Koronavirusning O‘zbekistonga yurishi: oddiy odamlar hayotida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishKarantin
Karantin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoydan boshlangan koronavirus epidemiyasi bugun xalqaro ko‘lamga yetdi. Oddiy virus tufayli faqatgina odamlar aziyat chekayotgani yo‘q - davlatlarning butun boshli iqtisodiyot tarmoqlari sinmoqda. Ushbu pandemiya o‘zbekistonliklar hayotini qay darajada o‘zgartirdi

Virus mamlakatga qayerdan va qanday keldi?  

Joriy yilning 15-mart kuni ilk marotaba O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Bemor Fransiyadan kelgan bo‘lib, u o‘z xohishiga ko‘ra 14-mart kuni Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasi tekshiruvidan o‘tgan. Ertasi kuni unda COVID-19 koronavirus infeksiyasining mavjudligi aniqlandi.

Bemor ayol O‘zbekistonga "Parij-Toshkent" reysi orqali joriy yilning  mart kuni jami 48 yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a’zosi bilan birga uchib kelgan. Tekshiruv natijasidan so‘ng u va uning oila a’zolari 14 kunlik karantinga nazoratiga olindi.

So‘ng joriy yilning 15-mart kuni O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasiga qarashli Istanbul - Toshkent yo‘nalishidagi 274- reysi bilan kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham ushbu infeksiya aniqlandi va respublika Virusologiya ilmiy tekshirish institutida laborator tahlil o‘tkazilib, ushbu bemor ham malakali shifokorlar nazoratiga olindi.

Toshkentda karantin e’lon qilinishi

O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirgan bemor borligi haqidagi xabar albatta, barchada tashqish uyg‘otdi. Ammo hukumat bunday favqulodda holatlarga tayyorligini namoyish etdi. O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida shoshilinch yig‘ilish tashkil etildi. yig‘ilishda Navro‘z saylining o‘tkazilishi bekor qilindi, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashishga oid qator qat’iy choralar belgilandi.

Test-sistemi dlya diagnostiki novogo koronavirusa  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston koronavirusni aniqlaydigan o‘zining test tizimini ishlab chiqdi

16 martdan barcha davlat va nodavlat-xususiy ta’lim muassasalari,  bog‘cha, maktab, kollej, litsey va Oliy ta’lim muassasalarida  muddatdan oldin ta’til e’lon qilindi, o‘qishlar to‘xtatildi. O‘zbekistonga kirish va chiqish ta’qiqlanib, xorijdan kelishni istagan o‘zbekistonliklar uchun elchixonalar tomonidan maxsus charter- reyslari tashkil etildi.

Karantin qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanib, bu bo‘yicha nazorat kuchaytirildi. Karantin vaqtida tekshirilmagan, odamlarda vahima uyg‘otuvchi ruhdagi xabarlarni tarqatuvchilarga nisbatan jinoiy javobgarlik choralari ishlab chiqildi, ularning harakatlariga huquqiy baho berildi.

Sanitarnaya obrabotka mashin v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni yuqtirish xavfi: kasallar bilan muloqotda bo‘lganlar tushunchasi qanday

Musulmonlarga Juma namozi o‘rniga Peshin namozini o‘qish buyurildi

Bundan tashqari, koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasining Ulamolar kengashi tomonidan musulmonlarga Juma namozi o‘rniga uyda peshin namozini ado etishlari buyurildi.

Davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan majlis va boshqa tadbirlarni o‘tkazish vaqtinchalik taqiqlandi. E’tiborlisi, hukumat epidemik vaziyat davrida majburiy ta’til masalasini ijobiy hal eta oldi, karantin e’lon qilinib, maktablar yopildi, o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun majburiy ta’til e’lon qilindi. Qaror bilan koronavirusga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan xodimlar oylik maoshiga har kunlik qo‘shimcha 6 % miqdorda to‘lovlar to‘lanishi belgilandi.

