TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Jumladan, Süddeutsche Zeitung nashri Berlin qiyin masala oldida qolgani haqida yozmoqda. “Harbiylarni yuborishdan voz kechib, Germaniya, Boltiqbo‘yi davlatlarini haqorat qilgandek bo‘lishi mumkin, taklifni qabul qilib esa Rossiya bilan munosabatlarni yanada ziddiylashtiradi”, deb yozadi nashr, RIA Novosti xabari asosida.
Deutschlandfunk radiosi ushbu rejani oqlashga bahona topdi: "Germaniya Boltiqbo‘yi mamlakatlariga askarlarni yuborib, Rossiya yonida o‘zini unchalik “bardam” his qilmayotgan NATOga a’zo mamlakatlarning hududiy yaxlitligini kafolatlaydi”, deb e’lon qildi u.
Bundestag deputati, "so‘llar" partiyasi a’zosi Gregor Gizi esa o‘zining Facebookdagi sahifasida shunday yozgan: “Rossiya chegarasiga askarlarni yuborish, tarixni unutish va munosabatlarni ziddiylashtirish demakdir”.
“So‘llar” partiyasining yana bir a’zosi, partiya yetakchisi Sara Vagenknext ham hukumat qarorini tanqid ostiga oldi. "Germaniya Sobiq Ittifoqqa hujum uyushtirganidan 75-yil o‘tib, Rossiya chegarasiga bundesver askarlarini yuborayotgan Angela Merkel, ahmoqona fitna qurboni bo‘lmoqda”, — deya ta’kidladi u.
Shuningdek, internet-foydalanuvchilarining aksariyati OAVlarda chop etilayotgan xabarlarga izoh berar ekan, nemis hukumati qarorini qoralashlarini ma’lum qilganlar.
“Afrika, Turkiya, Suriya bilan chegaralar ochiq, ammo xavf Rossiyadan kelmoqda”, — deya piching qilgan Die Welt mushtariylaridan biri.
"Bundesver shunchaki po‘pisa uchun yuborilyaptimi? Miltiqlarni sozlab oldinglarmi?" – deb yozgan Bernhard Krause, nemis G-36da nishonga olish aniqligidagi muammolarni nazarda tutib (Afg‘onistondagi bundesver askarlari G-36 miltig‘i sifatiga shikoyat qilishgan edi. Gap shundaki, miltiq qizigan vaqtda nishonga aniq olish xususiyatini yo‘qotardi. Germaniya Mudofaa vazirligi bu arzlarni "oshirib yuborilgan", deb hisoblagan bo‘lsa-da, ammo 2019-yildan bu miltiqlardan voz kechish haqida qaror qabul qildi, tahr).