Putin MDH rahbarlariga yo‘llagan tabrikda tarixni yangilashga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti G‘alabaning 71-yilligi munosabati bilan MDH davlatlari rahbarlariga tabriknoma yo‘lladi.

TOShKENT, 9-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘alabaning 71-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Abxaziya va Janubiy Osetiya rahbarlariga, shuningdek, Gruziya va Ukraina fuqarolariga o‘z tabrigini yo‘lladi, RIA Novosti xabari asosida.

“Muqaddas G‘alaba kuni ayyomi toabad o‘z ona yurti va dunyoni fashizm balosidan ozod qilgan xalqlar jasorati va birligi ramzi bo‘lib qoladi”, deyilgan tabriknoma matnida.

Rossiya prezidenti, shuningdek, umumiy tarixni yangitdan yozishga, o‘tmishdagi fojiaviy hodisalar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.  Bundan tashqari, Ikkinchi jahon urushida qatnashganlar xotirasini yod etish, veteranlar haqida qayg‘urish bo‘yicha umumiy burch haqida eslatib o‘tdi.
O‘z nutqi so‘nggida Rossiya davlati rahbari Ikkinchi Jahon urushida ishtirok etganlarning barchasini ushbu muqaddas ayyom bilan muborakbod etib, ularga sog‘lik va uzoq umr tiladi.

Yangiliklar lentasi
0