TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Joriy yil 9 oyida O‘zbekiston 3,9 mlrd AQSh dollari qiymatida oltin eksport qildi, xabar qiladi O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi.
Eksport tuzilmasida qimmatbaho metall 29% ni tashkil etdi.
2015 yilda oltin eksporti 823,9 mln, 2016-yil 738,2 mln, 2017-yil 1,6 mlrd AQSh dollari qiymatida eksport qilindi.
Eslatib o‘tamiz, bir hafta ilgari Oltin bo‘yicha butunjahon kengashi (World Gold Council ) 2019-yil sentabr yakunlari bo‘yicha eng yirik oltin saqlovchilar ro‘yxatini chop etgandi.
O‘zbekiston reytingda oltin-valyuta zahiralari bo‘yicha 17-o‘rinni egallab, o‘zida 352,7 tonna oltin saqlashi ma’lum bo‘ldi. Bu respublikada mavjud umumiy zahiraning 56,2% ini tashkil etadi.
Oltin ko‘p, u bizga hech qanaqa pul keltirmaydi - Moliya vaziri o‘rinbosari
Jahonda eng ko‘p oltin sotib olgan davlatlar birinchi uchtaligiga Rossiya, Turkiya va Xitoy kirgan.