TOShKENT, 23-may – Sputnik. Bradford Exchange nomli xususiy AQSh kompaniyasi Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 75-yilligiga bag‘ishlangan kolleksion tangani muomalaga chiqardi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Tanganing yuz tomonidan Ikkinchi jahon urushi yillarida AQShning ittifoqchilari bo‘lgan davlatlar bayroqlari, orqa tomonida esa - urush sahnalari aks etgan.
Qizig‘i shundaki, tanganing yuz tomonida AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya rangli bayroqlari orasida, SSSR bayrog‘i yo‘q. Tarixdan ma’lumki AQSh va SSSR o‘sha vaqtda ittifoqchi bo‘lishgan. AQSh urushning dastlabki 3-yilida janglarda ishtirok etmasada, SSSRga moddiy yordam bergan.
“RIA Novosti” Bradford Exchange kompaniyasiga qo‘ng‘iroq qilib buning sabablarini bilishga urinib ko‘rishdi. Jurnalistlar tomonidan berilgan – “nima sababdan SSSR bayrog‘i yo‘q”, - degan savolga, kompaniya – barcha ma’lumot saytda ko‘rsatilgan deb, izoh berishdan voz kechdi.
Aytish joizki, insoniyat tarixida eng ko‘p qon to‘kilishiga olib kelgan Ikkinchi jahon urushi tarixi dunyoning turli mamlakatlarida turlichi o‘rgatiladi va talqin qilinadi. Fransiya, Italiya va boshqa mamlakatlar ushbu urush haqida imkon qadar qisqaroq aytib berishni ma’qul ko‘rishadi.
AQShda esa Ikkinchi jahon urushi tarixi - 1944-yilning 6-iyunida Normandiyada ittifoqchilar desant tushirishidan boshlanib Ittifoqchilar g‘alabasi bilan yakunlanadi. 1941 - 1944-yillar urushi va G‘alabada SSSRning roli haqida lom-mim deyishmaydi.
Faqat Germaniyada ushbu urush haqiqatdan ham nemis millatchilari aybi bilan bo‘lganligi va unda juda ko‘p shafqatsizliklar yuz berganini, ko‘p qon to‘kilganligi tan olinadi. Nemislar o‘z farzandlariga bunday xato boshqa takrorlanmasligi kerakligini o‘rgatishadi.