Buyuk neft sulhi: bundan keyin nima bo‘ladi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishZasedanie stran-uchastnis soglasheniya o sokrashenii dobichi nefti OPEK+
Zasedanie stran-uchastnis soglasheniya o sokrashenii dobichi nefti OPEK+ - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
OPEK, Rossiya va AQSh kelishuvi koronavirus tufayli chuqur jarlikka qulashi muqarrar neft bozorini mutlaq inqirozdan saqlab qolishga qaratilgan.

OPEK sammitida ishlab chiqarishni qisqartirish to‘g‘risidagi kelishuv koronavirus tufayli neftga bo‘lgan talabning pasayishini qoplay olmaydi, demak uning narxlarning ko‘tarilishiga ta’sir qilish qobiliyati ham cheklangan bo‘ladi. Biroq, ushbu kelishuvsiz neft bozorlaridagi ahvol bundan ham battar bo‘lar edi. 

Bloomberg Rossiyaning neft urushidagi asosiy kuzirini aytdi

Amerikaning nufuzli Goldman Sachs bankiga tayangan Britaniyaning The Guardian nashri "koronavirus inqirozi aprel va may oylarida talabni kuniga 19 million barrelga kamaytiradi", shuning uchun, agar "ertaga ishlab chiqarishni qisqartirishga kelishib olinsa ham, u saqlash omborlari hajmi to‘ladigan kelgusi haftalarda narxlarning pasayishini oldini olish uchun hali ham juda past va juda kechikkan bo‘lib qoladi", deb yozmoqda.

Ta’kidlash joizki, amerikalik bankirlarning baholari nisbatan optimistik edi: ular yuqoridagi hisob-kitoblarni ishlab chiqarishni 15 million barrelga qisqartirishga va qattiq karantin choralari atigi 19 million barrel talabni "kesib tashlaydi" degan taxminga asoslanib qildilar, boshqa hisob-kitoblarga ko‘ra esa, gap 20-25 million barrel borasida ham ketishi mumkin.

OPEK+ bitimi, o‘zining ko‘lamliligi va yangiliklarda egallagan mavqe’idan qat’i nazar, nafaqat neft eksport qiluvchi mamlakatlarning bugungi narxlari va budjet daromadlarini qo‘llab-quvvatlash, balki kelajakka qaratilgan, ya’ni epidemiya yakunlanganidan keyingi iqtisodiy tiklanish davriga muljallangan juda murakkab murosa.

Prezident Kitaya Si Szinpin na voyennom parade v chest 70-letiya obrazovaniya KNR v Pekine  - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy Rossiyaga neft urushida yordam beradi

Ushbu "kelajakka qarash"ni OPEK+ doirasida kelishilgan bozorlarning sust munosabati va G20sammitida qo‘llab-quvvatlanadigan chora-tadbirlarning tezkor samaradorligiga nisbatan o‘rtacha taxminlarni tushuntirishi mumkin: "Reja (OPEK+) narxlarning keyingi pasayishini oldini olish uchun yetarli bo‘lishi mumkin, ammo ularni o‘sishiga undash uchun yetarli emas", - dedi IHS Markit energetika bozorlari bo‘yicha tahlilchisi Marshall Stivz. Uning Amerikaning MarketWatch moliyaviy nashri tomonidan nashr etilgan tahliliga ko‘ra, ushbu bitim muvaffaqiyatsizlikka uchramaydi, ammo barcha muammolarga "panatseya" ham emas.

OPEK bitimining ko‘lami kelgusi haftalar yoki oylarga emas, balki kelajakka qaratilganligiga virtual sammit tugaganidan keyin rasmiy bayonotning asosiy moddasi dalolat bo‘ladi.

"Uchrashuv qatnashchilari 2020-yil 1-maydan boshlab, 2020-yil 30-iyunda yakunlanadigan dastlabki ikki oy davomida, jami neft qazib olishni kuniga 10,0 million barrelga kamaytirish to‘g‘risida kelishib oldilar. Keyingi olti oy ichida 2020-yil 1-iyuldan 2020-yil 31-dekabrgacha umumiy kelishilgan qisqartirish kuniga 8,0 million barrelni tashkil etadi, undan keyin 2021-yil 1-yanvardan 2022-yil 30-aprelgacha 16 oy davomida kuniga 6,0 million barrel miqdorida qisqartirilish joriy etiladi.

Tuzatishlarni hisoblash uchun dastlabki ko‘rsatkich 2018-yil oktabr oyidagi ko‘rsatkichdir, kuniga 11,0 million barrel bazaviy darajadagi neft ishlab chiqarishgan Saudiya Arabistoni Qirolligi va Rossiya Federatsiyasi bundan mustasno. Kelishuv 2022-yil 30-aprelgacha amal qiladi, ammo uning uzaytirilishi 2021-yil dekabrda ko‘rib chiqiladi".

Vstrecha prezidenta Rossii Vladimira Putina i prezidenta SShA Donalda Trampa - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Putinga neft qazib olishni kamaytirganligi uchun minnatdorchilik bildirdi

Ular neft bozori ishtirokchilari ular neft qazib oluvchilarni qisqa muddatli muammolardan halos qilishga qaratilgan "favqulodda pasayish"ga duch kelmaganliklariga ishontirilmayaptilar, aksincha neft bozorida uzoq muddatli defitsitni yaratishga qaratilganlikda. Ammo defitsit iste’mol darajasi epidemiyadan oldin bo‘lgan darajaga yetganidan keyingina "faollashadi".

