Koronavirus pandemiyasining boshlanishi bilan tugagan davrda Rossiya oʻziga xos noyob mamlakat edi, unga doimiy ravishda milliardlab zarar, kompensatsiyalar, shuningdek, ommaviy kechirim soʻrash bilan hududlarning qaytishi va butun aybni boʻyniga olish afsus nadomatda boʻlish talablari qoʻyilgan.
Masalan, Ikkinchi Jahon urushi uchun, Qizil Armiyaning Germaniyalik qurbonlari uchun, "Polshaning boʻlinishi", "ocharchilik" (golodomor) uchun, Qrim uchun, Boing uchun, Kuril orollari uchun, Britaniya hududida "kimyoviy qurol ishlatgani" (yaʼni Skripal ishi) uchun, Yukos ishi uchun, global isish (Rossiya neft va gazi tufayli)," Nord Oqimi ", Donbass uchun, shuningdek AQShda, Buyuk Britaniyada, Chernogoriya, Madagaskarda va boshqalarda "saylovlar va referendumlarga aralashgani" uchun bildirilgan tovon toʻlash va tavba qilish talablarini esga olsa boʻladi.
Koronavirus vaziyatni oʻzgartirdi, ammo unchalik yaxshi boʻlmagan tarafga. Rivojlangan Gʻarb dunyosi (va uning yoʻldosh mamlakatlari) trillionlab dollar tovon pullarini talab qiladigan mamlakatlar guruhi toʻsatdan kengaydi va endi Xitoydan, Rossiya bilan bir qatorda, trillionlab dollar iqtisodiy zarar, shuningdek, Donald Tramp aniq va doimiy ravishda "xitoylik" deb ataydigan koronavirusning qurbonlari uchun kompensatsiya sifatida daʼvo qilinmoqda. RIA Novosti xabariga asosan.
Bu ayblovlarning mohiyati quyidagicha sxematik tarzda tuzilishi mumkin boʻlgan quyidagi (soxta) dalilga asoslanadi: "Agar Xitoy Gʻarb mamlakatlariga yangi dahshatli virus aniqlanganligini aytganda edi, u holda tsivilizatsiyalashgan Gʻarb mamlakatlari tayyor turgan boʻlar edi va u yerda epidemiya boʻlmas edi. Ammo Xitoy hamma narsani yashirdi, haqiqatgoʻy doktorlari tsenzura ostida qoldi va umuman olganda, u hozir Pekinning harakatlari tufayli halok boʻlgan gʻarbliklarning iqtisodiy zararlari va qurbon boʻlgan hayoti uchun javob berishi kerak".
Talab shubhasiz bemaʼnidir, ammo bu bemaʼnilik (imidj mulohazalarni gapirmasdan) Xitoyni tovonni toʻlashga va tavba qilishga majburlash urinishlarini toʻxtata oladi deyish uchun shunchalar sodda (gʻarblik sheriklarimizning fikrlash xususiyatlarini bilmasdan) boʻlish kerak.
Britaniyaning yetakchi gazetalaridan biri boʻlgan The Daily Mail oʻzining yakshanba kuni chiqadigan Mail on Sunday nashrida Xitoyning pullari uchun kurashning maqsadlari va usullarini bayon qildi: "Xitoy bizdan 351 milliard funt (433 milliard AQSH dollari - tahr.) qarz. Britaniya Pekinni xalqaro sudlar orqali Koronavirus uchun tovon puli (olish uchun - tahr.) taʼqib qilishi kerak, deydi jiddiy tadqiqotchilar. Konservativ partiyaning oʻn besh nafar nufuzli aʼzosi Buyuk Britaniyaning Xitoy bilan munosabatlarini "qayta koʻrib chiqishga" chaqirmoqdalar. <...> Epidemiya boshlanganidan beri dunyoning yetakchi iqtisodiyotlari 3,2 trillion funt (3.95 trillion AQSH dollari – tahr.) zarar koʻrdi. Xitoy vijdonliroq boʻlganida edi, bularning oldini olsa boʻlar edi, deb qoʻrsatadi tadqiqotlar".
Mail on Sunday tayanayotgan obroʻli tadqiqot – bu Henry Jackson Society tahlil markazining "tergovi" boʻlib, unda epidemiya uchun ayb aynan Xitoy hukumatiga qoʻyilmoqda.
