TOShKENT, 30 mar – Sputnik. Amerikalik tadqiqotchilar global tus olgan koronavirus epidemiyasi yana bir qadimiy kasallikni qo‘zg‘atganini qayd etishmoqda. Ushbu kasallik iqtisodiy xarakterga ega bo‘lib, insoniyat tarixida bir necha bor o‘zini namoyon qilgan, deb yozadi RIA Novosti muallifi Ivan Danilov.
Amerika OAVlari yetakchisi - The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, koronavirus va unga qarshi ko‘rilayotgan choralar tufayli – dunyoda haqiqiy “Oltin bezgagi” boshlangan.
Koronavirus tufayli dunyoda yuzaga kelgan krizis hali tugagani yo‘q va yaqin orada tugaydiganga o‘xshamaydi ham, lekin WSJ “Bu haqiqiy oxirzamon va sarmoyalar bozori xaos ostida bir amallab jon saqlab qolishga harakat qilmoqda” deb yozadi.
Gap shundaki, epidemiya dunyoga tarqalishi bilan investorlar va bankirlar olin yombilari va oltin tangalar yetishmovchiligini his qilmoqda. Barcha dalerlar o‘z zahiralarni sotib bo‘lgan yoki vaqtincha yopilgan. 1856-yildan buyon o‘z oltin yombilarini quyish bilan shug‘ullangan Credit Suisse Group AG (Shveysariya banki) ham ushbu haftada o‘z ijozlariga “oltin haqida hatto so‘ramanglar ham” deb javob bergan.
Londonda esa bankirlar xususiy va harbiy samolyotlarda Nyu-Yirk birjasiga oltin olib borishga harakat qilishmoqda. Uoll-strit bankirlari oltin so‘rab (sotish uchun) Kanadaga murojaat qilishgan.
So‘nggi hafta davomida oltin narxlari 9 %ga oshdi. WSJ yozishiga ko‘ra ushbu vaziyat 2008-2009 yillardagi krizis vaqtini eslatmoqda. Aynan shunday kunlardan birida AQShning asosiy banklaridan biri hisoblangan Lehman Brothers o‘z bankrotligini e’lon qilgan va shundan so‘ng 2008-yil krizisi boshlangan edi.
Ommaviy ravishda oltin sotib olish – bu bankirlar va sarmoyadorlarning sarosimaga tushib qolganini anglatuvchi an’anaviy va asosli belgilardir. Nega deganda – seyfga solib qo‘yilgan oltin tanganing narxi o‘z-o‘zidan tushib ketmaydi. Shu sababli ham asrlar davomida oltin aktivlar investorlar uchun xotirjamlik manbai bo‘lib kelgan.
Lekin amerikalik jurnalistlar va meynstrim iqtisodchilari oltin aktivlarni yaxshi ko‘ruvchi investorlarni “yaxshi ko‘rishmaydi”. Ular bundaylarni “konspirologik nazariyalar tarafdori” va kelishi “noma’lum” bo‘lgan krizislarga oldindan tayyorlanishni yaxshi ko‘rishda ayblashadi.
Shuningdek oltinni “yaxshi ko‘ruvchi” investorlar xalqaro neft-dollar tizimiga ishonchsizlikning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Axir Amerika katta foyda ko‘rayotgan hozirgi “dollar taxt”iga chiqmasdan burun ushbu taxtda oltin o‘tirgan edi.
Hozirgi oltin narxining oshishi va oltinga kiritilayotgan sarmoyalar miqdori oshishi, bu - dollar tebranayotganidan va qulab tushishi mumkinligidan darak beradi. Bunday vaziyatda o‘zini patriot hisoblaydigan amerika jurnalisti uchun “oltin – yomon, dollar – yaxshi” deyish muqaddas burchdir.
Lekin masalaning biznes va iqtisodiy tomoni ham bor, shuningdek jurnalist reputatsiyasi dgan narsa ham bor. Shu sababli ular o‘z fikrlarini “qog‘ozga o‘rab” imkon qadar neytral ko‘rinishda berishga harakat qilishmoqda.
