O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishKarantin
Karantin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoyat kodeksi yangi 257-1 moddasi bilan to‘ldiriladi. Unga ko‘ra sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish rejalashtirilmoqda. Deputatlar tegishli qonun loyihasini chiqdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar qildi.

O‘z navbatida, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi, deputat Rasul Kusherbayevning ma’lum qilishicha, Jinoyat kodeksiga yangi 244-5 modda kiritilib, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar tarqatganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Messendjer Telegram na ekrane telefona - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan surxondaryolik jarimaga tortildi

Unga ko‘ra, shunday ma’lumotni tarqatganlik uchun BHM 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2-yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Bunday ma’lumotlarni nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnda yoki OAV, shuningdek internet butunjahon axborot tarmog‘i orqali tarqatish — BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yohud 2-yildan 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3-yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksi yangi 257-1 moddasi bilan to‘ldirilib, unga ko‘ra sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga olib kelsa:

Vrachi skoroy meditsinskoy pomoshi dostavili patsiyenta s podozreniyem na koronavirus v bolnitsu - Sputnik O‘zbekiston
Karantindan qochmoqchi bo‘lgan yana bir shaxs qo‘lga olindi

- BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 5-yilgacha muayan huquqdan maxrum qilish yoki 2-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1-yildan 3-yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;

- o‘sha qilmish odamning o‘limiga sabab bo‘lsa 2-yildan 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3-yildan 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5-yildan 7-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;

- o‘sha qilmish odamlarning, ya’ni ko‘pchilikning o‘limiga sabab bo‘lsa 7-yildan 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ham bir qator qo‘shimchalar kiritilmoqda. Jumladan, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishi sharoitida jamoat joylarida niqobsiz yurish BHMning 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborgan.

Yangiliklar lentasi
0