Shuni ta’kidlash kerakki, bitim baribir buzilishi mumkin, chunki OPEK+ning prinsipial pozitsiyasi shundaki, hech kim neftning porloq kelajagiga "bepul chipta" ololmaydi. Aynan shu sababli sammitning yakuniy rezolyutsiyasida butun ishlab chiqarishni qisqartirish Meksika (bitimni qo‘llab-quvvatlamagan yagona mamlakat) kuniga 400 ming barrel neft qazib olishni qisqartirishga imzo chekkan taqdirdagina kuchga kiradi. Bu aynan prinsipial masaladir, chunki agar bironta hatto yirik bo‘lmagan neft ishlab chiqaruvchi bitimdan ozod etilsa, u parchalanib ketadi: Saudiya Arabistoni va Rossiya birgalikda jahon neft qazib olishning 20 foizidan ko‘prog‘ini nazorat qiladilar va barcha «qisqartirilish”ga yolg‘iz o‘zlari dosh berolmaydilar va hatto ishlab chiqarishning zarur pasayishini AQSh bilan bo‘lishsa ham, baribir jahon ishlab chiqarishining faqat uchdan bir qismini "qisqartirishga" to‘g‘ri kelayotgani ayon bo‘ladi.

Buni aksariyat neft eksport qiluvchi mamlakatlar, shu jumladan ichki siyosiy nuqtayi nazaridan OPEK+ bitimini rasmiy ravishda imzolashga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan davlatlar ham tushunishadi. Masalan, Reyter agentligi Osloning neft bitimidagi pozitsiyasi haqida xabar beradi: "G‘arbiy Yevropaning eng yirik neft ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Norvegiya shanba kuni, mamlakat hali ham neftni qisqartirish haqida o‘ylamoqda, garchi OPEK+ o‘z rejasini amalga oshiradigan bo‘lsa ham, deb bayonot berdi. "Uchrashuvda men neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha OPEK+ davlatlari o‘rtasida kelishuvga erishilgan taqdirdagina Norvegiya neft qazib olishni bir tomonlama qisqartirish masalasini ko‘rib chiqadi dedim", - deb bayonot berdi (neft va energetika vaziri) Bru honim.

Meksika OPEK+ bitimini sabotaj qilishi mumkin, chunki bu mamlakat neft eksport qiluvchilar orasida o‘ziga xos xususiyatga ega: har yili (va bu ma’lum xarajatlarni talab qiladi) Meksika moliyaviy bozorlarda yillik neft eksportini "sug‘urta qiladi" va shuning uchun narxlarning epidemiya va narxlar urushi bilan bog‘liq yil ohirigacha bo‘lgan konyukturasini e’tiborsiz qoldirishi mumkin.

Prezident SShA Donald Tramp i nasledniy prins Saudovskoy Aravii Muxammed ben Salman vo vremya vstrechi v Belom dome v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya, OPEK + AQSh - neft bozorida yangi kelishuv bo‘ladimi?

Ammo Mexiko kelishuvning amalga oshirilishidan juda manfaatdor bo‘lgan Donald Trampni inkor qila olmaydi. Bundan tashqari, BBC ta’kidlaganidek, AQSh prezidenti neft qazib olishning kamayishi tufayli janubiy qo‘shniga yetkaziladigan moliyaviy zararlarni vaqtincha o‘z zimmasiga olishga tayyor (va bu kamdan-kam uchraydigan holat): "AQSh Prezidenti Donald Tramp "Meksikaga yordam berishni" taklif qilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh neft qazib olishni kamaytiradi va Meksika esa buni keyinroq "qoplab beradi". Shuningdek, u kelishuv qabul qilinishiga ishonchi komil emasligini aytdi. "Biz buning ustidan ish olib bormoqdamiz. O‘ylaymanki, oxir-oqibat hamma narsa muvaffaqiyatli yakunlanadi", - dedi u".

OPEK + bitimi, shuningdek, Oq uy tomonidan bildirilgan "Meksika taklifi" Meksika rahbariyati uchun ham, OPEK+ qolgan a’zolari uchun ham nomaqbul deb topilgan taqdirda barham topishi mumkin.

Pastux na osle yedet mimo neftanogo mestorojdeniya v Sirii na granitse s Tursiyey - Sputnik O‘zbekiston
Bozorni birgalikda qutqaramiz: AQSh neft qazib olishni qisqartirmoqda

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, AQShning OPEK+ rasmiy bitimida ishtirok etmasligi Amerika slanes kompaniyalariga yordam bermaydi, chunki OPEK+ tomonidan ishlab chiqarishni qisqartirish hajmi narxlarni butunlay katastrofik pasayishdan saqlaydigan tarzda tanlangan, ammo ularni Amerika slanes kompaniyalari bankrot bo‘ladigan darajada qoldirilishini nazarda tutadi. AQSh Energetika vaziri Den Bruyett juma kuni tan olganidek: "Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, bu yil oxiriga kelib AQShda qazib olish kuniga ikki million barrelga kamayadi. Ba’zi modellar bundan ham ta’sirli raqamlarni ko‘rsatmoqda, masalan, kuniga uch million barrelgacha".

Ehtimol, amerikaliklar ushbu pasayish OPEK+ kelishuvi sababli emas, balki "bozor" tomonidan amalga oshirilganligi haqidagi homhayoldan taskin topadi, ammo buning oqibatlari o‘zgarmaydi. Biroq, umuman olganda, neft narxlarining keyingi evolyutsiyasi hozirgi epidemiya bilan kurashayotganlarning qo‘lida: u qanchalik tez tugasa, narxlar shuncha tez tiklanadi, garchi Meksika rahbariyatining o‘jarligi ham rol o‘ynashi mumkin. Ammo OPEK + formatidagi yirik neft alyansi vakillari qilishlari mumkin bo‘lgan ishlari endi amalga oshib bo‘ldi va erishilgan natijani endi dunyo neft diplomatiyasining katta yutug‘i deb hisoblash mumkin.

Yangiliklar lentasi
0