Koronavirus qo‘zg‘atgan dunyo tartibining inqirozi qanchalik chuqurlashsa, yangi dunyo tartibini o‘rnatish uchun avj olayotgan janglar bilan olib boriladigan axborot urushining zarbalari shunchalik kuchli bo‘ladi. Axborot urushining eng muhim jihatlaridan biri dushmanlar safiga fitna kiritish va Atlantika elitasiga qarshi chiqqan Rossiya - hujumlarning asosiy nishonlaridan biridir. Bundan tashqari, asosiy nishon ichki siyosiy barqarorlik bo‘lib qolmaydi - bu yerda ham qiyinchiliklarni ro‘kach qilish o‘yinlari, jamiyatning ayrim qismlarini hokimiyatga qarshi yo‘naltirish kabi harakatlar bo‘lishi turgan gap, ammo tashkilotchilarning o‘zini ham bu harakatlar muvaffaqiyatiga umidlari kam. Endi asosiy urg‘u Rossiya va uning hamkorlari o‘rtasida jahon miqyosidagi fitna va nizolarni keltirib chiqarishga urinishlarga qaratiladi, ya’ni turli yo‘llar bilan janjalga erishilmasa ham, hech bo‘lmaganda Vladimir Putin va dunyo rahbarlari o‘rtasidagi munosabatlarni murakkablashtirishdir. Chunki aynan Rossiya yangi dunyo tartibini shakllantirish rejalarining chizuvchisi rolini o‘ynaydi va uning xalqaro mavqeyini pasaytirgan holda muqarrar "qadriyatlarni qayta baholash" ni kechiktirishga urinib ko‘rish mumkin.
Dezinformatsiya va fitna, mish-mishlar va safsata ma’lumotlarni tarqatish – hammasidan foylanilyapti. Putin va Si Szinpin orasini buzib bo‘lmayapti – ammo, masalan Moskvaning Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlarini tiklanishiga qarshi turish mumkin, ma’lum siyosatchilarga fitna uyushtirib obro‘sizlantirish mumkin (masalan, o‘tgan yili Avstriyada bo‘lgani kabi) va Afrika prezidentlari va arab shayxlarini Putin bilan qo‘rqitish mumkin.
Tabiiyki, bunday ishlar doimo olib boriladi (ammo, yildan-yilga sohtalashib bormoqda), lekin davlatlar va dunyo yetakchilarining yakkalanish davrida bu alohida ahamiyat topapti. Ko‘p narsa dunyo kelajagi borasida savdolashish paytida buyuk davlatlar klubidagi kuchlarning qanday taqsimlanishiga bog‘liq - va bu "savdolashish" hamma izolyatsiyadan chiqqanidan so‘ng hamma onlayn-rejimdan tashqarida yuzma-yuz ko‘rishganda hal qiluvchi bosqichga o‘tadi. Shuning uchun, "shov-shuvlar" chastotasi ortib boradi - biz shu chorshanba kuni ko‘rganimiz kabi.
Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad Vladimir Putinga ultimatum qo‘ydi, telefon orqali suhbat chog‘ida ular bir-birlariga baqirishdi va suhbat janjal bilan yakunlandi. Ushbu shov-shuvli ma’lumotni Londonning Middle East Eye nashri - o‘zining nomi aytilmagan Saudiyadagi manbalariga tayanib e’lon qildi. Gap bir yarim oy oldin - 6-mart kuni bo‘lib o‘tgan OPEK+ yig‘ilishi arafasida bo‘lib o‘tgan suhbat haqida ketmoqda. O‘shanda Rossiya va Saudiya Arabistoni neft qazib olishni qisqartirish to‘g‘risida kelisha olmadilar, shundan so‘ng saudiyaliklar ishlab chiqarishni keskin oshirib, narhlarni tushirishni boshladilar, bu esa narxlarning pasayishiga olib keldi (koronavirus tufayli global inqiroz sharoitida). Bir oy o‘tgach, Rossiya va Saudiya Arabistoni hatto AQShni jalb qilgan xolda kelishib olishdi - va ishlab chiqarish qisqardi, ammo narxlar hozirda tushishda davom etmoqda. Biroq, gap hozir bu haqda emas.
Middle East Eye manbalarining ta’kidlashicha, telefon orqali suhbat paytida Putin va shahzoda Muhammad juda qattiq janjallashgan:
"Uchrashuvdan oldin Putin va Muhammad bin Salmon o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tdi. MBS o‘zini juda tajovuzkor tutdi va ultimatum qo‘ydi. U agar kelishuv amalga oshmasa, saudiyaliklar narxlar urushini boshlashi bilan qo‘rqitdi. Muloqot shaxsiy haqoratlarga o‘tdi. Ular bir-birlariga baqirishdi. Putin ultimatumni rad etdi va qo‘ng‘iroq yomon yakunlandi".
