O‘tgan haftaning oxiri Donald Trampning global neft bozorini boshqarishga bo‘lgan urinishlarida o‘tdi. Rostini aytganda, shuni ta’kidlash kerakki, AQSh prezidenti bu safar oldingi harakatlarga qaraganda ancha yaxshi ish qildi va bu, o‘z navbatida, Oq uy ixtiyorida bo‘lgan "haqiqatni boshqarish pulti"ning juda kulgili xususiyatini ochib beradi. Shaxsiy tvitter, sanksiyalar, bayonotlar va prezident buyruqlari yordamida Tramp (barcha harakatlarga qaramay) neft narxini tushirishga muvaffaq bo‘la olmadi. O‘sish juda o‘tkinchi bo‘lishi mumkinligiga qaramay, narxlarning keskin ko‘tarilishini tashkil etishga urinish muvaffaqiyatli bo‘ldi.
Biroq, AQSh prezidenti bir necha kun oldin ko‘pirtirib e’lon qilgan "neft bitimi"ning yemirilish davri nisbatan qisqa bo‘ldi. Ikki xabarni taqqoslaylik: "Yaqinda do‘stim, Rossiya prezident Putin bilan gaplashgan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi bilan gaplashdim, va men ular taxminan o‘n million barrelni, balkim yanada ham ko‘proqqa ham, kamaytirishiga umid qilaman, bu neft va gaz sanoati uchun ajoyib bo‘ladi! " - buni shaxsan Tramp o‘zining tvitterida 2-aprel oqshomida yozgan.
Lekin shanba kechqurun ritorika biroz o‘zgargan. Jurnalistlarga gapirar ekan, Tramp OPEKni tanqid qildi (ya’ni, aslida Saudiya Arabistoni rahbarlik qiladigan va ishlab chiqarishni kamaytirishi kutilayotgan tashkilot): "Men butun umr OPEKga qarshi chiqdim, ahir bu nima? Bu noqonuniy (tuzilma - tahr.), uni kartel deb atashingiz mumkin, uni monopoliya deb ham atashingiz mumkin" (RBK iqtibosi).
Bundan tashqari, u yana AQShda ish o‘rinlarini saqlab qolishni bahona qilib (ehtimol Saudiya va Rossiya) neft importiga qarshi bojlarni kiritishga tayyorligini ta’kidladi, lekin shu bilan birga ishlab chiqarishni kuniga o‘n million barrel kamaytirishi bo‘yicha "asr bitimi" qabul qilinishi mumkinligini ochiq qoldirdi.
Amerika rahbarining ma’lum g‘azabini ikki omilga bog‘lash mumkin. Birinchidan, neft bozori ishtirokchilarining konferensiyasini favqulodda tez yig‘ish imkoni bo‘lmadi, ikkinchidan, deyarli barcha asosiy neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning vakillari Vashingtonga neft ishlab chiqarishni qisqartirish bo‘yicha jiddiy kelishuv faqat Amerika tomoni ishtirokida amalga oshirilishi mumkinligi to‘g‘risida signal berishmoqda - va bu Oq uyga ayniqsa yoqmasligi mumkin. Oxir oqibat, Amerika tashqi siyosati qurilgan asosiy g‘oyalardan biri, "Amerika oldida hamma qarzdor va hech qachon bu qarzini tulay olishmaydi, va ancha vaqtdan beri bombardimon qilmagan to’be bo‘lmagan davlatlar AQShdan nimanidir talab qilishga urinishlari mumkin".
Albatta, refleksiya masalasi hech qachon Demokratik yoki Respublikachilar partiyalarining "geosiyosiy kovboylari"ni tashvishlantirmagan va nufuzli Amerika OAV doim Putinni hamma narsada aybdor deb aytib turgan mahalda muammolarni qidirishning nima keragi bor. Hatto har narsada Donald Trampni ayblashga tayyor bo‘lgan The New York Times gazetasi hamon neft bozoridagi barcha muammolar uchun kim aybdorligini aniq biladi: "OPEKning ikki vakiliga ko‘ra, dushanba kuni OPEK rasmiylari - Rossiya va boshqa neft ishlab chiqaruvchi davlatlar o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan va energetika bozorida vujudga kelgan xaosni to‘htatishiga umid qilingan uchrashuv qoldirildi. Bu yangilik OPEKning rasman yetaksichi Saudiya Arabistoni va Rossiya o‘rtasida neft narxlarini qulashida kim aybdorligi borasida kelgan nizo vujudga kelganida paydo bo‘ldi. Juma kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistonini narxlarni tushishida qisman aybladi. Saudiyaliklar tashqi ishlar va energetika vazirlarining g‘azabli bayonotlari bilan javob berdi.
