirmoqda. Sovet Ittifoqi xalqlarining natsizm ustidan gʻalaba qozonishidagi, Xolokostning tugatilishidagi hal qiluvchi hissasini unutish urinishini. Biz Amerika tomonini qasddan yolgʻon, noloyiq va soxta tarixiy dasturlardan voz kechishiga chaqiramiz", - deyiladi Rossiya elchixonasining Feysbukdagi sahifasidagi murojaatida.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Sergey Ryabkov AQSH Ikkinchi Jahon urushidagi gʻalabada Qizil Armiya rolini kamsitish maqsadida oʻz foydasiga oʻzgartirishga harakat qilmoqda, degan fikrni bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0