O‘zbekistonda deputatlar shifokorlarning maoshini oshirishni so‘ramoqda

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishBolnitsa skoroy meditsinskoy pomoshi v Volgograde
Bolnitsa skoroy meditsinskoy pomoshi v Volgograde - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari, yuqumli kasalxonalarda ishlayotgan shifokorlar oylik maoshini bir necha barobarga oshirishni taklif etmoqda.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. O‘zbekistonda deputatlar hukumatdan shifokorlarning oyligini oshirishni so‘ramoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabariga ko‘ra, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari Gulbahor Saidg‘aniyeva va Shuhrat Polvonov shifokorlarning jamiyatdagi o‘rni va maqomini oshirish, ularni har tomonlama himoya qilish, oylik maoshini oshirish taklifini bildirgan.

Spetsialisti ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda barcha kuch va vositalar koronavirusga qarshi jalb qilingan 

“Jumladan, yuqumli kasalxonalarda ishlayotgan shifokorlar oylik maoshini bir necha barobarga oshirish taklif etilyapti”, - deyilgan xabarda.

Deputatlarning fikricha, birlamchi tibbiyot muassasalarida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar maoshini ko‘tarish vaqti kelgan.

Chunki bugun aholi salomatligini saqlash, ayniqsa, butun dunyoga jiddiy tashvish olib kelayotgan koronavirusdan odamlarni asrash, undan talafotlarsiz chiqish uchun astoydil mehnat qilayotgan soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish zarur.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 13 kishiga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0