Xitoyning hazil tuyg‘usi yaxshigina va u yerda bundan foydalanilmoqda, ayniqsa, Amerika bilan kuchayib borayotgan mafkuraviy kurashda. Mana bir misol: AQShning asosiy (bir paytlar) nashrlari, shu jumladan, "Time" jurnali, Pekin davlat ommaviy axborot vositalari deb e’lon qildi. Aynan shunday emas, albatta, balki Vashington nazorat qiladigan "agentliklar" deb. Bularning barchasi jurnalistlarning akkreditatsiyasini olib qo‘yish yoki ushbu ommaviy axborot vositalarinining Xitoydagi mulklarini tortib olish olish kabi oqibatlar bilan mujassamlashdi.
Bizning dunyomizdagi ommaviy axborot vositalari nimani anglatishini, ularning xoh o‘zlarining va yoki boshqa har qanday davlatlar bilan munosabatlari qanday bo‘lishi mumkin va bo‘lishi kerak degan o‘ylarga olib boradigan ajoyib qissa.
Ushbu janjalni Pekin boshlamadi, u faqat javob berdi. Gap shundaki, oy boshida Amerika rasmiylari Xitoy hukumati tomonidan "nazorat qilinadigan"lar ro‘yxatiga "Sinxua" axborot agentligi, davlat radio va televideniyelarini qo‘shdi va nashrlarga xat yozib, mamlakatda hozir bo‘lishlarini 160 kishidan 100 kishigacha qisqartirishlarini so‘ragan. Mulkni tortib olish bilan.
Ammo bular haqiqatan ham davlat ommaviy axborot vositalarimi? Shubhasiz. Ammo Amerikacha talqin quyidagicha bo‘lgan: "Xitoy hukumati tomonidan boshqariladigan agentliklar". "Hukumati" so‘zi javob sifatida ishlatilgani juda ta’sirli.
Ushbu talqinlarning ixtiroviy almashinuvi ortida AQSh dunyoga singdirishga urinayotgan bir qancha mafkuraviy doktrinalar turmoqda. Xitoy, shuningdek, Rossiya va boshqa ko‘plab davlatlar, ushbu doktrinalarga hech bo‘lmaganda hayrat bilan qarashmoqda, ayniqsa ularning amaliy qo‘llanilishidan kelib chiqadigan narsalarga.
Masalan, Amerikada va umuman G‘arb sivilizatsiyasida ommaviy axborot vositalari umuman davlatga tegishli bo‘lmasligi kerak degan g‘oyani faol targ‘ib qilinmoqda. Bu hokimiyatning alohida tarmog‘i, to‘g‘rirog‘i, fuqarolik jamiyatining tarmog‘i bo‘lib, unga hukumat ta’sir ko‘rsatmasligi kerak, bundan tashqari aksincha OAV unga ta’sir qilishi va uni nazorat qilishi kerak.
Yana bir g‘oya: bir jurnalist aniq suveren haqiqat tashuvchisidir va kim ish beruvchisi bo‘lishidan qat’iy nazar, jurnalist unga qaram bo‘lmasligi kerak. Va hozirgi Pekin janjalida Amerika tomoni Pekin New York Times va boshqa nashrlarning allaqanday "vakillariga" emas, balki egalari bilan tuzilgan shartnoma asosida mustaqil suveren shaxslarga akkreditatsiya berishdan bosh tortapti deb tushuntirmoqda.
Birinchi fikr ikkinchisiga zid kelishini ko‘rish oson: agar jurnalist suveren bo‘lsa, unda ish beruvchisi kim, hattoki davlat bo‘lsa ham, nima farqi bor? Ammo gap hatto bunda emas. Hammasi soddaroq. Xitoy o‘ziga yo‘naltirilgan va puxta o‘ylangan yolg‘onlardan charchagan va umuman kim kimning ta’siri ostida ekanligiga befarq - amerikalik jurnalistlar hukumat ta’siri ostidamiyoki aksincha. Yoki qaysi mafkura to‘g‘ri - ehtimol qaysi birining g‘alabasida yolg‘on kamroq bo‘lgani ma’kulroq.
