Koronavirus tufayli Oʻzbekistondagi barcha maktablarda taʼtil eʼlon qilindi

© Press-slujbaNashe schastye: Shavkat Mirziyoyev poobщalsya s detmi Prezidentskoy shkolы v Xive
Nashe schastye: Shavkat Mirziyoyev poobщalsya s detmi Prezidentskoy shkolы v Xive - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shuningdek, komissiyaning topshirigʻiga koʻra maktablarda tozalik va dezinfektsiya tadbirlari kuchaytiriladi, taʼlim muassasalaridagi tibbiyot xonalarini zaruriy tibbiy asbob-uskunalar, zararsizlantiruvchi vositalar hamda dori-darmonlar bilan taʼminlanadi.

TOSHKENT, 15 mar - Sputnik. 2020 yilning 16 mart kunidan Oʻzbekistondagi barcha umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun taʼtil eʼlon qilinadi.

Spetsialistы ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda koronavirus bilan bogʻliq birinchi holat qayd etildi

Mazkur qaror 15 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi koronavirus infektsiyasining tarqalishini oldini olish va taʼlim muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash yuzasidan respublika maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilindi.

Maktablarda taʼtil qilinishi taʼlim muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash hamda oʻquvchi va oʻqituvchilarning sogʻligʻini himoyalash maqsadida eʼlon qilinmoqda.

Shu bilan birga, oʻquvchilar taʼtil paytida bilim olishlari uchun Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekompaniyalar bilan birga oʻquv dasturlarida rejalashtirilgan dars mashgʻulotlarini televizion efirga uzatish uchun videodarslar tasvirga olinadi hamda efir vaqtlari ajratadi.

Televizion videodars mashgʻulotlarini tayyorlash va uni tasvirga olish boʻyicha soha xodimlaridan iborat tashkiliy-ijodiy guruh tuziladi.

Videodarslar Xalq taʼlimi vazirligining ijtimoiy tarmoqlaridagi kanallar va rasmiy veb-saytlarida, elektron axborot portallari (onlain maktab) orqali ham namoyish etib boriladi.

Shuningdek, komissiyaning topshirigʻiga koʻra maktablarda tozalik va dezinfektsiya tadbirlari kuchaytiriladi, taʼlim muassasalaridagi tibbiyot xonalarini zaruriy tibbiy asbob-uskunalar, zararsizlantiruvchi vositalar hamda dori-darmonlar bilan taʼminlanadi.

Yangiliklar lentasi
0