Koronavirus bo‘yicha qator qator profilaktik cheklovlar joriy etildi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMujchina v meditsinskoy maske na odnoy iz stansiy Moskovskogo metropolitena.
Mujchina v meditsinskoy maske na odnoy iz stansiy Moskovskogo metropolitena. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bemor va uning oila a’zolari, bemor bilan muloqotda bo‘lganlarning shaxsiy ma’lumotlari sir saqlanishi bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi

TOShKENT, 18 mar - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha bir qator profilaktik cheklovlar joriy etildi.

Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Narx barqarorligi, asossiz vahimani oldini olish: Bosh prokuraturada shtab tuzildi

Xususan, barcha davolash-profilaktika muassasalarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi bo‘yicha cheklov o‘rnatiladi;

* bemorlarni ko‘rgani kelgan va boshqa begona shaxslarni davolash-profilaktika muassasalariga kirishi, bemorlarni tashxisot-davolash ishlariga bog‘liq bo‘lmagan shaxslar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishlari taqiqlanadi;

* davolash-profilaktika muassasalariga kelayotgan bemorlarni tana haroratini o‘lchash, epidemiologik surishtiruv va koronavirus belgilariga tekshirib filtrdan o‘tkazish tashkil etiladi;

* davolash-profilaktika muassasalariga kirish va chiqishni qat’iy tartib asosida amalga oshirilishi va ichki ishlar boshqarmalarini jalb etgan holda muassasani perimetri bo‘ylab kunu-tun qo‘riqlanishi joriy etiladi;

Kak uberech sebya ot COVID-19: radikalnie metodi - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus dunyoni qanday o‘zgartirib yubordi - video

* Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi huzuridagi virusologiya laboratoriyasi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga laboratoriya tahlillarini o‘tkazish milliy referens laboratoriyasi deb belgilanadi hamda Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti va hududiy SEOM virusologiya laboratoriyalarida o‘tkazilgan tahlillar musbat natija bergan hollarda milliy referens laboratoriyasida qayta tekshiruvdan o‘tkazilib, uning natijasiga asosan yakuniy tashxis qo‘yish amaliyoti joriy etiladi;

* bemor va uning oila a’zolari, bemor bilan muloqotda bo‘lganlarning shaxsiy ma’lumotlari sir saqlanishi bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi;

Epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan shaxslar hamda ular bilan muloqotda bo‘lganlarni kasallikka laboratoriyada tekshirish uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarida kirish-chiqish tartibi bo‘lgan alohida maxsus namuna olish va kutish xonalari tashkil etiladi, bunda, tahlil natijasi chiqqunga qadar bemorlarni yuz niqobini taqqan holda kutib turishlari joriy etiladi.

Yangiliklar lentasi
0