Qozog‘istonda yoshlar to‘yni onlayn o‘tkazdi

© PixabayMolodojeni, arxivnoe foto
Molodojeni, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nur-Sulton shahridagi karantin ikki yoshning oila qurishiga xalaqit qildi. Biroq yoshlar to‘yni onlayn o‘tkazishga qaror qilishdi.

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Nur-Sulton shahridagi karantin ikki yoshning oila qurishiga xalaqit qildi. Azamat va Asel 22-mart kuni turmush qurishlari kerak edi.

Bazmni bekor qilishga to‘g‘ri keldi, biroq shariat bo‘yicha nikohdan o‘tishdi. Imomni taklif qilib, uyda yaqinlarining tor doirasida oila qurishdi.

© Almaty.tvV Kazaxstane nachali provodit onlayn-svadbi
Qozog‘istonda yoshlar to‘yni onlayn o‘tkazdi - Sputnik O‘zbekiston
V Kazaxstane nachali provodit onlayn-svadbi

Kelinning ota-onasi Aris shahrida yashaydi. To‘y paytida yosh kelin-kuyov ular va boshqa qarindoshlari bilan videoqo‘ng‘iroq orqali aloqada bo‘lishdi.

Shuningdek, samimiy qutlovlarni ijtimoiy tarmoqdagi guruhda chat orqali qabul qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 23-martdan to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar singari ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi bekor qilindi. Ushbu marosimlarni zarur bo‘lgan taqdirdagina ixcham holda, yaqinlar bilan birga 10-15 kishi ishtirokida o‘tkazish tavsiya etiladi. Kuni kecha Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev “shunday qaltis vaziyatda to‘y o‘tkazish qahramonlik emas, balki jinoyatdir” degan fikrni bildirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0