Shu sababli yuqoridagi maqolaga o‘xshagan “Oltin tirik qoluvchilar* orasida ommaviy” – degan maqolalar paydo bo‘ladi.
*Tirik qoluvchilar (survivalist) – so‘nggi yillarda turli mamlakatlarda ommaviylashib borayotgan oqim bo‘lib, uning tarafdorlari tez orada Yer yuzida biror halokat yuz berishi mumkin degan nazariyaga ishonib yoki har ehtimolga qarshi hamma narsaga oldindan tayyorlanib yurishadi. Ular odatda bir necha kunga yetarli ovqat, qurol, suv, fonar, pichoq va protivogaz kabi buyumlarni oldindan tayyorlab qo‘yishadi.
Aslida oltin nafaqat “tirik qoluvchilar” uchun balkim Fedrezerv iqtisodni cheksiz miqdorda pul bilan to‘ldirayotgan vaqtda o‘z mablag‘larini inflyatsiyadan saqlab qolishni istagan sarmoyadorlar uchun ham kerak bo‘lishi mumkin.
AQShning eng yirik kreditorlaridan biri bo‘lgan Pekin ham so‘nggi vaqtlarda dollar devalvatsiyasidan xavotirga tushganini bildirmoqda. Shuning uchun ham ayrim investorlarning oltinga qiziqishini “aqlsizlik” deyish mushkul.
G‘arbiy OAVlar aynan “tirik” oltin defitsitini qayd etishmoqda. Nega deganda. Amerika yoki Shveysariya bankining belgilangan narxda oltin sotib olib berish (Fyuchers) va’dasini sotib olish - juda oson. Lekin bir necha dona oltin tanga yoki oltin yombilarini sotib olish ancha mushkul.
“Oltin yombi yoki tanga sotib olmoqchimisan ? Senga omad” – deb zaharxanda qiladi CNN telekanali.
“Koronavirus pandemiyasi iqtisodni barbod qilmoqda, butun Yevropa bo‘yicha oltinni qayta ishlovchi zavodlar yopilgan, internet magazinlarda oltin yo‘q. Oltin tashuvchi samolyotlar – hammasi yerda turibdi. Tirik oltin topish – tobora mushkullashib bormoqda” – deb yozadi telekanal.
Donald Trampning iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Lerri Kanlou 2001-yilda The Spectator jurnaliga bergan intervyusida “Men oltin ommaviy va jozibador sarmoya vositasi bo‘lishini istamayman. Shunday bo‘lgan zamon – tarixning boshqa bo‘lagi chil-parchin bo‘ladi”, - degan edi.
Oltin bilan bugun sodir bo‘layotgan voqealar – janob Kanlou uchun “tarixning boshqa bo‘lagi” bo‘lsa ajab emas. Bunday so‘zlar ostida Kenlou dollarga asoslangan amerika iqtisodi va dunyoning bugungi moliya-kredit tizimini nazarda tutgan bo‘lsa ajab emas.
Ana “oxirzamon” keldi, mana “kirizis boshlanadi” degan prognozlar qilish hech qachon yaxshi ish bo‘lmagan, albatta. Lekin bugun sodir bo‘layotgan voqealar globallashgan va dollarlashgan bozorlar moliya bozorlari naqadar qaltis ekanini namoyish qilmoqda. Koronavirus yoki undan kattaroq xavf uni bir xumda tilka pora qilishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Ushbu vaziyatda Rossiya Markaziy banki bir necha yildan buyon oltin zahiralarini oshirib kelayotgani va aholiga ham o‘z jamg‘armalarini oltinda saqlashni maslahat berayotgani – to‘g‘ri qadamlar ekaniga amin bo‘lish mumkin. Ayrim komentatorlar ushbu tavsiyalarga istehzo bilan qarasa-da, ertami kechmi bunday ehtiyotkorlik o‘z samarasini yaqqol ko‘rsatadi.