Ruslar neft urushida g‘alaba qozonmoqda, shekilli

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishNeftanie stanki-kachalki
Neftanie stanki-kachalki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Neftning salbiy narxlari bilan misli ko‘rilmagan vaziyat neft bozorining kelajagi haqida hech narsa anglatmaydi.

Neftning salbiy narxlari bilan misli ko‘rilmagan vaziyat - neft bozori kelajagi haqida hech narsa so‘zlamaydi, ammo shu tarzda neft bozori OPEK+ "neft alyansi"ga a’zo davlatlari bilan hamkorlik qilishni istamagan - Amerika slanes kompaniyalari ambitsiyalarini to‘g‘ri yo‘lga solishi haqida ko‘pchilik aytmoqda.

Neftanoy stanok-kachalka na mestorojdenii nefti - Sputnik O‘zbekiston
“Suvtekin”: neft narxi nol darajadan pastga tushdi

Bir oy oldin bank tahlilchilari (shu qatorda AQSh va Yevropaning yetakchi banklari tahlilchilari) neft narxlari "salbiy zona"ga tushishi mumkinligi va oqibatlari juda og‘ir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirishgan edi. Hatto OAVlarda ham Saudiya Arabistoni, Rossiya va OPEK+ bitimining boshqa ishtirokchilari tomonidan may oyida amalga oshiriladigan misli ko‘rilmagan qazib olishni qisqartirish neft narxlarini qisqa muddatda tuzatish uchun yetarli bo‘lmasligi va koronavirus epidemiyasi sharoitida barqarorlashishi uchun AQSh neft sektorining yordamiga muhtoj bo‘lishligi haqida qizg‘in muhokama qilingandi.

Ta’kidlash kerakki, Amerika amaldorlari (masalan, Texas neftni tartibga solish komissiyasi a’zolari) orasida ham, slanes kompaniyalarining rahbarlari va egalari orasida ham sog‘lom aql tarafdorlari topilib, AQSh  OPEK+ bitimini tuzish bilan bir vaqtda yoki uning yakunlanishidan (skeptiklarni Saudiya va Rossiya neft kompaniyalari Amerikaning kuchsizligidan foydalanmasligiga ishontirish uchun) so‘ng rasmiy yoki norasmiy ravishda ishlab chiqarishni qisqartirish tashkil qilishni taklif qilganlar ham bo‘lgan. Biroq, aql-idrok va oqilona hisob-kitob tarafdorlari ozchilikni tashkil etdi, AQSh Energetika vaziri esa G20 "virtual sammitida" AQShda neft qazib olish darajasi bozorni tartibga solishini e’lon qildi. Shuningdek, 2020-yil oxiriga kelib, qaysi bashorat qilingan model to‘g‘ri ekaniga qarab, "ixtiyoriy-majburiy ravishda" ishlab chiqarish kuniga ikki yoki uch million barrelga kamayadi. Bunday pasayish AQShning neft qazib chiqarishining chorak qismiga bozorni tark etishga teng keladi.

AQSh Energetika vazirining G20 sammitidagi quruq bayonotida, raqamlar emas (ehtimol, AQShda ishlab chiqarish hajmining 2020-yil oxirigacha qancha miqdori yo‘q qilishni aniqlaydigan usul yo‘q bo‘lsa kerak), ammo ishlab chiqarishni qay tarzda tartibga solish kerakligi eng muhim joyi bo‘ldi. Vashingtonlik yuqori lavozimli amaldor buni bozor amalga oshirishini aytdi va bu hozirda G20 guruhining raisi bo‘lgan Saudiya Arabistoni vakillariga juda mamnun bo‘ldi. Gap shundaki, Saudiya Arabistoni va Rossiya neftchilari va amaldorlari, "AQShning OPEK ustidan g‘alabasini" e’lon qilgan ko‘plab soxta ekspertlardan farqli o‘laroq, majburiy pasayishning "bozor"mexanizmi qanday bo‘lishini yaxshi tasavvur qilishgan.

Shtangoviy nasos - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya neft urushidan qanday manfaat ko‘rishi mumkin?

Bu AQShning neft fyucherslari bozorida takrorlanadigan (kerak bo‘lsa, har oyda) narxlar falokati kabi ko‘rinadi. Amerika neft bozorining tuzilishi xususiyatlaridan va Amerika slaneschilarining (birinchi navbatda!) federal hukumat va Texas davlat regulyatorlari bilan munosabatlarda xatti-harakatlari natijasida salbiy narxlarning takrorlanishi "muammoni yaxshi hal qilishni istamaganidan paydo bo‘lgan va natijada hammasi yomon yakunlangan".

Amerika Goldman Sachs banki tahlilchisi Damyen Kurvalen bir necha hafta oldin, birinchilar qatorida neftning salbiy bahosi ehtimolini bashorat qildi, shu jumladan AQShda, nima sodir bo‘lganligini shunday izohlaydi: (ZeroHedge iqtibosi) "Chikago hom-ashyo birjasidagi WTI xom nefti uchun may fyuchers shartnomasi muddati ertaga, 21-aprelda tugaydi. Uzoq muddatli pozitsiyaning har qanday egasi (shartnomani shu sanaga qadar yopmagan neft xaridori, ya’ni uni bozorda sota olmaydi) - may oyi davomida Kushingda xom neftni qabul qilishga majbur bo‘ladi (belgilangan quvurga yoki saqlash joyiga berib yuborish orqali yoki "omborhona ichidagi berib yuborish" orqali).