So‘nggi uch-to‘rt yil ichida Xitoyning tajribasi quyidagicha. Ushbu mamlakatda ishlagan (va hozirda haydalayotgan) amerikalik jurnalistlar to‘satdan bir ovozdan dahshatli ishlarni qilayotgan totalitar davlatning manzarasini yaratishga kirishdilar. Shinjonda yosh jihodchilarni qayta o‘qitish maktablari "konslagerlar"ga aylandi. Mamlakatda mahbuslar va boshqalarning birboshlik "majburiy mehnati" aniqlandi. Gonkongda yosh g‘alayonchilar demokratiya uchun kurashchilari bo‘lib chiqdi. Italiyadagi (mamlakat "Yevropada koronavirusning eng yomon avj olishini oldini olish uchun o‘z iqtisodiyotini xavf ostiga qo‘yishi" uchun maqtalmoqda) va Xitoydagi (karantin mobaynida "odamlar hayoti va shaxsiy erkinliklari juda qimmatga tushadi") karantinga oid chuqur ma’noga ega ma’naviy izohlarga nima deysiz? Gap shundaki, karantin choralari bir xil, italiyaliklar xitoyliklar misoliga taqlid qilishgan.
Dastlab, Xitoy hukumati har bir hodisani sabr bilan o‘rgandi va har doim navbatdagi matbuotdagi fosh qilinishning negizida juda ko‘pol soxtalik turganini aniqladi. Ammo negadir o‘sha "mustaqil" jurnalistlarning o‘quvchilari bu haqda xabardor qilinmagan yoki bu bema’ni va xufiyona tarzda qilingan.
Aytishga hojat yo‘q, Rossiya aynan shu vaziyatni boshidan kechirdi (sha ma’noda – munosabat bildirishni to‘xtatdi). Darvoqe, Amerikaning o‘zi va uning ittifoqchilari ham xuddi shu narsani boshdan kechirmoqdalar: shunchaki Donald Trampdan boshlab, u yerdagi Demokratik partiyaga yoki uning Yevropadagi klonlariga tegishli bo‘lmagan har qanday arboblarni har kuni masxara qilishlarini ko‘rish kifoya. Umuman olganda, jurnalistikada bir nimalardir ro‘y bermoqda va kim kimning ta’sir ostida ekanligini o‘rganish uzoq va zerikarli.
Xitoy ommaviy axborot vositalarida "chet ellik jurnalistlar "Xitoy va dunyo o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni rivojlantirishda ijobiy rol o‘ynashi kerak" kabi axloqiy qoidalarni uchratish mumkin. Bu jurnalistikaning maxsus sohasi – xalqaro jurnalistikasi nima uchun mavjudligi shundoq ham tushunarli: aynan xalqlar bir-birini tushunishlari uchun, ya’ni o‘z chegaralaridan tashqarida bo‘layotgan voqealarning haqiqiy manzarasini ko‘rishlari uchun.
Ammo bu tanbehlar eng samaraligi emas. Lekin yaxshi ishlaydigani - yuqorida aytib o‘tilganidek, hazil, shu jumladan xitoycha hazil tuyg‘usi. O‘quvchilarimiz Pekin dunyoni, shu jumladan Donald Trampni qanday qilib o‘sha virusni "Uxan" va "Xitoy" virusi deb atashdan to‘xtatishga majbur qilish harakatlari haqidagi hikoya bilan tanish. Eng kulgili tomoni shundaki, Xitoy mutafakkirlari buni qanday boshlaganliklari: ular virusga millat berishni irqchilik deb atashdi. G‘arbiy jamoalardagi qizg‘in mafkuraviy muhitdan yiroq bo‘lgan oddiy bir odam har qanday holatda ham shunday deyishga qodir: ehtimol bu irqchilikdir, ehtimol bunday emas - bu menga qiziq emas, meni tinch qo‘ying. Ammo AQShda bunday emas. Bu yerda o‘yin qoidalari shundan iboratki, kimnidir birinchi bo‘lib irqchilikda ayblagan kishi g‘alaba qozonadi va ayblanuvchi esa darhol tavba qilishni boshlashi kerak.
Va bu xitoycha hazil taktikasini qo‘llash natijasi quyidagicha: Trampda emas, balki boshqalarda bu ish berdi. Mayli AQShlik vrach Yudjin Gu ismli fuqarosida bu sado berdi, va yana bir necha Demokrat kongressmenlar, yoki hatto Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi yoki Gollivud yulduzi Mia Ferrou iqtisodchi Devid Rotshild (juda yoshi) bilan birlashib ham sado berishdi... Bu ro‘yxatda oxirgilar Trampni irqchi deb atashdi va Mia virus endilikda olma pirogi kabi amerikacha ekanligini qo‘shib o‘tdi ham.
Aytgancha, pirog azaldan gollandcha bo‘lgan, ammo Amerika esa uni o‘ziniki deb hisoblaydi. Pirogning millati yo‘qmi?
Manba: RIA Novosti.