AQSh JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘yishi mumkin

© AP Photo / AP Photo / J. David AkeFlagi SShA
Flagi SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Tramp JSSTni tanqil qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u asosan Amerika hisobidan moliyalashtiriladi, biroq tashkilot diqqatini Xitoyga qaratgan.

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘yishi mumkinligini istisno qilmadi.

“Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti AQShdan juda katta miqdorda mablag‘ oldi. Biz majoritar ishtirokchi sifatida juda katta mablag‘ ajratar edik, ular mening harakatlanishni cheklash qarorimni tanqid qilishdi. Va ular ko‘p narsalar borasida yanglishishdi.... Demak, biz bularning barchasini diqqat bilan o‘rganib chiqamiz. Biz JSSTga to‘lovni to‘xtatamiz. Va ko‘ramiz”, - dedi Tramp seshanba kuni matbuot oldidagi chiqishi davomida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Jiteli Uxanya v meditsinskix maskax na avtobusnoy ostanovke - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy hukumati Uxan shahridan chiqish yo‘lini ochdi

Ammo jurnalistlar unga haqiqatdan ham shunday qaror qilgani haqidagi savol bilan murojaat qilishdi. Tramp esa u to‘lovlarni to‘xtatish “imkoniyatini o‘rganishni” nazarda tutganini aytgan.

Avvalroq Tramp JSSTni tanqil qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u asosan Amerika hisobidan moliyalashtiriladi, biroq tashkilot diqqatini Xitoyga qaratgan. BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dujarrik Amerika prezidentining pozitsiyasini izohlay turib, JSST koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda juda katta ishlarni amalga oshirganini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0