Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi sifatida kiradi – Vazirlar mahkamasi taklifi

© Sputnik / Asatur YesayantsFlagi stran uchastnis YeAES, arxivnoe foto
Flagi stran uchastnis YeAES, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumati mamlakatning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan kuzatuvchi-davlat maqomida hamkorlik qilishiga doir taklifni ma’qulladi.

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. O‘zbekiston tez orada Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) kuzatuvchi sifatida kirish taklifini ilgari surishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RIA Novosti mamlakat Vazirlar mahkamasi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Hukumatning ishchi guruh tomonidan juma kuni qabul qilingan qaror tez orada Oliy Majlis palatalariga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.

“Hukumat yaqin kunlarda parlamentning har ikki palatasiga O‘zbekistonning YeOIIda kuzatuvchi-davlat sifatida ishtirok etishi haqidagi taklifni kiritadi”, - dedi hukumat vakili.

Ta’kidlanishicha, o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra bugungi kunda kuzatuvchi maqomi O‘zbekiston uchun eng ma’quli degan xulosaga kelingan.

Flag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES) - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishi ustida astoydil muzokaralar endi boshlandi - Ne’matov

Yig‘ilishda yetakchi mustaqil konsalting kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining izlanishlari, xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan bildirilgan taklif va xulosalar ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorligi doirasidagi iqtisodiyotning yirik tarmoqlari, jumladan, sanoat, tashqi savdo siyosati, bojxona-tariflarini tartibga solish mexanizmi, mehnat migratsiyasi, standartlashtirish va veterinariya, sanitariya, fitosanitariya nazorati kabi ko‘plab masalalar bo‘yicha ekspertlarning xulosalari o‘rganib chiqilgan.

YeOII – 2015-yildan buyon amal qilib kelayotgan integratsion iqtisodiy birlashma. Unga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir.

Yangiliklar lentasi
0