Neft narxi OPEK+ yig‘ilishidan oldin ko‘tarildi

© Sputnik / Aleksandr Melnikov / Mediabankka o‘tishStanok-kachalka
Stanok-kachalka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ertaga OPEK+ bozor konyunkturasini barqarorlashtirish uchun neft qazib olishni kamaytirish mumkinligini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Investorlar uchrashuv muvaffaqiyatli bo‘lishini kutmoqdalar.

TOShKENT, 8 apr - Sputnik. Birjalardagi savdolar ma’lumotlariga ko‘ra, OPEK+ a’zo davlatlari yig‘ilishi oldidan neftning jahon bozori narxlari ko‘tarilmoqda.

Moskva vaqti bilan 08:02ga Shimoliy dengizning Brent navli aralashmasi uchun iyun fyucherslari 2,51% ga ko‘tarilib, bir barrel uchun 32,67 dollarga, WTI navi uchun may fyucherslari 5,76% ga, 24,99 dollargacha ko‘tarildi.

Prezident SShA Donald Tramp i nasledniy prins Saudovskoy Aravii Muxammed ben Salman vo vremya vstrechi v Belom dome v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya, OPEK + AQSh - neft bozorida yangi kelishuv bo‘ladimi?

Ertaga OPEK+ bozor konyunkturasini barqarorlashtirish uchun neft qazib olishni kamaytirish mumkinligini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Investorlar uchrashuv muvaffaqiyatli bo‘lishini kutmoqdalar.

Neft narxlari bilan bog‘liq vaziyat

Dunyo bo‘ylab 1,4 milliondan ortiq odamga ta’sir qilgan koronavirus kasalligi tarqalishi sharoitida, aksariyat davlatlar karantinga o‘tdilar, chegaralarini yopib fuqarolarining harakatlanishini chekladilar.

Shu munosabat bilan neftga bo‘lgan talab pasayib ketdi, mart oyida OPEK+ ga a’zo davlatlar esa ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvni uzaytira olmadilar: Rossiya mavjud shartlarni saqlanishini talab qildi, Saudiya Arabistoni esa qazib olishni kuniga qo‘shimcha bir yarim million barrelga qisqartirishni rejalashtirgan edi. Natijada, 1-apreldan boshlab sobiq alyans mamlakatlarida neft qazib olish bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi.

Hom-ashyo narxi yil boshidan beri deyarli ikki baravar arzonlab 18-yil oldingi rekordni yangiladi. So‘nggi kunlarda kotirovkalar tiklandi: 7-aprel kuni ertalab Brent navi bir barreli uchun 34,04 dollargacha, WTI navidagi neftning may fyucherslari esa 27 dollargacha ko‘tarildi.

Yangiliklar lentasi
0