Xitoy Rossiyaga neft urushida yordam beradi

© REUTERS / Thomas PeterPrezident Kitaya Si Szinpin na voyennom parade v chest 70-letiya obrazovaniya KNR v Pekine
Prezident Kitaya Si Szinpin na voyennom parade v chest 70-letiya obrazovaniya KNR v Pekine  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyning neftni qayta ishlash zavodlari aprel oyida bir million tonnadan ortiq Rossiya neftini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzdi.

TOShKENT, 2 apr - Sputnik, Maksim Rubchenko. Xitoyning neftni qayta ishlash zavodlari aprel oyida bir million tonnadan ortiq Rossiya neftini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzdi. Xitoy iqtisodiyoti koronavirus epidemiyasidan tiklanmoqda, korxonalar o‘z faoliyatini qayta boshlamoqda va mamlakatda yoqilg‘iga talab ortmoqda. Bu mahalliy neft kompaniyalari uchun jahon bozoridagi narxlar urushida muvaffaqiyatining asosiy omili bo‘lishi mumkin.

Torgi na fondovoy birje v Nyu-Yorke - Sputnik O‘zbekiston
Qimmat neft qachon qaytadi

Samoosti davlati tiklanmoqda

Pandemiyani jilovlab, Pekin iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator choralarni ko‘rdi. Soliqlar, kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari pasaytirildi. Xitoy Xalq banki bozorlarga 1,2 trillion yuan (170 milliard dollardan ortiq) qo‘shimcha likvidlik taqdim qildi, Moliya vazirligi esa mahalliy hokimiyatlarga infratuzilma loyihalari uchun maqsadli obligatsiyalar chiqarishga ruxsat berdi.

Natijada, seshanba kuni Xitoy milliy statistika burosining xabar berishicha, mart oyida ta’minot menejerlarining rasmiy indeksi fevral oyida rekord past 35,7gacha qulashidan keyin mart oyida 52,0gacha ko‘tarildi (50 dan yuqori indeks iqtisodiy faollik o‘sayotganini anglatadi).

Ishlab chiqarishda indeks deyarli ikki baravarga - 27,8 dan 54,1 gacha, yangi eksport buyurtmalarida - 28,7 dan 46,4 gacha. Importning pasayishi deyarli to‘xtadi - bir oy ichida indeks 31,9 dan 48,4 gacha ko‘tarildi.

Birinchidan, energiya tashuvchilari importi ko‘paydi, chunki ishga qaytgan korxonalar xom ashyo va tayyor mahsulotni tashish uchun elektr energiyasi va yoqilg‘ini talab qiladi. Shu bilan birga, budjet xarajatlarini optimallashtirish doirasida Pekin quyosh va shamol elektr stansiyalari uchun subsidiyalarni bekor qilishni rejalashtirmoqda - qayta tiklanadigan energiya o‘zini-o‘zi ta’minlashi kerak.

Zasedanie Generalnoy Assamblei OON - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Rossiya va Saudiya Arabistoni bilan neft borasida muzokaralar boshlanishini e’lon qildi

Xitoy hukumati Vashington bilan yangi savdo kelishuvini bajarishga tayyor ekanliklarini namoyish etish uchun yoqilg‘i talabining tiklanishidan foydalanib, yil davomida AQShning suyultirilgan gazining birinchi partiyasini sotib olishlarini e’lon qildi. Biroq, avvalgidek energiya tashuvchilarining asosiy qismi Rossiyadan keladi.

Shunday qilib, aprel oyida Rossiya kompaniyalari Xitoyga fevral oyiga nisbatan ikki baravar ko‘proq xom ashyo yuboradilar - 540 ming tonna, aprelda 1 million tonna (mart oyida Xitoy qayta ishlash zavodlari 700 ming tonna sotib olgan).

Shundok ham yutamiz

Bularning barchasi jahon neft bozorida Rossiya, Saudiya Arabistoni va AQSh o‘rtasidagi qarama-qarshilikning asosiy omiliga aylanishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, 1-apreldan boshlab OPEK+ bitimi o‘z kuchini yo‘qotdi va endi har bir mamlakat o‘zi uchun ishlab chiqarish va eksportning maqbul hajmini o‘zi belgilaydi.

Saudiya Arabistoni jahon bozoridagi ulushini kengaytirish umidida ochiqcha dayepingga o‘tdi. Ar-Riyod aprel oyida eksportni uchdan bir qismga - kuniga 12,3 million barrelgacha ko‘tarishini e’lon qildi va Yevropaga Brent navi narxiga nisbatan 10,25 dollarga arzonroq neftni taklif qilishi orqali narxlarni keskin pasaytirib yubordi.

"Energetika vazirligi Saudi Aramco ga kelgusi oylarda ta’minotni kuniga 12,3 million barrel darajasida davom ettirishni buyurdi", - deb habar berdi Saudiya hukumati.

Ekspert: neft bo‘yicha muzokaralardan hammadan ko‘proq Tramp manfaatdor

Natijada, 30-mart kuni, OPEK+ kelishuvining oxirgi kunida, Brent o‘n sakkiz yil davomida eng past darajaga - barreli uchun 22,58 dollarga yetdi. Bu Rossiya budjetiga o‘rnatilgan narxning yarmiga teng va Saudiya Arabistoni davlat budjetining zararsizlik darajasidan deyarli to‘rt baravar kam.

Biroq, Ar-Riyodning dunyoni arzon neft bilan to‘ldirish rejalari kutilmagan to‘siqqa duch keldi - garchi dempingga qaramay,Yevropadagi va AQShdagi neftni qayta ishlash zavodlari, qo‘shimcha xaridlarni rad etishmoqda.

Gap shundaki, koronavirus epidemiyasi tufayli yoqilg‘iga talab pasaygan va barcha omborxonalar sotilmay qolib ketgan neftga to‘la. Qo‘shimcha sotib olgani joy yo‘q.

Vizit gossekretarya SShA M. Pompeo v Minsk - Sputnik O‘zbekiston
Pompeo AQSh Belarusga neft yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qildi

Bundan tashqari, ba’zi Amerika kompaniyalari endilikda xom ashyoni salbiy narxlarda sotishmoqda. Xususan, Mercuria o‘zining 30-mart kungi narxnomasida Wyoming Asphalt Sour (bitum ishlab chiqarishda ishlatiladigan quyuq neft) navi narxini bir barrel uchun minus 0,49 dollar narxini ko‘rsatgan.

Neft sotuvchilarining fikriga ko‘ra, neftni qayta ishlash zavodlari va magistral quvurlardan uzoqda joylashgan maydonlarda qazib olingan barcha xom ashyo salbiy zonaga o‘tadi.

Bunday vaziyatda sotuv hajmi eng yuqori bo‘lgan mamlakat neft urushida g‘alaba qozonish uchun katta imkoniyatlarga ega. Rossiya Xitoyning asosiy neft yetkazib beruvchisi sifatida eng yaxshi holatda va raqobatchilarga o‘z shartlarni o‘tkazishga qodir.

Yangiliklar lentasi
0