Amerikadagi Xitoy OAVlari AQSh hukumati talabi bilan o‘z shtatini qisqartirmoqda

© Sputnik Gosudarstvenniy departament SShA
 Gosudarstvenniy departament SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pekin amerikaning Wall Street Journal nashrida ishlaydigan uch nafar jurnalistni "Xitoy - Osiyoning haqiqiy kasali" maqolasi uchun akkreditatsiyadan mahrum qilib, mamlakatdan chiqarib yuborgach, AQSh shu tarzda javob qaytardi.

TOShKENT, 13 mar - Sputnik. Xitoyning to‘rtta davlat OAVlari 13-mart sanasiga kelib AQShdagi xodimlari sonini Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti tomonidan qo‘yilgan cheklovlarga muvofiq qisqartirishlari lozim.

Jenshina v meditsinskoy maske v Seule  - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy virusi AQSh qudratini barbod qilish bilan tahdid qilmoqda. Rossiyagachi?

Ilgari xabar berilganidek, ko‘rsatilgan muddatga kelib, mamlakatni 60ga yaqin kishi tark etishi lozim, yuz nafar XXR fuqarosigina AQShda qolib ishlash huquqini saqlab qoladi. Xususan, China Radio International - ikki, China Daily nashri – to‘qqiz, China Global Television Network (CGTN) telekanali – 30, Sinxua axborot agentligi esa – 59 nafar xodimlarini mamlakatda qoldirishi mumkin.

Bu kutilmagan xabar emas

Vaziyatdan xabardor manbaning RIA Novosti agentligiga ma’lum qilishicha, xitoy OAVlari AQSh hukumati talablarini bajarishga kirishishgan va bu qaror "kutilmagan" emas.

"Ikkiyoqlama munosabatlar ma’lum vaqtdan buyon yomonlashib kelayotganini hisobga olgan holda, bu kutilmagan qaror bo‘ldi, deya ayta olmayman, xitoy OAVsiga nisbatan keskin choralarni ogohlantirish signali sifatida qabul qilish mumkin", - dedi u.

Suhbatdoshning aytishicha, hozirgi holat alohida jurnalistlar faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazishi dargumon. Ammo tashkilotlar uchun bu "tarkibni sezilarli qisqartirish"ni va "ayrim vazifalarning majburan qisqartirilishi"ni anglatadi. U shuningdek, ushbu OAVlar qisqartirilgan shtat o‘rnini to‘ldirish uchun amerikalik xodimlarni ishga olish-olmasliklaridan bexabarligini aytib o‘tdi.

Prezident RF Vladimir Putin i predsedatel Kitayskoy Narodnoy Respubliki (KNR) Si Szinpin - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Xitoy qoidalarni qayta yozmoqda. AQSh “yangi davr”da yashashga tayyorlanmoqda

Endi chet el missiyalari

Ushbu harakatlar AQSh tomonidan Xitoyning beshta tashkilotiga nisbatan kiritilayotgan cheklov choralarining bir qismidir. Rasmiy Pekin amerikaning Wall Street Journal nashrida faoliyat yurituvchi uch nafar jurnalistni "Xitoy - Osiyoning haqiqiy kasali" maqolasi uchun akkreditatsiyadan mahrum qilib, mamlakatdan chiqarib yuborgach, AQSh mana shu tarzda javob qaytardi.

Xitoy hukumati fikricha, material XXRning virusga qarshi olib borayotgan kurashini obro‘sizlantirgan, shuningdek, "shov-shuvli irqchilik hidi kelib turgan sarlavhaga ega bo‘lgan". Nashr uzr so‘rashdan bosh tortgan.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, AQSh Davlat departamenti, yuqorida nomlari tilga olingan beshta OAVni, shuningdek, China Dailyni tarqatish bilan shug‘ullanuvchi Hai Tian Development USA kompaniyasini "chet el missiyasi"ga tenglashtirdi. Bu degani, endilikda ular Davlat departamenti oldida o‘z xodimlari va AQShdagi mol-mulki haqida hisobdorligini anglatadi.

AQSh Xitoy va Rossiyaga qarshi turish uchun Osiyoda harbiy ishtirokini kuchaytiradi

Yana biroz vaqt o‘tgach, Davlat departamenti vizaviy cheklovlar kiritilishi haqida e’lon qildi. Idora vakilining jurnalistlarga bergan xabariga ko‘ra, 2015-yildan buyon AQSh XXRga 3000ta jurnalist vizasini bergan, ammo bir vaqtning o‘zida Xitoyda atigi 75 nafar Amerika OAVlariga qarashli chet el xodimlari akkreditatsiya qilingan.

Bundan tashqari, xitoyliklar muddati cheklanmagan viza olayotgan bir vaqtda, XXRda viza muddati atigi 30 kunni tashkil qiladi va uni muntazam uzaytirish talab etiladi.

Davlat departamenti endi cheklovlarga aks javob qaytarilishi haqida ma’lum qilgan, idora vakili - bu viza muddati 30 kungacha qisqartirilishini anglatadimi, aniqlashtirmagan. Bunday vizani uzaytirish uchun AQSh hududidan chiqib, vizani konsullikda olish talab etiladi.

Davlat departamenti fikricha, ushbu choralar Xitoy hukumatining chet el jurnalistlariga nisbatan "yanada adolatli munosabatda" bo‘lishiga turtki berishi kerak.

Sovuq urush

Bunga javoban XXR TIV keskin norozilik bildirgan va tanqidiy bayonot bilan chiqish qildi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQShni "sovuq urush ruhida fikrlash"da ayblab, bunday mafkuraviy bid’atlardan voz kechishga chaqirdi.

Osnovatel WikiLeaks Djulian Assanj v politseyskom furgone posle togo, kak britanskaya politsiya arestovala yego v posolstve Ekvadora v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Siyosatchilar "bulg‘angan haqiqat" uchun jurnalistlardan qanday o‘ch oladi?

Tashqi siyosiy mahkama AQShda akkreditatsiyadan o‘tgan xitoy OAVlari axborot tarqatishda obyektivlik, adolat, haqiqat va aniqlik tamoyillariga amal qilishlarini, ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tushunish va kommunikatsiyalarning mustahkamlanishida muhim rol o‘ynashini, shuningdek, gumanitar sohalardagi o‘zaro almashinuv va gumanitar aloqalarni rivojlanishiga ko‘mak berayotganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Pekin, kelgusida javob choralarini ko‘rishi mumkinligiga ishora qildi.

"Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi" voqealar bu tarzda rivojlanayotganini keskin qoraladi va ikkala davlatni ham o‘ch olish siyosatidan voz kechishga chaqirdi. AQSh esa "Pekinning avtoritar taktikasini o‘zlashtirish" o‘rniga, matbuot erkinligida yetakchilik namunasini ko‘rsatishga da’vat qilindi.

Yangiliklar lentasi
0