Amerikaning Bloomberg agentligi loyihasida xalqaro sudlarda Pekinga qarshi sud jarayonlarining huquqiy istiqbollari batafsil koʻrib chiqilgan. Bu istiqbollarni shu kabi holatlarga ixtisoslashgan amaliyotchi advokat keltirgan, va u bu jarayon allaqachon boshlanganligini juda tom maʼnoda taʼkidlamoqda: "AQShning oʻzi tomonidan Xitoyga qarshi virusning (epidemiyaning – tahr.) erta bosqichi xaqida maʼlumotni bostirilishi va koronavirus tarqalishi tufayli yetkazilgan zarar uchun tovon sifatida milliardlab (dollar – tahr.) undirish boʻyicha ikkita jamoaviy daʼvo qoʻzgʻatilgan".
Agar bu davom etsa, shunga oʻxshash daʼvolar nafaqat AQSH, balki Yevropa va xalqaro sudlarda ham koʻrib chiqiladi.
AQShning amaldagi prezident maʼmuriyati Xitoy va "xitoy tahdidi"ga qanday munosabatda ekanligini yodda tutgan holda, bunday harakatlar maksimal darajada siyosiy koʻmak oladi, deb taxmin qilish mumkin, ayniqsa oʻz xatolarini tashqi dushmanning harakatlarida ayblash bu mashhur siyosiy taktika, va bu taktikadan amerikaliklar (va nafaqat ular) Rossiyaga (va nafaqat unga) nisbatan muvaffaqiyatli foydalanganlar.
Darvoqe, Rossiya tajribasi shuni koʻrsatadiki, bunday daʼvolarning yuridik jixatdan pastligi ushbu sud jarayonlarining istiqboliga umuman taʼsir qilmaydi (biz bundan bir necha bor oʻtganmiz), Britaniya hukumati nuqtai nazaridan har qanday mudofaa taktikasini bekor qiluvchi oʻzining maxfiy qurolini Pekinga qarshi muvaffaqiyatli ishlatishi mumkinligini gapirmasa ham boʻladi. Ushbu qurol - jangovar "xayli laykli" ("katta ehtimollik bilan"), bu juda sehrli formula boʻlib, u bizning Londonlik geosiyosiy raqiblarimizga jinoyatlarning Moskvaga qoʻyilgan daʼvolarda Rossiya aybdorligi toʻgʻrisida har qanday oqilona dalillarni taqdim etish zaruriyatidan xalos qiladi. Oshiqcha xom-hayollarga berilishning hojati yoʻq: Xitoy uchun, Gʻarbda oʻzlarining "Xitoy Brauderini" (yoki yaqin kunlarda topiladi) va "xitoylik Xodorkovskiy"ni va hatto epidemiyaning haqiqiy qurbonlarini, shuningdek, xitoylik mahalliy amaldorlardan jabr koʻrgan Uxanlik shifokorlarni topib boʻldilar. Ular tirik xitoyliklardan trillionlab tirik dollarlarni undirish uchun surbetlarcha foydalaniladi.
Biroq, bu trillionlarni Pekindan olish imkoniyati xayoliy. Ammo gap bunda emas, balki Yevropa Ittifoqi yoki AQShning oddiy fuqarolarini Gʻarbiy dunyoda epidemiya katastrofik iqtisodiy oqibatlarga olib kelgani haqidagi noroziligidan halos qilish. Ommaviy axborot vositalarining barcha harakatlariga qaramay, oddiy yevropaliklarda va amerikaliklarda barcha muammolarning sababi Xitoyning taxmin qilinayotgan maxfiyligi ekanligiga ishonch hosil qilishlari qiyin. Biroq, xuddi shu tomoshabinlar bir necha hafta davomida Gʻarb ommaviy axborot vositalarida Xitoy hukumati epidemiyaga qarshi qanday choralar koʻrayotgani, shu jumladan bloklangan uy-joy komplekslari, dronlarda oziq-ovqat yetkazib berilishi, ommaviy testlar olinishi, korxonalarni toʻxtatilishi va hatto politsiya tomonidan himoyalangan hududlar orasidagi yoʻllarni qazib tashlanishi toʻgʻrisida xabarlarni tomosha qilgan. Bularning barchasi "avtoritarizm" va Pekin hukumatning nooqilonaligi dalillari sifatida taqdim etilgan. Ammo hozir, xuddi shu xabarlarga ishora qilib, Boris Jonson va Donald Tramp bu jiddiy masala ekanligiga ishonishlari uchun daʼvogarlardan yana qanday aniq va hayratlantiruvchi harakatlar (bayonotlar emas, aynan harakatlar) amalga oshirilishi kerakligi haqida soʻrash mumkin. Bu daʼvolar hatto PR-aktsiya sifatida ham, Xitoyga qarshi barcha daʼvolar befoydadir, ammo Xitoyga qarshi iqtisodiy sanktsiyalarni joriy qilish uchun bahona sifatida ular mukammaldir.
Aslida, aynan sanktsiyalar kiritsh uchun bu mashmashalar tashkil qilinmoqda..