Dunyoda

Tramp Putinga neft qazib olishni kamaytirganligi uchun minnatdorchilik bildirdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka oʻtishVstrecha prezidenta Rossii Vladimira Putina i prezidenta SSHA Donalda Trampa
Vstrecha prezidenta Rossii Vladimira Putina i prezidenta SSHA Donalda Trampa - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
AQSH prezidenti Putinga Saudiya Arabistoni Qirolligi va boshqa neft ishlab chiqaruvchi davlatlar bilan global energetika bozoridagi vaziyatni tinchlantirish uchun hamkorlik qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

TOSHKENT, 13 apr - Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp 12 aprel, yakshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatda Rossiyaning neft qazib olishni global energetika va moliyaviy bozorlarning barqarorligiga mos keladigan darajaga qaytarish majburiyatini olqishladi, deya xabar beradi Oq uy matbuot xizmati.

Neftyanaya platforma Prirazlomnaya - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
OPEK+ dastlabki kelishuvi: bu bitim va u bemuhlat emas

“Prezident Tramp prezident Putinga Saudiya Arabistoni Qirolligi va boshqa neft ishlab chiqaruvchi davlatlar bilan global energetika bozoridagi vaziyatni tinchlantirish uchun hamkorlik qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Prezident Tramp Rossiyaning neft ishlab chiqarishni global energetika va moliya bozorlarining barqarorligiga mos keladigan darajaga qaytarish majburiyatini olqishladi”, - deya bayonotdan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

Bundan tashqari, Trampning Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdel Aziz Al Saud bilan boʻlgan suhbati ham xuddi shu iboralar bilan tasvirlangan, AQSH prezidenti unga Rossiya va boshqa davlatlar bilan hamkorligi uchun minnatdorchilik bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0