Bog‘cha va maktablar faoliyati to‘xtatilgan vaqtda ushbu muassasalar tarbiyalanuvchilarining ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga yillik ta’til taqdim etilishi belgilandi.

Nashe schastye: Shavkat Mirziyoyev poobshalsya s detmi Prezidentskoy shkoli v Xive - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus tufayli O‘zbekistondagi barcha maktablarda ta’til e’lon qilindi

Bugungacha 3,4 mingdan ortiq maktablarda dezinfeksiya choralari amalga oshirildi va bu ishlar hozirgacha davom ettirilmoqda.

O‘quvchilar majburiy ta’tilga chiqarilib, ular uy sharoitida onlayn o‘qitilyapti.

Maktab o‘qituvchilarining ta’tildagi vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari maqsadida, O‘zbekiston teleradiokompaniyasining to‘rtta telekanali orqali o‘zbek,  rus va qoraqalpoq tillarida malakali o‘qituvchilar tomonidan televizion darslar avvaldan tayyorlandi va ayni damda ta’tilda bo‘lgan o‘quvchilar uchun namoyish etib borilmoqda. 

Bundan tashqari, Xalq ta’limi vazirligining rasmiy veb-sayti orqali  kundalik.com hamda “Onlayn maktab” elektron portali orqali ham videodarslarni kuzatib borish imkoniyati yaratildi. Hozirda respublika bolalar кутубхонасининг www.kitob.uz сайтида o‘zbek va  rus tilida bo‘lgan badiiy adabiyotlar, 1083ta elektron kitob va audio resurslar joylashtirilgan.

Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonasining internet тармоғидаги www.natlib.uz  hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Telegramdagi @bolalikkunlarimda kanalida ham badiiy adabiyotlar va audioovozlar joylashtirilgan.

Poytaxtga kirish va chiqish taqiqlandi, faqat yuk tashuvchi transportlarga ruxsat bor

Joriy yilning 24-mart sanasidan boshlab Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Toshkent shahriga transport vositasi orqali kirish va chiqish harakatlari to‘xtatilib, faqat yuk tashuvchi transportlarning kirib chiqishiga cheklov qo‘yilmadi. 

Qarorga binoan Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar yoki chet el fuqarolari uchun  o‘zlarining shaxsiy transport vositalarida Toshkentga kirishlari imkoni yaratildi, biroq Toshkentdan chiqish uchun esa ularga cheklov o‘rnatildi. Kirib chiqish bo‘yicha ham koronavirus infeksiyasi alomatlarini aniqlash bo‘yicha majburiy tibbiy nazorat o‘rnatildi.

Usilenie sanitarno-karantinnogo kontrolya v aeroportax - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus tufayli O‘zbekistonda niqoblar defitsiti yuzaga keldi

Shahar dorixonalarida tibbiy niqob tanqisligi vujudga keldi

Aholiga tibbiy niqoblardan foydalanish va sanitar-gigiyenik qoidalariga  amal qilish lozimligi, aks holda epidemiyaga chalinishlari yoki jarimaga tortilishlari mumkinligi aytilgach, shahar dorixonalarida tibbiy niqoblar tanqisligi vujudga keldi. Imi-jimida tibbiy niqoblarning chayqovchilari, uning noqonuniy oldi-sotdi savdosi bilan shug‘ullanuvchilari topila boshladi, tibbiy niqoblar va antiseptik vositalari narxlarining sun’iy ravishda oshirilishi holatlari yuz berdi.  Ularning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, ma’muriy choralar ko‘rildi.