Go‘yoki valiahd shahzoda bekorga o‘zini shunday tutmadi - Trampning izni bilan. Nima emish, Vladimir Putin bilan suhbatdan oldin Muhammad Amerika prezidentining kuyovi va maslahatchisi Djared Kushner bilan bog‘langan:
"Putin bilan suhbat Trampning Kushner orqali bilvosita marhamati bilan bo‘lib o‘tdi. Kushner MBSdan buni qilishni so‘ramadi, lekin u bo‘lajak qo‘ng‘iroq haqida bilgan va unga to‘sqinlik qilmadi. Bin Salmon o‘ziga xulosa chiqrib oldi".
Xulosa shuki, amerikaliklar Salmonning Putin bilan janjallashish rejalari haqida bilishgan, ammo uni to‘xtatishmagan. Qandaydir bema’nilikmi? Ha, ayniqsa Rossiya bilan kelishuv amalga oshmaganidan so‘ng, saudiyaliklar narxni qulatib qo‘shimcha arzon neftni bozorga tashlashni boshlaganlarini hisobga olsa, bu esa Amerikaning slanes neftini ishlab chiqarish uchun mutlaqo zaradir. London nashri yoki uning manbalari nima uchun va kimni aldashga urinmoqda?
Putin va shahzoda Muhammad bir-birlariga baqirib, haqorat qilishlarini ularning munosabatlari bilan umuman tanish bo‘lmagan odamgina tasavvur qilishi mumkin. Gap shunchaki, shahzoda prezidentdan ikki baravar yoshligida emas, balki Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqqan aynan Putin va Muhammad bo‘ladi. 2015-yilda qirollikda hukmdor o‘zgarganidan beri, Muhammad yangi qirol va uning otasi Salmonning o‘ng qo‘li bo‘lganidan beri, yosh shahzoda Putin bilan ko‘p uchrashuvlar o‘tkazgan (bizning ikki tomonlama munosabatlarimiz tarixida ilgari bunday bo‘lmagan). Ba’zida u Rossiyaga yiliga ikki martalab tashrif buyurdi - o‘tgan yilning oktabrida esa uzoq vaqt tayyorlangan Putinning Ar-Riyodga tashrifi amalga oshdi.
Martdagi suhbat nazariy jihatdan qizishlar bilan o‘tishi mumkin edi, ammo shaxsiy haqoratlar va qichqiriqlar darajasida emas. Mavzuning ahamiyati ikkala suhbatdoshga ham ayon bo‘lgan: saudiyaliklar narxlarni ushlab qolish uchun ishlab chiqarishni yanada qisqartirishni taklif qilgan, Rossiya esa bu yordam bermaydi va faqat dunyo bozorida o‘z ulushini doimiy ravishda oshirib boradigan amerikaliklarga qo‘l keladi deb hisoblagan. Ya’ni, maqbul narx bo‘yicha muvozanatni topish va Rossiya va Saudiya Arabistoni oldida turgan strategik muammoni hal qilish borasida bahs ketgan: bozorda o‘z ulushini saqlab qolish va Amerikaning kengayishini cheklash. Amerikaliklarning yosh shahzodani ayyorona ig‘vo qilish rejasidan ko‘ra, anti-amerika fitnasini (ba’zilar mart oyida saudiyaliklar va ruslar o‘rtasidagi ziddiyatlarni sahnabop, sohta deb atadilar ham) ko‘rish osonroq.
Ammo bu yerda chindan ham ayyor reja mavjud - faqat u boshqa narsada. Putin va Muhammad o‘rtasidagi xech qanday ziddiyatlar yo‘qligi aniq, faqat tushunmovchiliklar bo‘lgan, ammo OPEK+ bitimining buzilishligi natijasida emas, balki jahon iqtisodiyotining koronavirusga qarshi kurashish choralari tufayli to‘xtab qolishi natijasida neft bozori qulashi sharoitida Moskva va Ar-Riyod nihoyat kelishuv bo‘yicha to‘htamga keldi. Shu bilan birga, AQSh ishtirokida - Putin, Tramp va qirol Salman uchligi formatida ikkita suhbat bo‘lib o‘tdi. Va Putin va shahzoda Muhammad o‘rtasida kamida bitta suhbat o‘tdi (ularning barcha muloqotlari haqida rasmiy ma’lumot yo‘q), bundan ko‘rinib turibdiki - hech kim aloqani uzmagan. Biroq Middle East Eye nashri aynan Putin va Muhammad o‘rtasida o‘rnatilgan ishonchga zarba berish uchun ishlab chiqilgan: endi ular kim va nima uchun janjal va qichqiriqlarni o‘ylab topdi va kim va kimga shunday yo‘l bilan signal berganliklarini o‘ylab o‘tirishsin. Saudiyaliklar hamma narsani amerikaliklarga og‘darishmoqda - ular bizni to‘xtatishmadi (go‘yo Kushner yoki Tramp Muhammadga ta’sir qilishi mumkindek). Yoki, aksincha, amerikaliklar oldida o‘zlarini oqlashmoqda - Putin hamma narsada aybdor, u kelishuvdan voz kechdi, hatto merosxo‘rning g‘azabini chiqardi. Bunday "fitnalar" anglosakson maxsus xizmatlariga hos – va aynan Middle East Eye dagi maqola ularning amaliyotining natijasi.
