Rossiya chegarasining yopilishi O‘zbekistonga qanday ta’sir qilishi mumkin - ekspertlar fikri

© © SputnikPogranichniy punkt, arxivnoe foto
Pogranichniy punkt, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya 18-martdan boshlab, chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga mamlakatga kirishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etdi. Ushbu epidemiologik xavfsizlik choralari ayniqsa, markaziy osiyolik migrantlarga og‘ir ta’sir qiladi, deydi Sputnik bilan suhbatda ekspertlar.

Vaziyat yoqimsiz, ammo nazoratda

Asosiysi, mamlakatlar o‘rtasida yuk tashuvlari saqlanib qolindi, deydi Yevrosiyo tahlil klubi raisi, Rossiya tashqi ishlar bo‘yicha kengashi eksperti Nikita Mendkovich.

Mujchina v meditsinskoy maske na odnoy iz stansiy Moskovskogo metropolitena. - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus bo‘yicha qator qator profilaktik cheklovlar joriy etildi

"Markaziy Osiyo bozorlari Rossiyadan iste’mol tovarlari yetkazib berilishiga qattiq bog‘lanib qolganligi uchun ham yuk tashuvi juda muhim. Yuk oqimi davom etishi kerak va taqchillik hozircha kutilmayapti", - dedi Mendkovich.

Mutaxassis fikricha, eng jiddiy muammo - bu yo‘lovchilar harakati cheklanishi bilan bog‘liq.

"Markaziy Osiyo mamlakatlarining bir necha million fuqarolari, birinchi navbatda, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari o‘z uylari va Rossiyadagi ish joylari o‘rtasida harakatlanish imkoniyatidan mahrum bo‘ladilar, - deydi Mendkovich. - Ammo ko‘pchilikda migratsiya mavsumiy xususiyatiga ega ekanligini hisobga olsak, ular ayni damda o‘z joylashgan hududlarida bir muddat qolib turishlarii mumkin".

Ekspert vaziyat may oyi oxiriga qadar normallashishi kerakligini aytadi. Ehtimol ilgariroq ham.

Kak uberech sebya ot COVID-19: radikalnie metodi - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus dunyoni qanday o‘zgartirib yubordi - video

"Menimcha, chegaralarning yopilishi obyektiv va muqarrar jarayondir, - deydi Nikita Mendkovich. - Cheklovlarning iqtisodiy ta’siriga kelsak, muammo shundaki, koronavirus neft narxining pasayishi bilan avtomatik ravishda dunyoning deyarli barcha iqtisodiyotlarida, shu jumladan AQSh va Xitoyda retsessiyani keltirib chiqarmoqda. Menimcha, Rossiya Federatsiyasi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi harakatni cheklash tabiiy ravishda ba’zi iqtisodiy noqulayliklarga olib keladi, ammo bu halokatli emas, chunki hozirgi paytda Rossiyada ko‘plab Markaziy Osiyoliklar qolib ishlashni davom ettirmoqdalar. Ular o‘z faoliyatini davom ettirishi mumkin".

Mendkovich, vaziyat yoqimsiz bo‘lsa ham, nazorat ostida qolishini tahmin qildi.

Qo‘l qovushtirib o‘tirish yaramaydi

Rossiya siyosatshunoslar jamiyati va Afg‘oniston siyosatini o‘rganish markazi mutaxassisi Andrey Serenkoning fikricha, chegarani kesib o‘tish muayan ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

"Rossiya nuqtayi-nazaridan bu chora to‘g‘ri, - dedi siyosatshunos.- Hozir hamma davlatlar o‘z chegaralarini yopayotgani aniq, ammo Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun bu juda jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy sinovdir, chunki Tojikiston va O‘zbekistonning ko‘plab fuqarolari Rossiyada ishlash hisobiga hayot kechirmoqda. Ushbu davlatlar budjetlari ko‘p jihatdan Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan mehnat muhojirlarining pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘ldiriladi. Tojikiston uchun muammo ayniqsa keskin".