Agar Vashington o‘z ishlab chiqarishidan uch-to‘rt million barrelni "kesib tashlashini" e’lon qilganda edi, hech qanday tortishuv bo‘lmasdi deb aniq taxmin qilsa bo‘lardi: hamma kelishuvlarni imzolash va foydani hisoblash bilan band bo‘ladi. O‘zaro ayblovlar, ginalar va samarali dialogni o‘rnatishdagi qiyinchiliklarga qaramay, neft bozori uchun yangi arxitekturani qurish uchun (ehtimol tez va rasmiy emas) rasmiy imkoniyatlar mavjud va bunda neft ishlab chiqaruvchi har bir mamlakat, shu jumladan AQSh ham o‘z zimmasiga narxni ko‘tarish maqsadida neft qazishni qisqartirish bo‘yicha muayan majburiyatlarni oladi deb taxmin qilish uchun asos bor.
Donald Tramp siyosiy jihatdan Amerikaning neft kompaniyalaridan ishlab chiqarishni qisqartirishni talab qila olmaydi, va bunday majburiyatlarni o‘z zimmasiga olganligini ochiqchasiga tan olishni istamaydi: narxlar urushida yutqazgan Amerika prezident o‘z saylovchilariga va’da bergan yana "buyuk Amerika"ga o‘xshamaydi. Ammo ikkita muhim nyuans bor: Trampga haqiqatan ham neft narxini ko‘tarilishi kerak (aynan xudbin siyosiy manfaatlar tufayli) va unda prezident ma’muriyati ishlab chiqarish nuqtayi nazaridan kimgadir nimanidir buyurtma qilmasdan istalgan natijaga erishishi mumkin uslublari bor.
Agar bu ishga (OPEK+ ham ishlab chiqarishni kamaytirishi kafolatini olgan prezidentning yordami va ko‘magi bilan)Texas neft bozorini tartibga solish bo‘yicha komissiya bu masalaga kirishsa, unda bir necha yaxshi bahonalar bilan ikki-uch million barrel slanes ishlab chiqarishni "kesib tashlash" nisbatan osonroq bo‘lishi mumkin, eng yirik slanes kompaniyalari rahbarlarining o‘zlari ham shtat hukumatidan aynan shunday choralarni ko‘rishni talab qilmoqda. Amerika ishlab chiqarishining katta qismi Meksika ko‘rfazidagi platformalarda amalga oshiriladi - federal hukumat ularni neftchilar sog‘lig‘i uchun tashvish tufayli ularni vaqtincha yopib qo‘yishi mumkin (texnik xarajatlar uchun tegishli qoplash bilan), chunki neftchilar uchun bu platformalar koronavirusga ommaviy chalinish joyiga aylangan kruiz laynerlariga o‘xshab suzuvchi tabutlarga aylanishi mumkin. Bu muzokaralar oson kechishini, ular albatta muvaffaqiyat qozonadi va bu muvaffaqiyatga erishish oson kechishini anglatmaydi. Ammo Vashingtonga bu iqtisodiy nuqtayi nazardan juda og‘riqli nuqta va neft bozorida yangi kartelda (rasmiy yoki norasmiy bo‘lishidan qat’iy nazar) ishtirok etishdan manfaatdor ekanligi bu oldinga tashlangan yaxshi qadam va muhim natijadir.
Keyingi OPEK + yig‘ilishining natijalaridan qat’i nazar, ishlab chiqarishni jiddiy pasayishi ham neftga tushgan talabni qoplay olmaydi - koronavirus sayyoramizning neft va neft mahsulotlariga bo‘lgan talabini keskin kamaytirdi.
Asosiy stavka - bu koronavirusdan keyin neft bozorlarining kelajagi. Oxir oqibat, epidemiya barham topadi va neftdan pul ishlash istagi saqlanib qoladi (shu jumladan AQShda), xuddi shu tariqa global iqtisodiyotda qora oltinga ehtiyoj saqlanib kolganni singari. Agar dunyo epidemiyadan neft bozorida narx aslida neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning global kelishuvi taraflari tomonidan nazorat qilinadigan yangi arxitekturasiga ega bo‘lgan holatda chiqsa, demak, bu joriy inqirozning juda kam miqdordagi ijobiy natijalaridan biri sifatida qaralishi mumkin.