Ayrim  ko‘ngillilar va tadbirkorlar tomonidan tibbiy niqoblar xayriya tarzida bepul tarqatilgan bo‘lsa, ba’zi dorixonalar sotuvchilari tomonidan aksiya tarzida, arzonlashtirilgan narxlarda sotildi. 23-martdan esa  hukumat aholiga tibbiy niqobsiz harakatlanishni rasman taqiqladi. Qolaversa, O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aziz Ikramov ham  Xalqaro pres klubda o‘tkazilgan brifinglarning birida, 25-mart kunidan boshlab fuqarolarning jamoat joylarida niqob bilan yurishi shartligi, kimda kim ushbu tartibga bo‘ysunmaydigan bo‘lsa, unga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanilishi haqida ogohlantirdi. Ushbu holat takror sodir etilganda qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishi, bu alohida qonun bilan belgilanganligini ma’lum qildi.  

Mujchina v meditsinskoy maske na odnoy iz stansiy Moskovskogo metropolitena. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda jamoat joylarida niqobsiz yurganlar jazolanadi

Qonunda belgilanishicha, himoya niqobisiz jamoat joyida yurgan shaxslarga 25-mart kunidan boshlab,  223 ming so‘m miqdorida, mazkur holat takrorlanganda 669 ming so‘m miqdorida jarima jazosining qo‘llaniladi. Shuningdek, tibbiy himoya vositalari, xususan, niqoblar tanqisligini sun’iy vujudga keltirib, narxini oshirgan “tadbirkor” larga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi.  

Yangi qaror haqida aholi OAV hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali boxabar qilindi. So‘ng jamoat joylarida, metropolitenlarda tibbiy niqoblar aholiga bepul tarqatila boshlandi. Ayni damda aholining tibbiy niqobdan foydalanganlik holati aksariyat hududlarda nazorat qilinayotganligiga guvoh bo‘lish mumkin, aholi yangi qarordan ogohlantirilib, tibbiy-himoya niqobi bilan bepul ta’minlanmoqda.  

Jumladan, Toshkent shahridagi barcha korxona va muassasalar xodimlariga asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda mehnat ta’tili e’lon qilinib,  ularning ishni masofadan turib davom ettirishlari mumkinligi ma’lum qilindi. Xodim va ishchilarga ham hatto o‘z ish joyida shaxsiy himoya vositalarida bo‘lishlari kerakligi, karantin choralarini buzganlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy choralar qo‘llanilishi aytildi.

Epidemiya davrida shifokorlarning o‘rni qay darajada muhimligi sezildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez fuqarolar hujumiga duchor bo‘lib,  u yer bu yerda kaltaklanib, ijtimoiy tarmoqlarga chiqitb kelayotgan shifokorlarning o‘rni ayni damda sezildi. Ularning insoniyatni tarqalgan kasallikdan himoya qilishi uchun  qilayotgan fidoiyliklarini payqash qiyin bo‘lmadi.

Usilenie sanitarnogo kontrolya v aeroportu Vnukovo v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusdan nima himoya qilishi mumkin? – shifokorlar tavsiyasi

Ayniqsa, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun qo‘ldan kelgancha barcha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Zarur paytda Respublikaning barcha tibbiyot muassasalarida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va ushbu infeksiyaga chalingan bemorlarni davolash uchun sharoitlar yaratilishi vazirlik tomonidan nazoratga olindi, tibbiyot muassasalari kerakli dori-darmon vositalari hamda  mutaxassislar bilan yetarli darajada ta’minlanmoqda.

Qolaversa, O‘zbekistonda rasman karantin e’lon qilinguniga qadar, aholiga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan OAV orqali tez-tez chiqishlar qilindi, targ‘ibot ishlari olib borildi, vaziyat yuzasidan brifinglar tashkil etilib, aholiga vahimaga berilmaslik lozimligi, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish kerakligi ta’kidlandi.  

Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi huzurida 24 soat davomida uzluksiz faoliyat ko‘rsatuvchi shtab tashkil etildi va ushbu shtab hozirgacha ishlab turibdi.

Bolnitsa skoroy meditsinskoy pomoshi v Volgograde - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda deputatlar shifokorlarning maoshini oshirishni so‘ramoqda

Koronavirus sabab, ba’zilarning baxti kechikdi...