Vrachi skoroy meditsinskoy pomoshi dostavili patsiyenta s podozreniyem na koronavirus v bolnitsu  - Sputnik O‘zbekiston
Bir sutkada Rossiyaning yana 15 viloyatida koronavirus aniqlandi

RANXiGS ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yil iyul oyi holatiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasida 2,1 million O‘zbekiston fuqarosi, 1,3 million - Tojikiston, 0,7 million – qirg‘izistonliklar ishlagan. Mutaxassis fikricha, har bir respublika uchun bu ko‘rsatkich kamida uchga ko‘paytirilishi kerak - shundagina biz Rossiya Federatsiyasidan pul o‘tkazmalariga bevosita bog‘liq bo‘lgan odamlar sonini olamiz.

"Bu raqamga yaqin qarindoshlari, oila a’zolari, farzandlari kiradi, - deya tushuntiradi siyosatshunos. - 9,1 million aholisi bo‘lgan Tojikistonda cheklov choralari aholining yarmidan ko‘piga jabr yetkazishi mumkin. Tojikistonda va kamroq miqdorda O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan radikal kayfiyatni hisobga olganda esa, ijtimoiy portlash yuz berishi ehtimoli yuqori. Bir bo‘lak nonga zor va o‘z ehtiyojlarini qondira olmaydigan odamlar radikal jihod tashkilotlari uchun ideal yollash ashyosi bo‘lishi mumkin".

Serenkoning so‘zlariga ko‘ra, bunda faqat Rossiya bilan chegaralar yopilishi rejimi uzoq davom etmasligiga umid qilish qolmoqda.

Podrazdeleniya spesnaza Voorujennix sil Tadjikistana i Uzbekistana  provedut ucheniya na poligone Faxrabad  - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonda o‘zbek-tojik harbiylari “terrorchilarni yakson qilishadi”

"Albatta, vaziyatni keskinlashtirish kerak emas, - deb ta’kidladi Serenko. -  Ammo Markaziy Osiyoning uchta respublikasida daromadning jiddiy pasayishi bu muqarrar. Ayniqsa tug‘ilish darajasi yuqoriligi va aholining katta qismi yoshlar ekanligi  hisobga olinsa. Ishchi kuchining haddan ziyod ortiqchaligini hisobga olgan holda, O‘zbekiston va Tojikiston iqtisodiyoti bu fuqarolarni ish bilan ta’minlashga qodir emas, shu bois ular Rossiyaga ishlashga ketishga majbur bo‘lmoqda. U yerda qisqa vaqt ichida iqtisodiy islohotlarni qayta tashkil etish va amalga oshirish mushkul".

Ekspert vaziyat havotirli ekanligini ta’kidlaydi. Shuning uchun respublikalar rahbariyati qo‘lni qovushtirib o‘tirmasligi kerak.

"Bu vaziyatdan qanday chiqish mumkinligini bilmayman, - deydi Andrey Serenko.- Ehtimol budjetdan qandaydir ijtimoiy dotatsiyalardir? Ammo budjetlarni o‘zlari bu mablag‘larni qayerdan oladi? Bu respublikalarga qandaydir xalqaro yordam jamg‘armasi yordam beradimi? Ammo men birontasi sado beradi deb o‘ylamayman. Hammasi o‘zi bilan o‘zi. Rossiyada ishlashga qolganlardan o‘z davlatlariga yordam-mi? Bunda hukumatlar ushbu jamoalarning harakatlarini muvofiqlashtirish vazifasini o‘z zimmasiga olsagina yordam berishi mumkin. Lekin bunday hodisalar ilgari ro‘y bermagan, shu bois, bu kabi xarakatlarni muvofiqlashtirish mumkin deya ayta olmaymiz. Ammo, albatta, harakat qilib ko‘rish kerak".

Sotrudnik pravooxranitelnix organov proizvodit arest - Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburgda terrorchilarni moliyalashtirgan migrant ushlandi

Ekspert so‘zlariga ko‘ra, bunda rossiyaliklar ham daromad yetishmasligi muammosi faqat Markaziy Osiyo mamlakatlariga talluqli, deb o‘ylamasliklari lozim.

"Rossiya o‘z chegaralarni yopib, o‘z fuqarolari xavfsizligini ta’minlash nuqtayi-nazaridan to‘g‘ri yo‘l tutmoqda. Ammo Markaziy Osiyo mamlakatlaridan bo‘lgan radikal unsurlar yana Rossiyaga kelmasligi uchun u o‘z fuqarolarining kelgusidagi xavfsizligini ham ta’minlashi kerak, - deya ta’kidlaydi Serenko. – Shu uchun Rossiya chegaralarni yopib, barcha muammolar hal qilindi, deb o‘ylab, qo‘l qovushtirib o‘tirmasligi kerak".

