Virusdan qutilish maqsadida ayrim kasb egalari turli yangiliklar ixtiro qilishmoqda. Masalan xitoylik parikmaxerlar o‘z mijozlarini masofadan turib sochlarini olish va boshini yuvishni o‘rganib olishdi. Britaniyada esa attraksionlarda o‘yinchoq o‘rniga tualet qog‘ozi sotilmoqda.
Karantirn tufayli uyida o‘tirishga majbur bo‘layotgan Ispaniya va Italiya fuqarolari esa zerikib qolmaslik uchun o‘z balkonlarida turli tomoshalar uyushtirishmoqda.
Xullas, virusning ta’siri hamma sohada sezilmoqda. Ayrim joylarda supermarket polkalari bo‘shib qolgan. Oldin turistlar liq to‘la bo‘lgan Yevropaning Madrid, Barselona va Rim shaharlari ko‘chalari bugun - bo‘m bo‘sh. Yuzlab mamlakatlar o‘z chegaralarini yopib olishgan.
Ma’lumot uchun, bugun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 140 mamlakatda 182 ming kishini tashkil qilmoqda.Vafot etganlar soni 6 ming kishini tashkil qildi.