Koronavirusning jamoat joylarida yuqishi mumkinligi sababli, joriy yilning 23-mart kunidan boshlab, O‘zbekistondagi barcha to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosim singari ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi bekor bo‘ldi.

Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishining qarori bilan 21-martdan e’tiboran barcha hududlarda faoliyat yuritayotgan mavjud ko‘ngilochar obyektlar, shu jumladan tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, choyxona, oshxona, karaoke, bilyard zallari, chilim markazlari va kompyuter xizmati xonalarining faoliyati ham vaqtinchalik to‘xtatildi.

Respublika bo‘yicha barcha ovqatlanish shahobchalari berkitilib, faqat ovqat tashuvchi kuryerlik xizmatlari yo‘lga qo‘yildi. Ayrim ko‘ngilli ovqatlanish shohobchalariningkarantin vaqtida kuryerlik xizmatlarini mijozlar uchun  bepul qilib qo‘yganliklariga ham guvoh bo‘ldik:

Molodojeni, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda yoshlar to‘yni onlayn o‘tkazdi

—   Koronavirusning kirib kelishi tufayli karantin e’lon qilinganligi munosabati bilan bizning buyurtma yetkazish xizmatimiz vaqtinchalik bepul bo‘ldi. Bundan albatta mijozlar xursand. Qolaversa, ovqatlanish shahobchamiz ishchilarining hammasi maxsus himoya niqoblari va antiseptik vositalaridan foydalangan holda ishlashmoqda. Mijozlarga ovqat yetkazib berganimizda ham, albatta maxsus qo‘lqoplarda, tibbiy niqoblarda bo‘lamiz. Shu bois hozircha mijozlardan kuryerlik xizmati bo‘yicha hech qanday shikoyat bo‘lgani yo‘q. Sababi, tibbiy niqoblar va antiseptik himoya vositalaridan foydalanish nafaqat mijozlarning, balki birinchi galda o‘zimiz, kuryerlarning salomatligi uchun ham muhimdir, – deydi ovqatlanish markazlaridan birining kuryeri sifatida faoliyat yuritayotgan Abdumutallib Abdujabborov. 

Bozorlar ostonasi zararsizlantirildi

Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan 24-mart soat 00:01dan boshlab koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etildi. Unga ko‘ra Toshkent shahrida, keyinchalik bosqichma-bosqich Nukus shahri, viloyat va tuman markazlarida joylashgan barcha yirik dehqon bozorlari va savdo majmualaridagi kirish-chiqish joylarida teplovizorlar va antiseptik vositalari bilan jihozlanishi aytildi va buning ayni damda amalga oshirilayoganini ham Toshkentdagi jamoat joylarida ko‘rish mumkin.

Karantindan qochganlarga qanday chora ko‘riladi?

Respublika Bosh prokuraturasi matbuot kotibining ma’lum qilishicha, Prokuratura organlari tomonidan mamlakatda Covid-19 koronavirusi infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, sanitariyaga oid qonun hujjatlari va epidemiyaga qarshi kurashish qoidalariga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilgan.

Karantin - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Ammo ba’zi chet eldan qaytib kelgan va karantinga joylashtirilgan fuqarolar tomonidan amaldagi qonunlarni qo‘pol ravishda buzish holatlariga yo‘l qo‘yilgan, ya’ni 3 nafar fuqarolar tomonidan epidemiyaga qarshi kurash qoidalari buzilib, o‘zboshimchalik bilan shifoxonadan qochib ketish holatlari kuzatilgan.

Ushbu holatlar yuzasidan joriy yilning 21-mart kuni JKning 25, 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, yuqorida qayd etilgan fuqarolarning barchasi gumondor tariqasida protsessual tartibda ushlangan. Ayni paytda ushbu huquqbuzarlarning xatti-harakatlari yuzasidan ham tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0