Dunyoda

Koronavirusga chalinganlar soni boʻyicha AQSH dunyoda birinchi oʻringa chiqdi

© REUTERS / Mohamad TorokmanMeropriyatiya po predotvraщeniyu rasprostraneniya koronavirusa
Meropriyatiya po predotvraщeniyu rasprostraneniya koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ayni damda Italiyada 8215 kishi ushbu virusdan vafot etgan Xitoyda 3298 AQShda esa 1288 nafar bemor COVID-19 virusidan vafot etgan.

TOSHKENT, 27 mar — Sputnik. Tasdiqlangan koronavirus COVID-19 holatlatlari boʻycha AQSH dunyoda birinchi oʻringa chiqdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Djons Xopkins universiteti hisob-kitobiga koʻra, mamlakatda 85,4 mingta koronavirusga chalingan bemorlar qayd etilgan. Xitoyda esa shu kunda – 81,3 mingta bemor qayd etilgan. Shunday qilib AQSH bir kunda Xitoydan ham Italiyadan ham oʻzib ketdi, - deyilgan xabarda.

Lekin AQShda Xitoy va Italiyaga nisbatan oʻlimlar soni kam. Ayni damda Italiyada 8215 kishi ushbu virusdan vafot etgan Xitoyda 3298 AQShda esa 1288 nafar bemor COVID-19 virusidan vafot etgan.

Shu oʻrinda ushbu raqamlar naqar haqiqatga mos ekanini ham yana bir bor tekshirish zarar qilmaydi, chunki ushbu mamalakatlarda oʻlimlarni qayd etish tizimi turlicha ishlashi mumkin. AQSH va Italiyada koronavirusga chalingan bemorlarning aksariyati hozirgacha davolanmoqda va yakuniy xulosaga kelishga hali erta.

Shu bilan birga, AQShda kasalikka chalinayotgan bemorlar soni keskin oshayotganini ham qayd etish zarurdir. U yerda bir kunda koronavirusga chalinganlar soni kuniga mintgtalab oshmoqda. Bunga sabab AQShda koronavirusga qarshi ommaviy testlar oʻtkazilayotgani ham boʻlishi mumkin. Bugungi kunda AQShda yarim milliondan ortiq kishi ushbu COVID-19 testidan oʻtgan.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 460 mingdan, qurbonlar soni 20 mingdan oshib ketgan.

Yangiliklar lentasi
0