Bu shuni anglatadiki, may oy uchun WTI shartnomasini imzolagan investor Kushing omborida barrellar uchun (u paytga kelib, ehtimol ombor to‘lgan bo‘lishi mumkin) joy qidirishga hojat qolmasligi uchun ushbu pozitsiyani (istalgan narxda) 21-aprelgacha sotishga majbur bo‘ladi, (o‘tgan juma holatiga ko‘ra u allaqachon 77 foizga to‘lgan, bu may oyining birinchi haftasiga omborda bo‘sh joy defitsitidan dalolat beradi)."

Slanes sanoatining "oxirigacha qazib olish" istagidan kelib chiqib, ushbu mahalliy logistika va ombor halokati to‘g‘ridan-to‘g‘ri natijasi sifatida, nafaqat aprel oyi oxiri va may oyining boshlarida yetkazib beriladigan neft narxlarining pasayishi, balki iyun va iyul oylarida yetkazib beriladigan neft narxining pasayishi ham bo‘ldi, narx pasayishi ko‘lami u qadar ta’sirli emas va narxlar hali ijobiy.

Ko‘plab Amerika kompaniyalari neft sotib oluvchilarga narxlarni yetkazib berishda ushbu fyuchers shartnomasiga bog‘liqligini hisobga olinsa ham, agar neft aynan Kushingga umuman yetkazib berilmasa ham, Amerika ishlab chiqaruvchilarining katta qismi jiddiy muammolarga duch keladi. Hozirgi paytda nafaqat salbiy narxlar, balki kelgusi bir-ikki oyda narxlarning keskin tushib ketishi bilan bir qatorda, neftni quvurga quyish yoki uni saqlash uchun joy topishning imkoni yo‘qligi sababli. Shu yoki boshqa ko‘rinishda, dunyoning boshqa qismlarida ham shunga o‘xshash muammolar paydo bo‘ladi, ammo ehtimol, hech bir joyda zararning ko‘lamini AQShda sodir bo‘layotgan voqealar bilan taqqoslab bo‘lmaydi, va bu yerda neftchilar o‘z ambitsiyalari tufayli juda ko‘p azob chekmoqda.

Zasedanie stran-uchastnis soglasheniya o sokrashenii dobichi nefti OPEK+ - Sputnik O‘zbekiston
Buyuk neft sulhi: bundan keyin nima bo‘ladi

Neft urushida kim va qay tarzda g‘alaba qozonganligi savoliga qaytsak, Kanada Qirollik banki va nufuzli Rystad Energy konsalting kompaniyasining qayg‘uli hisob-kitoblarini Kanadaning Financial Post nashri jurnalistlari sarhisob qilganini ta’kidlash o‘rinli:

"Kim yutmoqda? Shimoliy Amerikada majburan qisqartirilgan neft qazib olish OPEK davlatlariga qaraganda besh baravar ko‘proq bo‘lishi mumkin ... Shimoliy Amerikaning neft ishlab chiqaruvchilari yanchilgan bo‘lib chiqapti, chunki neft toshqini narxlarni past darajada ushlab turishi kutilmoqda (kutilganidan -tahr.) RBC Capital Markets, AQShning slanes neft qazib olish hajmini kuniga 1,5 million barrelga pasayishini kutmoqda ... Aksincha, OPEK qazib oluvchilari orasida faqatgina Iroq kuniga 300 ming barrelga, Venesuela esa - 275 ming barrelga kamaytirishga majbur bo‘ladi. Hozircha faqat ruslar va saudiyaliklar bozor ulushi uchun urushda g‘alaba qozonayotganga o‘xshaydi. Ammo bu ular uchun qimmatga tushmoqda, chunki OPEK davlatlarining aksariyati yuqori neft narxlariga bog‘liqdir ... Umuman olganda, bu yil Shimoliy Amerikada ishlab chiqarish kuniga 2,64 million barrelga qisqarishi mumkin, OPEKning (qo‘shimcha majburiy – tahr.) qisqartirish hajmi esa, RBC va Rystad ma’lumotlariga ko‘ra, kuniga taxminan 575000 barrelni tashkil etadi".

Donald Tramp slanes kompaniyalariga qandaydir yordam berishni va’da qildi, ammo u bundan oldin ham buni va’da qilgan edi va AQSh Kongressidagi siyosiy raqiblari esa unga buni yo‘l qo‘ymadilar, ba’zilari ochiqchasiga neftchilarning ommaviy ishdan bo‘shatilishi va neft narxlarining pasayishidan xursand bo‘lib buni nishonlashmoqda. Kelgusi oylar uchun neft bozoridagi narxlarni oldindan bashorat qilib bo‘lmaydi, ammo epidemiya baribir bir kun tugaydi, bu talabning tiklanishiga va narxlarning oshishiga olib keladi. Biroq, G‘arb manbalarining ta’kidlashicha, bu paytgacha AQSh va Kanadadagi neft qazib oluvchilarining sezilarli qismi yetib bormaydi.

Yangiliklar lentasi
0