Xavfsizlik birinchi navbatda

MDH mamlakatlari instituti direktori o‘rinbosari Vladimir Yevseyev chegaralarni yopish to‘g‘risida qarorni samarali deb hisoblamaydi.

Flagi stran uchastnis YeAES, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi sifatida kiradi – Vazirlar mahkamasi taklifi

"Ammo bu milliy hukumatlar qarori, - deydi ekspert. - Buning oqibatlari salbiy bo‘ladi, chunki hukumatlar tomonidan amalga oshirilgan epidemiologik xavfsizlik choralari davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarga halal beradi. Umid qilamanki, ular tovarlarning, xususan, Qozog‘istondan bo‘ladigan harakatiga ta’sir qilmaydi. Chunki transport aloqalari falajlanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Shuningdek, biznes, jamoatchilik aloqalari darajasida aloqalarni rivojlantirish uchun muayan to‘siqlar paydo bo‘ladi. Agar chegaralarni berkitish yana yarim yilga uzaytirilmasa, unda cheklangan davr ichida, ehtimol, iqtisodiy oqibatlarni bartaraf qilsa bo‘ladi. Bunday vaziyat noaniq muddatga cho‘zilib ketsa battar bo‘ladi".

Ekspert so‘zlariga ko‘ra, hech bir mamlakat o‘zini izolyatsiya qilish muddatini uzaytirishdan manfaatdor emas.

"Odatda, muhojirlarning eng katta oqimi yoz davri yaqinlashishiga kutiladi (aprel-may oylarida), - deydi Vladimir Yevseyev. - Menimcha, voqealar rivojining eng yaxshi varianti quyidagicha. Rossiya Markaziy Osiyo mamlakatlariga mavjud epidemiologik tahdidlarni mahalliylashtirishda yordam berishi kerak. Ular Xitoy tomonidan minimal ahamiyatga ega. Yevropa Ittifoqi tomonidan esa xavf jiddiyroq. Ammo koronavirus avj olayotgan Afg‘oniston va Erondan kelishi ham mumkin. Bu pandemiyani Markaziy Osiyo davlatlarida ham tarqalishiga olib kelishi mumkin”.

Jiteli odnogo iz gorodov Yujnoy Korei v zashitnix maskax - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni boshdan kechirgan erkak qanday qilib kasallanmaslik haqida so‘zlab berdi

Ekspertning fikricha, Rossiya hozirgi murakkab sharoitda Markaziy Osiyo davlatlariga, birinchi navbatda, koronavirusni aniqlashda, ikkinchidan, ushbu davlatlar hududida davolash va profilaktika tadbirlarini tashkil qilishda yordam berishi kerak.

Rossiya Federatsiyasi hududiga xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirishiga taqiq taxminan 2020-yil 1-maygacha davom etadi. Cheklovlar rossiyaliklarga va Rossiyada yashash huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Shunga o‘xshash choralar Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ham joriy etildi. Shuningdek, 16-martdan boshlab O‘zbekiston chegaralari yopildi. Tojikiston 35 mamlakat fuqarolari uchun kirishni yopib qo‘ydi. Bundan tashqari, Qirg‘izistonda chet el fuqarolarining kirishiga taqiq joriy etila boshlandi, ammo hozirgi kunga qadar respublikada ushbu kasallik holatlari aniqlanmagan.

O‘zbekiston fuqarolari har yili Rossiyadan o‘z vataniga 4 milliard dollar yuboradilar (Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki statistikasiga ko‘ra, 2019-yilning birinchi yarmida qariyb 2 milliard dollar). Tojikiston fuqarolari, mamlakat Milliy bankiga ko‘ra, 2019-yilda o‘z vatanlariga Rossiyadan 2,576 milliard dollar yuborgan. 2019-yilning 11 oyi davomida Qirg‘izistondan kelgan mehnat muhojirlari, Respublika Milliy banki ma’lumotiga ko‘ra, uylariga 2,191 milliard dollar pul o‘tkazgan.

Yangiliklar lentasi
0