Shuningdek, bu maqolaning boshqa pragmatik maqsadi bor - Saudiya Arabistoni va Rossiya o‘rtasidagi konkret shartnomani buzish. Bu maqolaning o‘zida ochiqchasiga aytilgan - "bu janjal, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni bir necha oy davom etgan yaxshilash harakatlarini xavf ostiga qo‘ydi, sha qatorda Moskva va Ar-Riyod yirik qurol bitimini jiddiy muhokama qilishayotgan bo‘lgan ".
"Saudiya Arabistonining Putin bilan bahsi Moskva va Ar-Riyod o‘rtasidagi bir necha oylik parda orti diplomatiyasini yo‘qqa chiqardi. Munosabatlardagi bunday dinamika o‘tgan yilning sentabr oyida Eron dronlarining Saudi Aramco zavodlariga hujumlariga javob bermasligidan Putin foydalanganidan so‘ng vujudga keldi. Shu bilan birga, Turkiya va Eron yetakchilari bilan uchrashuvdan keyin Putin saudiyaliklarga Rossiya havo mudofaa tizimlarini sotib olishni taklif qildi, yanvar oyi o‘rtalarida esa, Middle East Eye manbalari ma’lumotrlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Rossiyaning "Pansir-S1M"larini sotib olish to‘g‘risida qat’iy qaror qabul qildi.
"Ular hech qanday shartnomalarga imzo chekmadilar. Ular tizimlarni ("Pansir-S1M" – tahr.) sotib olishga qaror qilishdi, ammo alohida shart bilan. Saudiyaliklar Rossiya tizimining ba’zi qismlarini o‘z mamlakatlarida ishlab chiqarilishini xohladilar. Ular juda jiddiy yondoshgan edi. Bu Aramco hujumidan uch oy o‘tgach sodir bo‘ldi", - deb habar berdi manba.
Bu (umuman avval e’lon qilinmagan) shartnoma buzilganini anglatadimi? Hech ham - lekin u ikki rahbar o‘rtasidagi xayoliy janjal bilan birgalikda tortilmoqda, shuning uchun buni muqarrar oqibat sifatida qabul qilinishi kerak.
Amerikaliklar uchun "Pansir" bitimini buzishi juda muhim, chunki ular raqobatdan qo‘rqishadi. Vaholanki, Saudiya Arabistoning AQSh bilan potensial harbiy buyurtmalar to‘plami Rossiyanikidan anchagina katta. Bu yerda muhimrog‘i prinsip - Amerikaning ittifoqchisi ruslardan qurol sotib olarmish!
Huddi shu holat S-400 sotib olgan Turkiya bilan ham sodir bo‘lgan - va hech qanday tahdid yoki ishontirishlar Erdo‘g‘onni to‘xtata olmadi. Endi saudiyaliklar bilan ham xuddi shunday bo‘lishi mumkin: avvaliga ular "Pansir"ni sotib olishadi, keyin esa S-400 kelishuviga ham yetib boriladi, ularni yetkazib berish to‘g‘risida Ar-Riyod va Moskva ancha oldin, shu jumladan, Putin va Muhammadning shaxsiy munosabatlari tufayli kelishuvga erishganlar. Bu kabi qurollarni sotib olish esa nafaqat pul. Bu puldan ham muhimroq: geosiyosiy suverenitetning namoyishi.
Anqarani Vashingtondan olib ketgan Moskva emas – Erdo‘g‘onning o‘zi milliy suverenitetni mustahkamlash yo‘lini tanladi. Ar-Riyodni Vashingtondan tortib olayotgan ham Moskva emas - bu shahzoda Muhammad o‘zi mamlakatini yanada mustaqil qilishni xohlamoqda. Shuning uchun Vladimir Putin va Rossiya unga va yangi dunyo tartibini qurishga tayyor bo‘lgan boshqa dunyo rahbarlariga juda zarurdir.